Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Eritma ustidagi erituvchining



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

8.1.3. Eritma ustidagi erituvchining  

to‘yingan bug‘ bosimi. Raul qonuni

Bugʻlanishi mumkin boʻlgan har qanday qattiq yoki suyuq mod­

da ustida uning gaz agregat holatidagi ma’lum bir miqdori saqlana­

di. Natijada moddaning bu ikki agregat holatlari (qattiq – gaz, suyuq 

­ gaz) orasida dinamik muvozonat qaror topadi. 

Ma’lum  bir  haroratda  moddaning  bugʻ  holatiga  oʻtish  tezligi 

uning kondensatsiyasi hisobiga dastlabki (masalan, eritma) holatiga 

oʻtish tezligiga teng boʻlganda kuzatiladigan bugʻ bosimi – eritma 



ustidagi erituvchining toʻyingan bugʻ bosimi deb ataladi.

Toza erituvchi ustidagi toʻyingan bugʻ bosimi shu erituvchida 

tayyorlangan eritma ustidagi bugʻ bosimidan yuqori boʻladi. Ma­

salan, 20°C da toza suv ustidagi toʻyingan bugʻ bosimi 23,37 kPa 

ga teng boʻladi. Agar shu suvda  %= 0,9 boʻlgan NaCl eritmasi 

tayorlansa uning ustidagi toʻyingan bugʻ bosimi 20°C da 22,60 kPa 

ni tashkil etadi. 

Eritma ustidagi toʻyingan bugʻ bosimining qiymati sof erituvchi 

ustidagi bosimdan kam bo‘lishini quyidagicha tushuntirish mumkin 

(erigan modda bugʻlanmaydigan holatlar uchun). 

Toʻyingan bugʻ bosimi hosil boʻlishi uchun moddaning suyuq 

va gaz agregat holatlari orasida dinamik muvozonat qaror topishi 

shart. 

Erituvchida  biror  –  bir  modda  eritilganda  (eritma  hosil  boʻl­

ganda) bu muvozanat holatining buzilishi kuzatiladi. Oʻz navbatida 

Le Shatele – Broun qonuniga asosan sistema ozining dastlabki mu­

vozanat holatiga yaqin holatni tiklashga harakat qiladi. Bunga erit­

mani suyultirish orqali erishiladi. Shu sababli sistema erituvchining 



Tibbiy kimyo / 1  

201


miqdoriy  ulushini  orttirilishi  uchun  (eritmani  suyultirish  uchun) 

uning bugʻlanadigan miqdor ulushini kamaytirishga majbur boladi. 

Natijada eritma ustidagi toʻyingan bugʻ bosimi kondentsantsiyaning 

kuchayishi hisobiga dastlabki qiymatdan kichik boʻladi.

Moddalarning bugʻlanish tezligi uning sath yuza qiymatlari ga 

bogʻliq bo‘ladi: yuza qancha katta boʻlsa bugʻlanish ham shuncha 

kuchli boʻladi. Sof erituvchidan farqli ravishda eritmaning sirt yu­

zasining ma’lum qismi erigan modda zarrachlari bilan qoplangan 

boʻladi.  Bu  esa  erituvchi  molekulalariga  toʻgʻri  keladigan  nisbiy 

sirt  yuzasining  kamayishiga  olib  keladi.  Natijada  erituvchining 

bugʻla nish imkoniyati chegaralanib, toʻyingan bugʻ bosimi qiymat 

jihatidan kamayadi. 

Toʻyingan bug‘ bosimining kamayishi erigan modda miqdoriga 

bogʻliq boʻlib, buni F.M.Raul qonuni yordamida ifodalash mumkin: 



erituvchining eritma ustidagi bosimining nisbiy kamayishi erigan 

moddaning mol ulushiga ya’ni erigan moddaning mol miqdorining 

shu modda va erituvchining mol miqdorlarining yigʻindisiga boʻl-

gan nisbatiga tengdir.  Bu  qonun  quyidagicha  matematik  ifodaga 

ega: 


N

n

n

P

P

P

+

=



0

0



bunda p

0

– sof erituvchi ustidagi toʻyingan bugʻ bosimi, – eritma 

ustidagi toʻyingan bugʻ bosimi, n – erigan modda va n

0

 – erituvchi­

ning mol miqdori ; n/(n+n

0

) – erigan moddaning mol ulushi .

Bu qonun ideal eritmalarga tegishli boʻlganligi sababli u oʻta 

suyultirilgan eritmalarda

)

(



0

0

0



n

n

n

n

n

n

n

+



<<

Shuning uchun tenglamani quyidagicha yozish mumkin:

0

0

0



n

n

P

P

P




1-kurs talabalari uchun darslik

202


Agar erigan modda erektrolit xususiyatiga ega boʻlsa bu ikki 

tenglama Vant­Goffning izotonik koeffitsiyenti kiritilib yoziladi:

yoki

1. Raul qonunining matematik ifodasidan turli suyuqliklar, shu 



jumladan organizm biosuyuqliklari ustidagi toʻyindan bugʻ bosimi 

qiymatini topish mumkin. Masalan, qon tarkibida erigan moddalarn­

ing miqdori 0.31 mol /l ga teng boʻladi. Toza suv ustidagi (H

2

O ­ 



qon sistemasining erituvchisi ) toʻyingan bug bosimi 37°C da 61,78

 

kPa ga teng. Shu qiymatlardan foydalangan holda qon ustidagi toʻy­



ingan bugʻ bosimining 37°C dagi qiymatini topish mumkin.

2. Yuqoridagi tenglamaga koʻra:



p = 61,78 – (0,0056 ∙ 61,78) 61,43 kPa

Demak, qon ustidagi toʻyingan bugʻ bosim qiymati (61,43 kPa) 

toza suvning bugʻ bosimiga qaraganda 0,35 kPa ga kam ekan.


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish