Tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalar
Ayrim hollarda to’g’ri va o’z vaqtida tashxis qo’yilgan va kerakli
davolangan taqdirda ham tibbiy yordamning oqibati noxush bo’lishi mumkin.
Bunday holatga tibbbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalar deyiladi.
Tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalar deb, diagnostik va davolash
ishlarining qoniqarsiz oqibatini tibbiyot fanining hozirgi zamon usullarini
qo’llaganda ham yomon oqibatga olib kelishini ob’ektiv holda ko’ra bilmaslik,
ya’ni uni sodir bo’lishini oldini olishni imkoniyati yo’qligi tushuniladi.
Bunday hollarda tibbiy yordamning qoniqarsiz oqibati qandaydir kishining
xatosiga bog’liq bo’lmay, balki ular tasodifiy hodisalar bilan bog’liq bo’lib, uni
vrach oldini ola olmaydi. Bu vrachning harakatida hech bir qonunga qarshi
qilingan ishlarning belgilari yo’qligini ko’rsatadi.
Tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisaning tipik turiga bemorning dorivor
moddalarni (masalan, antibiotiklar, sulfanilmidlar) birinchi marta qabul qilinganda
ko’tara-olmasligi, metalloosteosintez operatsiyasida yog’ emboliyasidan o’lim,
narkoz vaqtida bemorning operatsiya stolida o’lib qolishi, operatsiyadan ko’p kun
o’tgach, operatsiyadan keyingi chandiqni yirtilib ketishi, operatsiya vaqtida
yuragining yorilib ketishi va boshqalar. Tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalarning
644
vrachlar xatosidan farqi shundaki, baxtsiz hodisalarni vrachlar va o’rta tibbiy
hodimlarning sitqidildan harakati tufayli ham ko’rish va aniqlashni imkoniyati
bo’lmaydi.
18.4 Tibbiyot xodimlarining kasb huquqbuzarligi holatlarida jinoiy
javobgarligi sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga xos xususiyatlari
Tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatidagi shikoyatlarni tekshiruvda tergov
va sud organlarida bo’ladigan qator muhim savollarni echishni faqat malakali sud
tibbiyoti ekspertizasi komissiyasi hal qiladi. Uning xulosasi, odatda, bunday
ishlarda muhim va asosiy isbotlash manbai hisoblanadi.
Komissiyani echishi uchun odatda ko’p miqdordagi savollar qo’yiladi. Bular
quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
1) bemordagi jarohatlanish va kasalliklarga to’g’ri va o’z vaqtida diagnoz
qo’yish haqidagi masalalar;
2) qo’llanilayotgan davolash muolajalarini effektivligi, to’g’riligi va o’z
vaqtida o’tkazilganligi to’g’risidagi masalalar;
3) bemorga qilingan operatsiyalarga aloqador masalalar (operatsiya uchun
ko’rsatma bormi, o’z vaktida, to’g’ri va texnik jihatdan yaxshi o’tkazilganmi va
boshqalar);
4) ushbu bemorga nisbatan barcha vrachlar tomonidan davolash,
diagnostika va tekshirishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar to’g’risida aniq
ma’lumotlar;
5) tibbiyot hujjatlarini to’g’ri to’lg’azilgani haqidagi masalalar;
6) ushbu davolash muassasasi va boshqalarda davolash jarayonini tashkil
qilishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar haqidagi masalalar.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatidagi huquqbuzarligidagi tekshiruv
ishlarini faqat prokuratura tergovchisi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda viloyat,
o’lka, avtonom yoki Respublika prokurorining ruxsati bilan qaror qabul qilinadi.
Katta shaharlarda (Toshkentda) shahar prokurorining qaroriga asosan amalga
645
oshiriladi.
Asoslanmagan shikoyatlar bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atishda xatoliklarni
oldini olish maqsadida ko’pincha prokuror tekshiruvi o’tkaziladi. Bunday
tekshiruvga sud tibbiyoti ekspertlari va klinitsistlari jalb qilinib, faqatgina shikoyat
tushgan vrachning ishi haqida emas, balki bo’lim, kasalxona yoki poliklinikaning
ishi haqida ham to’lig’icha o’rganiladi. Agar tekshiruv natijasida shikoyatning
asossizligi isbotlansa, bunda prokuror bu to’g’risida shikoyat qiluvchiga hamda
tekshiriluvchi tibbiyot muassasasi rahbariyatiga yozma ravishda xabar beradi. Agar
jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan kamchiliklar topilganda bu to’g’rida prokuror
tibbiyot muassasasining boshlig’iga (javobgar shaxsga) ma’muriy jazo qo’llashni
tavsiya qiladi. Tibbiyot xodimining harakatida jinoyat belgilari topilsa prokuror
jinoiy ish qo’zg’atadi.
Tibbiyot xodimlarini o’z kasbiga xiyonat qilganida jinoiy javobgarlikka
tortilishi mumkinligi to’g’risidagi ishning sud tibbiyoti ekspertizasi juda qiyin va
murakkab bo’lib, u komission holda o’tkazilib, uning raisi sifatida viloyat, o’lka,
shaharning katta eksperti yoki respublika sud tibbiyoti eksperti qatnashadilar.
Komissiya a’zolari bir yoki ikkita sud tibbiyoti eksperti va albatta kerakli
mutaxassislik bo’yicha katta ilmiy-amaliy ish stajiga ega bo’lgan mutaxassislar-
klinitsistlar bo’lishi kerak.
Sud tibbiyoti ekspertizasi tergovchining qaroriga binoan tayinlanilib, bunda
ishning holati, komissiya a’zolarining barcha a’zolari nomma nom ko’rsatilishi va
echilishi kerak bo’lgan qo’yilgan savollar sanaladi. Qaror bilan birgalikda
komissiyaga barcha tibbiyot hujjatlarining asl nusxasi-kasalning ambulatoriya
kartasi, vaktincha qobiliyatsizlik varag’i, nogironlik haqidagi spravkasi, kasallik
tarixi va boshqalar taqdim qilinadi.
Bemor o’lgan taqdirda, yuqorida keltirilgan hujjatlardan tashqari murdani
sud tibbiyoti usulida tekshiruv xulosasi (akti) yoki murdani patologoanatomik
tekshiruv bayoni, barcha laboratoriya tekshiruv natijalari (patogistologik, sud
kimyoviy, bakteriologik, biologik va boshqalar). Shuningdek sud tibbiyoti eksperti
komissiyasi davolash nazorat komissiyasi majlisi bayonlarini, kliniko-anatomik va
646
klinik konferentsiyalar, javobgarlikka tortiluvchi tibbiyot xodimlari uchun xizmat
tavsifi va ularning so’roq bayonlarini yaxshilab o’rganib chiqishi zarur.
Komissiya ishi davomida ko’pincha tibbiyot xodimi bilan uning
mutaxassisligi, ish tajribasi, ba’zan aniq tibbiy ma’lumot to’risidagi bilimi
haqidagi kerakli masalani echish zarurligi tug’iladi. Ishning bu etapi tergov
xarakteriga ega bo’lib, bu ish to’g’ridan to’g’ri tergovchining o’zi ishtirokida
amalga oshiriladi. Ekspertni qiziqtiruvchi savollarni aniqlashda tergovchi so’roq
bayonini tuzadi.
Ish paytida komissiya kerakli vaqtda biror korxonaga karashli buyruqlar,
instruktsiyalar, metodik xatlar va boshqalar rasmiy tibbiyot hujjatlari, tibbiyot
xodimlari faoliyatining alohida turini belgilovchi, masalan, qon quyish, profilaktik
emlash ishlarining o’tkazilishi bunday hujjatlarni tibbiyot xodimlari harakatlari
bilan solishtirish, yo’l qo’yilgan kamchiliklar yoki buzilishlarni aniqlash masalasi
alohida ahamiyatga egadir.
Barcha ish materiallarini o’rganilgandan keyin ekspertlar komissiyasi xulosa
tuzadi va unda tergovchining savollariga ilmiy asoslangan, ob’ektiv javoblar
beriladi. Komissiya tibbiyot xodimi harakatida kamchilik va etishmovchilik
yo’qligi yoki borligini aniqlashuvi zarur. Kamchilik bo’lganda uning aniq nima
bilan bog’langanligi, ularning sabablarini aniqlash, davolashning oqibatiga qanday
darajada ta’sir qilishligi, ya’ni davolash va ularning oqibati orasidagi sababiy
bog’lanishini aniqlaydi. Qasddan jinoyatni sodir bo’lishligi, jinoiy javobgarligi
to’g’risidagi savolni echish ekspertning kompetentsiyasiga kirmaydi. Bunday
savollarni faqat sud hal qiladi.
647
Do'stlaringiz bilan baham: |