Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Kompleksonometrik titrlash



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

14.2. Kompleksonometrik titrlash

Kompleksonometriya usuli tibbiy­biologik tadqiqotlarda, sani­

tariya­gigienik tekshiruvlar va dorivor moddalarni analiz qilishda 

keng qoʻllanadi. Hozirgi kunda 80 dan ortiq elementlarni komplek­

sonometrik  titrlash  orqali  miqdoriy  analiz  qilish  usullari  ma’lum. 

Bu usul bilan biologik suyuqliklardagi kalsiy, magniy, mis, temir va 

boshqa kationlarning miqdori aniqlanadi. Shuningdek, oziq ­ ovqat­

lar tarkibi, xususan sut tarkibidagi kalsiy va magniy tuzlarining 

miqdori tekshiriladi. Kompleks hosil boʻlishiga asoslangan ushbu 

usul  kompleksonometrik titrlash usuli deb ataladi. Uning asosida 

kompleksonlarning  metall  ionlari  bilan  barqaror  ichki  kompleks 

birikma – xelatlar hosil qilishi reaksiyasi yotadi. Kompleksonlar – 

aminopolikarbon kislotalarning hosilalaridir. Ularga komplekson I, 

komplekson II, komplekson III va boshqalar kiritiladi. Misol tariqa­

sida Komplekson III – trilon B yoki EDTA (etilendiamin­ tetrasirka 

kislotaning ikki natriyli tuzi)ni koʻrib chiqamiz:

Komplekson III molekulasidagi karboksil guruh vodorodini 

metall ionlariga almashadi va azot atomlari vositasida koordinat­

sion bogʻ hosil qildi. Metall : ligand nisbati 1:1 boʻlgan ichki kom­

pleks tuzini hosil qiladi:




Tibbiy kimyo / 1  

307


Yuqoridagi formulada valent bogʻlari oddiy chiziqlar bilan, koor­

dinatsion bogʻlar strelka bilan ifodalangan. Komplekson III koʻpgina 

metall kationlari bilan suvda eruvchan barqaror ichki kompleks birik­

malar (tuzlar) hosil qiladi, bu esa uning metallar miqdorini aniqlashda 

ishchi eritma sifatida qoʻllash imkonini beradi. 

Trilon­B hosil qilgan ichki kompleks birikmalarning beqarorlik 

konstantalari juda kichik (10

­9

dan 10



­18

gacha) va bu qiymat birik­

malarning ancha barqaror ekanligini koʻrsatadi. Masalan, Trilon­B 

ning Ca bilan hosil qilgan kompleksi: K

beqar

,Ca


+2

= 2,6·10


­11

, Mg bi­


lan hosil qilgan kompleksi: K 

beqar


,Mg

2+

= 2·10



­9

ga teng. 

Ichki kompleks birikmalarning barqarorligiga harorat va orga­

nik erituvchilar, ayniqsa, eritma muhiti (pH) juda katta ta’sir qiladi. 



Ekvivalent nuqtani aniqlash. Kompleksonometrik usulda me­

tal lar  miqdorini  aniqlash  uchun  eritma  rangsiz  ekanligi  va  tashqi 

oʻzgarishlar kuzatilmasligini e’tiborga olgan holda indikator tanlash 

zarur.  Kompleksonometrik  titrlashda  ekvivalent  nuqtani  aniqlash 

uchun organik boʻyoqlar: toʻq­koʻk kislotali xrom, erioxrom qora 

T,  xromogen  ET­100,  mureksid  va  boshqalar  ishlatiladi.  Bu  indi­

katorlar metall ionlari bilan titrant­ kompleksonlar hosil qiladigan 

kompleks birikmalarga nisbatan beqarorroq, rangli kompleks birik­

malar hosil qiladi.Shuning uchun ham bu indikatorlar metall­xrom 

indikatorlar deyiladi

.

 Erioxrom qora ­ uch asosli kislota boʻlib, 



dissotsilanganda quyidagi ionlarni hosil qiladi:

H

3



Ind ↔H

+

 + H



2

Ind


­

↔H

+



 + HInd

2­ 


↔H

+

 + Ind



pH˂ 3 (qizil); pH= 7­ 11 (koʻk); pH˃3 (sariq)

H

2

Ind



­

 ↔HInd


2­ 

↔Ind


qizil koʻksariq



PH<10 da Ca

2+

 va Mg



2+

 ionlarning indikator bilan hosil qilgan 

kompleksi  olcha  rangli  boʻladi.  Ma’lum  konsentratsiyali  EDTA 

eritmasi tayyorlab olinadi. Tekshirilayotgan Ca

2+

 va Mg


2+

 ionlarni 

saqlagan eritmadan zarur hajmda oʻlchab olinadi va unga erioxrom 

qora T indikatori qoʻshiladi:




1-kurs talabalari uchun darslik

308


pH=10  da  erioxrom  qora  T  Ca

2+

 va Mg



2+

  ionlari  bilan  olcha 

rangli kompleks hosil qiladi (bunda hosil boʻlgan CaInd

­ 

kompleksi 



nisbatan beqaror): 

HInd


 + Ca


2+

↔CaInd


­

 olcha rang

Ca

2+

 ioning komplekson bilan hosil qilgan birikmasi– [Caγ] 



2­ 

olcha rangli kompleksga nisbatan barqarorroq:

Ca

2+

+[H



2

γ]



↔ [Ca γ]

+ 2H



+

rangsiz


Kalsiy va magniyning eritmadagi erkin ionlari komplekson III 

bilan barqaror kompleks hosil qilib boʻlgandan soʻng, komplekson 

III kationlarni indikatordanolibbarqaror [Caγ]

, [Mgγ]



kompleks­

largabogʻlaydi:

[CaInd]


­

 +[H


2

γ]

2­ 



+ OH

­

 ↔[Ca γ]



+HInd


+ H


2

O

 olcha rang rangsiz koʻk



Ekvivalent  nuqtada  eritma  rangi  olcha  rangdan  koʻk  rangga 

o‘zgaradi.

Sanitariya­gigienik analizda kompleksonometriya usuli bi­

lan  suvning  umumiy  qattiqligi  aniqlanadi.  Bunda  ammiakli  bufer 

qoʻshilgan  suvga  erixrom  qora  T  quruq  moddasidan  qoʻshiladi, 

bufer hisobiga pH=9­10 boʻlgani uchun suvdagi Ca

2+

 va Mg


2+

 ion­


lari erixrom qora T bilan bogʻlanib olcha rangli ion hosil qiladi. Bu 

jarayon titrlash kolbasida sodir boʻladi. 

Byuretkadan standartlangan komplekson III (Trilon B) eritmasi 

kolbaga asta sekin solinadi, reaksiya nihoyasida Trilon B Ca

2+

 va 


Mg

2+

 ionlarini erixrom qora T bilan hosil qilgan kompleksidan tor­



tib oladi, chunki, yangi hosil boʻlgan kompleks avvalgisidan barqa­

ror boʻladi. 

Erkin holda qolgan indikator ioni Hind

2­ 


eritmani koʻk rangga 

boʻyaydi, bu reaksiya tugaganidan dalolat beradi. Eritmalar hajmi­

ni aniqlab olingach ekvivalentlar qonuni asosida suvning qattiqligi 

aniqlanadi.  Ma’lumki,  ichimlik  suvining  qattiqligi  4­8  oraligʻida 

boʻlishi kerak.



Tibbiy kimyo / 1  

309



Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish