Tibbiyot instituti talabalari uchun


–rasm. Ifloslanishda g’ildirak qoplamasi tamg’asining izi (a)



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

25 –rasm. Ifloslanishda g’ildirak qoplamasi tamg’asining izi (a); 
teri ichidagi qontalashlar (b).
26a
26b
26-rasm. Yuk avtomobili g’ildiragi qoplamasi tamg’asining oddiy 
usulda suratga olgandagi izi (a); infraqizil nur yordamida 
aniqlash (b).
109


27-rasm. Kiyimda topilgan protektor tamg’asining 
eksperimental tamg’asi bilan suratini to’g’ri kelishi.
28-rasm. Terining keng ko’chishi. Odam tanasidan 
avtobusning o’tishi.
Mashina g’ildiragini odam tanasining har xil qismlaridan dumaloqlanib 
o’tishi natijasida yuzaga kelgan kompleks jarohatlanishlarga ko’ra ushbu 
avtomobil jarohatlanishiga qarab odatda to’liq tashxis qo’yish mumkin. 
Shuningdek, mashina g’ildiragining odam boshidan o’tishidan u ko’pincha 
deformatsiyalanadi va natijada boshining yuz va miya suyaklari ko’plab 
bo’laklanib sinishi tufayli bosh majaqlanadi. Boshning terisida anchagina yirtilgan 
yaralar, quloq suprasining yirtilishi va uzilishi ko’zga tashlanadi. Emirilgan miya 
moddasi hosil bo’lgan yaralar va tabiiy teshiklar orqali itarilib tashqariga chiqadi 
110


va burun-xalqum, qizilo’ngach va oshqozon bo’shliqlariga o’tadi.
Mashina g’ildiragi ko’krak qafasi orqali o’tganda ko’krak qafasi 
suyaklarining ko’p joylaridan sinishi kuzatiladi. Agar mashina g’ildiragi odam 
tanasidan o’tish paytida jabrlanuvchi orqasi bilan yotgan bo’lsa, bunda 
qobirg’alarning ikki tomonlama ko’p joyidan sinishi, odatda har bir tomondan 3 ta 
chiziq bo’ylab sinishi, hamda, to’sh suyagining sinishi kuzatiladi. Mashina 
g’ildiragi odamning orqa tomonidan o’tganida qobirg’alarning sinishidan tashqari 
kurak suyagi va ko’krak hamda bel umurtqalarining suyaksimon o’simtalarining 
ko’p joylaridan sinishi ko’rinib, bu avtomobildan jarohatlanishning aniq o’ziga xos 
spetsifik xususiyatga egaligini ko’rsatadi. Bunda jarohatlanishni olish paytida 
odam tanasining holatini aniqlash mumkin. Ko’pchilik hollarda ko’krak qafasining 
jarohatlanishi simmetriksiz holatda bo’lib, mashina g’ildiragining odam tanasiga 
chiqish joyida jarohatlanishlar ko’p, qarama-qarshi tomonda esa kamroq bo’ladi. 
Ba’zan yosh bolalarning ko’kragidan o’tganda qobirg’alarning ayrimlari sinishi 
yoki bunday sinishlar umuman kuzatilmaydi.
Mashina g’ildiragi odam tanasidan o’tganida, ayniqsa odam tanasining 
oldingi yuzasidan o’tganida ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i ichki organlari 
ko’pincha jarohatlanadi. Bunda yirtilish, uzilish va ichki organlarning bir 
bo’shliqdan ikkinchi bo’shliqqa siljishi ko’zga tashlanadi. Umurtqa pog’onasi 
siqilishi tufayli jigarning ikki qismga bo’linishi xarakterli bo’lib, ingichka 
ichakning anchagina qismini ichak tutqichidan ajralishi kuzatiladi. Mashina 
g’ildiragining qorin bo’shlig’idan o’tishidan chanoq suyagi dumpaygan qismi 
terisining taranglashishi, yorilishi va yirtilishi ko’zga tashlanadi. Bundan tashqari, 
tananing chov qismida anchagina yirtilgan yaralar paydo bo’lib, qorin 
bo’shlig’ining ichiga qarab yo’nalgan bo’ladi. Ko’pincha diafragmani yorilishi, 
qobirg’a yoyidan ajralib ketganligi ko’rinadi.
Og’ir avtomashinaning g’ildiragi chanoq qismini bosganda ko’pchilik 
jarohatlanishlar kuzatilib, ikki tomonlama ikki vertikal sinishlar yuzaga kelib
chanoq birlashmalarining yorilishi bilan birgalikda kuzatiladi. Bunda ko’pincha 
choti va chov qismining terisi yorilishi, jinsiy organlari va to’g’ri ichakning 
111


jarohatlanishi sodir bo’ladi, shuningdek siydik pufagi va siydik yo’lining yorilishi 
ko’zga tashlanadi.
Mashina g’ildiragi odamning oyoq-qo’llari ustidan o’tganda yumshoq 
to’qimalarning jarohatlanishidan tashqari son suyagining o’rta qismidan sinishi 
yoki boldir suyagining pastki uchdan bir qismini sinishining sababchisi bo’ladi. 
Son suyagining sinishlari bunda bukilish tufayli sodir bo’lib, tipik ko’ndalang-
bo’lakchali sinish xarakteriga ega bo’ladi. Katta romba shaklida siniqlarning 
joylashuvini aniqlash jabrlanuvchi ustidan avtomobil g’ildiragini o’tishida 
jabrlanuvchining holatini bilishda muhim ahamiyatga egadir. Oyoq-qo’llar 
suyaklari ustidan g’ildirak o’tganda deyarli yarmidan kam hollarda suyaklar 
jarohatlanmay qolishi mumkin. Odam tanasining uzoq vaqt sudralishidan (g’ildirak 
o’tishining beshinchi fazasida) yumshoq to’qimalarning anchagina qismini 
jarohatlanishi kuzatiladi. Bunda oyoq-qo’llarning yumshoq to’qimalaridan ajralgan 
skeleti ko’zga tashlanadi.
Keyingi davrda sud tibbiyoti adabiyotlarida bir necha hollarda oyoq-
qo’llarning uzilishi va hatto avtomobil jarohatlanishida tanasining bo’laklarga 
bo’linish hollari ham ko’rsatilgan. Bunday jarohatlanishlar o’zgacha sharoitlarda 
urilganda, avtomobil g’ildiragining odam tanasidan boshqacharoq hollarda 
o’tganda yuzaga kelishi mumkin.
3. Harakatlanuvchi avtomobildan yiqilishdan jarohatlanish ko’pincha 
qishloq joylarida kuzatiladi, chunki u erlarda odatda passajirlar yuk 
avtomashinalarida ko’pincha tashiladi. Ko’pchilik hollarda avtomobildan yiqilish 
uning kuzovidan, qisman esa kabinasidan yiqilganda sodir bo’ladi. Kuzovdagi 
passajirlarning holati va mashinaning xarakteriga ko’ra (yo’lning keskin burilgan 
joylarida, keskin tormozlanish yoki harakatining tezlashuviga ko’ra) 
harakatlanuvchi mashinadan har xil yo’nalishda atrofga qarab yiqilish, avtomobil 
harakati bo’ylab oldinga yoki orqa bortidan orqaga qarab yiqilishlar kuzatiladi.
Bunda jarohatlanish sodir bo’lishining asosiy mexanizmi yo’lning qattiq 
qoplamasiga urilishi va odam tanasining chayqalishi hisoblanadi. Harakatlanuvchi 
avtomobildan yiqilishdagi jarohatlanish balandlikdan yiqilishdagi 
112


jarohatlanishlarni eslatadi. Jabrlanuvchining pozasiga bog’liq holatda «erga 
tushish» joylashuvi va uning og’irlik darajasi ham har xil bo’ladi.
Ko’pincha jabrlanuvchi er qoplamasiga boshi bilan uriladi, chunki yiqilishda 
uning oyoqlari kuzov bortida ushlanib qoladi va boshi hamda gavdasi pastga qarab 
buklanadi. Bunday xollarda kalla suyaklarining ko’p bo’lakchali sinishlari, bo’yin 
umurtqalarining kompression sinishlari, bosh va orqa miyaning jarohatlanishi 
kuzatiladi. Quymuchi bilan yiqilganda chanoq suyagi va umurtqa pog’onasi bel 
qismining kompression sinishlari sodir bo’ladi. Odatda avtomashinadan yiqilganda 
ichki organlarning silkinishidan jarohatlanish ko’zga tashlanadi.
4. Avtomobil ichidagi jarohatlanish harakatlanuvchi mashinaning bir-biri 
bilan yoki qandaydir harakatlanmovchi predmet orasida to’qnashuvi hamda 
avtomobilning ag’darilib ketishi tufayli sodir bo’ladi, ammo kabina ichidagi og’ir 
jarohatlanishlar avtomobil harakatining keskin tezlashuvi yoki keskin 
tormozlanishi tufayli yuzaga keladi.
Haydovchi va passajirlar jarohatlanishni manekenlarda eksperimental 
tekshirish shuni ko’rsatadiki, agar avtomobil ro’paradan (to’g’ridan) urilish paytida 
ular oldinga va yuqoriga itarilib, oyoqlari bilan boshqaruv priborlari qalqoniga 
uriladilar. Boshi bilan esa kabina shiftiga yoki shamollatuvchi shishaga uriladilar. 
Bundan tashqari, ko’kragi va qorni bilan avtomobil ruli g’ildiragiga urilishi 
mumkin. Shunday qilib, bunday jarohatlanishlarni yuzaga kelish mexanizmida 
avtomobilning ichki qismiga urilish va tananing chayqalishi muhim ahamiyatga 
egadir. Agar mashinalarning to’qnashuvida mashina kuchli deformatsiyaga 
uchrasa, bunda jabrlanuvchining tanasi kabinaning siljigan qismlari bilan 
qo’shimcha siqilishi mumkin.
Asosiy jarohat tananing oldingi qismida joylashadi va qisman yonboshida 
(chapi-boshqaruvchi, o’ngi-yo’lovchilarda) ko’zga tashlanadi. Ko’pincha kabinada 
jarohatlanish boshi va oyoqlarining jarohatlanishlari bilan xarakterlanadi.
Priborlar qalqoni, shamollatuvchi shisha ramasi va kabinaning boshqa 
detallariga urilish tufayli yuzida anchagina keng lat egan va lat eb yirtilgan yaralar 
ko’zga tashlanib, bular boshining miya va yuz suyaklarining bo’laklanib va 
113


uzunasiga sinishi hamda bosh miyaning jarohatlanishi sifatida namoyon bo’ladi. 
Oldingi o’rindiqda o’tirgan yo’lovchilar bo’ynining oldingi yuzasida ba’zan 
shilinishlar, qontalashlar, yumshoq to’qimalarida qon quyilishlar, til osti suyagi va 
hiqildoq tog’ayining sinishlari kuzatilib, bular buyumlar solinadigan quticha 
chetiga urilishi tufayli sodir bo’ladi. Shamollatish shishasi va eshikchalar 
shishasiga urilish natijasida boshi, yuzi, bo’yni va qo’l panjalarida ko’pgina 
kesilgan yaralar ko’rinib, ularning chuqurligi, shuningdek kiyimida singan 
shishalarning parchalari aniqlaniladi.
Mashinani boshqaruvchi ko’kragining oldingi yuzasida ba’zan yoysimon 
shaklli shilinishlar va qontalashlar, to’sh suyagi va qobirg’alarining sinishi 
kuzatilib, bular rul xalqasining urilishidan, shuningdek qo’lning I va II-panjalari 
orasidagi terining yorilishi tufayli yuzaga keladi. Kaft suyaklarining sinishlari va 
chiqishlari ko’zga tashlanadi. Bunday jarohatlanishlar odatda yo’lovchilarda 
uchramaydi.
Avtomobil kabinasida jarohatlanish uchun juda xarakterli belgi «boshqaruv 
priborlari qalqonidan jarohatlanish» hisoblanilib, bunda ko’pincha chanoq 
suyaklari va oyoq-qo’llar jarohatlanadi. Bu jarohatlanishlar tizza bo’g’imining 
priborlar paneliga urilishi tufayli urilish joyida shilinishlar yoki lat egan yaralar, 
to’piqning sinishi, tizza bo’g’imi krestsimon bog’lamining yorilishi, son suyagi 
do’mboqchasining sinishi, shuningdek biroz uzoqroqda-son suyagi diafizining 
sinishi, chanoq-son bo’g’imining jarohatlanishi, chanoq suyaklarining sinishlari 
ko’zga tashlanadi.
Chanoq-son bo’g’imining va chanoqning jarohatlanishi bunday hollarda 
jarohatlanish davrida sonning holatiga bog’liq bo’ladi. Agar soni yaqinlashtirilgan 
bo’lsa, bunda uning orqa-yuqoriga chiqishi kuzatiladi. Sonning o’rta holatda 
bo’lishi son bo’g’imi chuqurchasi orqa chetining sinishi bo’g’imdan son 
suyagining chiqishi bilan xarakterlanadi. Agar jarohatlanish olish paytida soni 
uzoqlashgan bo’lsa, bunda urilish kuchi son suyagining bo’yni va boshi orqali 
bo’g’im chuqurchasi tubiga beriladi va natijada chuqurcha suyagining gorizontal 
sinishi qov va quymuch suyaklarining sinishlari bilan birga uchraydi, ba’zan 
114


chanoq xalqasining og’ir jarohatlanishlari ham kuzatiladi.
Avtomobil harakatini tezligini keskin o’zgarishida piyodalarda va 
haydovchida ko’pincha VI-VII-bo’yin umurtqalari va IV-V-bel umurtqalarining 
nishtarli sinishlari sodir bo’ladi. Tezligini haddan tashqari oshishi tufayli yo’lovchi 
tanasini o’tirg’ich suyanchig’iga irg’atilishi natijasida u orqali boshi qayrilib, 
umurtqa pog’onasining bo’yin qismini haddan tashqari qayrilishidan oldingi 
uzunasiga joylashgan bog’lama va umurtqalar orasidagi disk yorilishi, 
o’simtalarning sinishi, ba’zan umurtqalar tanasi sinishi sodir bo’ladi. Harakat 
tezligining keskin pasayishi tufayli umurtqa pog’onasining yuqori ko’krak va 
bo’yin bo’limlarini haddan tashqari bukilishini yuzaga keltiradi. Bu, ayniqsa, 
umurtqa pog’onasining orqa yuzasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Jarohatlanishning 
bunday mexanizmida ba’zan bo’yin tomirlarining yirtilishi va yorilishi kuzatiladi.
Kompleks xarakterli jarohatlanishlarning bo’lishi ko’pchilik hollarda sud 
tibbiyoti ekspertiga avtomobil kabinasida qarama-qarshi yo’nalgan transport 
vositasining to’qnashuvidan olingan jarohatlanishlarni aniqlashuvida yaqindan 
yordam beradi.
Avtomobillarning konstruktsiyasi haydovchi va yo’lovchilarni xavfsizligini 
ta’minlash uchun doimo yangilanib turiladi. Bunda muhim effektiv vosita 
xavfsizlik kamaridir, chunki ular ko’pgina tadqiqotchilarning ko’rsatishicha, agar 
mashinaning tezligi soatiga 60 km gacha bo’lganda kabinada o’limga olib keluvchi 
jarohatlanishlarni oldini oladi va katta tezlik bilan ketayotgan avtomobildan 
bunday jarohatlanishlarning sonini yarmiga qisqartiradi.
Xavfsizlik kamaridan foydalanish tufayli jabrlanuvchida kuzatiluvchi 
jarohatlanish belgilari o’zgaradi. Avtomobil to’qnashganda va birdaniga harakati 
to’xtaganda odam tanasi kamar yordamida tormozlanadi va odatda saloning 
tomiga, shamollatuvchi shishaga etmaydi. Shuning uchun ham bunday hollarda 
og’ir kalla-miya jarohatlanishi kuzatilmaydi, ammo yuz skeleti suyaklari (burun, 
jag’ suyaklari) da sinishlar kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, yuzning chiqib 
turgan qismlari yumshoq to’qimasining jarohatlanishi ko’zga tashlanishi ham 
mumkin. Oyoq-qo’llarning jarohatlanishi ham xuddi xavfsizlik kamari 
115


bo’lmaganidek ko’p uchraydi. Odatda og’irlik darajasi kamroq bo’lib, faqatgina 
yumshoq to’qimalar jarohatlanadi.
Kamarning ta’sirida ko’kragi, qorin bo’shlig’i, elka poyasida teri ichi 
yo’lsimon qontalashlari, shilinishlar, ba’zan ancha chuqur to’qimalarda qon 
quyilishlar, qobirg’alar, umrov suyagining sinishlari, tush-umrov bo’shlig’ining 
yorilishi kuzatiladi. Avtomobil katta tezlik bilan harakatlanayotganda tormozlanish 
natijasida xavfsizlik kamari yordamida odam tanasi anchagina salbiy ortiqcha 
kuchni saqlaydi, ammo aorta va yurakning yorilishi, yurakning qon tomirlaridan 
uzilishi ko’zga tashlanishi mumkin. Bu o’z navbatida engil avtomashina 
kabinasida xavfsizlik kamari ta’sirida sodir bo’ladigan jarohatlanishlarni har 
tomonlama o’rganishni talab qiladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish