14.3. Suvning qattiqligi va
uni yo‘qotish usullari
Tabiatdagi suv tarkibida kalsiy va magniy tuzlarining mavjud
ligi suvning qattiqligini yuzaga keltiradi. Suvning qattiqligi ikkiga
boʻlinadi: vaqtinchalik yoki muvaqqat qattiqlik va doimiy qattiqlik.
Vaqtinchalik qattiqlik Ca(HCO
3
)
2
va Mg(HCO
3
)
2
hisobiga yuzaga
kelgani uchun karbonatli qattiqlik deyiladi. Doimiy qattiqlik xlo
ridlar va sulfatlar hisobiga yuzaga kelgani uchun karbonatsiz qat-
tiqlik deyiladi. Ular birgalikda umumiy qattiqlik deyiladi.
Suvning qattiqligi bir litr suvdagi erigan Ca
2+
va Mg
2+
ionla
rining mgekv (milligramm ekvivalent) miqdori bilan oʻlchanadi.
Suvning qattiqligi quyidagicha hisoblab topiladi:
m(Ca
2+
) – kalsiy ionlarining massasi, mg;
m(Mg
2+
) – magniy ionlarining massasi mg;
V – suvning etitmadagi hajmi.
Agar suvning qattiqligi 4–7 mg
·
ekv/l boʻlsa, yumshoq suv deyi
ladi. Bunday suv iste’mol qilish uchun yaroqlidir. Agar qattiqlik 7–14
mg.ekv/l orasida boʻlsa, bunday suv ichish uchun ham texnologik ja
rayon uchun ham yaroqsiz boʻladi. Shuning uchun qattiqlik qiymatini
yumshoq suv darajasigacha turli usullar bilan kamaytiriladi.
Suvning vaqtinchalik qattiqligi qaynatish orqali yoʻqotiladi. Bu
jarayonda gidrokarbonatlar erimaydigan karbonatlarga oʻtib choʻk
maga tushadi:
Ca(HCO
3
)
2
=CaCO
3
↓+CO
2
↑+H
2
O
Mg(HCO
3
)
2
=Mg(OH)
2
↓+2CO
2
↑
Qattiqlik kimyoviy ishlov berish orqali ham yoʻqotiladi. Bu
ning uchun qattiq suvga soʻndirilgan ohak yoki soda qoʻshiladi.
Ohak asosan suvning vaqtinchalik qattiqligini yoʻqotadi:
Ca(HCO
3
)
2
+Ca(OH)
2
=2CaCO
3
↓+2H
2
O
1-kurs talabalari uchun darslik
310
Mg(HCO
3
)
2
+2Ca(OH)
2
=Mg(OH)
2
↓+2CaCO
3
↓+2H
2
O
Agar doimiy qattiqlikka ega boʻlgan suvga soda qoʻshilsa, quyi
dagi reksiya sodir boʻladi:
CaSO
4
+Na
2
CO
3
=CaCO
3
↓+Na
2
SO
4
MgSO
4
+Na
2
CO
3
=MgCO
3
↓+Na
2
SO
4
Ca
2+
va Mg
2+
ionlarini yoʻqotish uchun bura, potash va natriy
fosfati ham ishlatiladi.
Hozirgi kunda suvning qattiqligini yoʻqotish uchun tabiiy va
sun’iy ionitlar keng qoʻllanilmoqda. Ionitlar alumosilikatlar toifasi
ga kirib, quyidagi formulaga ega Na
2
[Al
2
Si
2
O
8
]·nH
2
O. Alumosi
likatlardan suv oʻtkazilganda tarkibidagi Na+ ionlari suvdagi Ca
2+
yoki Mg
2+
ionlariga almashadi:
Na
2
R+Ca(HCO
3
)
2
= CaR+2NaHCO
3
Na
2
R+ CaSO
4
= CaR+ Na
2
SO
4
Suvni yumshatish uchun yuqori molekular ionitlar ham ishla
tilib, ular ion almashinuvchi smolalar deyiladi. Bunday ionitlar
tarkibida –SO
3
H, SO
3
Na,COOH, OH, COONa guruhlari boʻlib,
ular oʻz tar kibidagi kationlarni almashtiradi. Anionitlar tarkibida
harakat chan asos guruhlar boʻlib, ular anionlarni almashtiradi. Bu
ionitlarda –NH
2
; N(CH
3
)
2
, NH
3
Cl kabi faol guruhlar boʻladi. Shun
day ionitlardan suvni oʻtkazib juda toza suv, hatto distillangan suv
olish mumkin. Ionitlarni qoʻllash kam xarj, arzon va samarali usul
hisoblanadi.
Qattiq suv oshqozon ichak sistemasiga ta’sir etib, patologik
holatlarni chaqiradi. Suv tarkibida magniy ionlari koʻp miqdorda
boʻlsa, suv taxir boʻladi va ichaklarini boʻshashtiradi. Qattiq suvda
pishirilgan oziqovqat mahsulotlari oʻz xushta’mligini yoʻqotadi va
unda damlangan choyning ta’mi ham yaxshi boʻlmaydi. Suvning
yuqori darajadagi qattiqligi nafaqat insonga salbiy ta’sir koʻrsata
di, balki turli ishlab chiqarish jarayonlariga va shuningdek, ishlab
chiqariladigan mahsulot va buyumlar sifatiga ham ta’sir qiladi. Bir
oq qattiqlik ionlari oz miqdorda boʻlsa xavfli emas, shuning uchun
qattiqlikning son qiymati aniqlanadi va qattiqlikni yoʻqotish usul
lari bilan doimo me’yorlashtirib turiladi.
Tibbiy kimyo / 1
311
Qutblangan suv molekulasi qutblangan moddalarni yaxshi,
qutb lanmagan moddalarni esa oz eritadi. Suvga boʻlgan moyilligi
ga qarab, funksional guruhlar: gidrofil (suvga tortiluvchi), suv bilan
yaxshi solvatlanadigan, gidrofob (suvdan qochadigan) va difil (ham
gidrofil ham gidrofob) tuzilishlarga ega boʻladi.
Kimyo va salomatlik
Suv barcha oʻsimliklar, tirik organizmlar va mikroorganizmlar
da moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir
qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi.
Fotosintez jarayonida suv karbonat angidrid bilan birgalikda orga
nik moddalar hosil boʻlishida qatnashadi va shu bilan birga Yerda
tirik organizmlar hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi.U toʻqimalar
faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa,
oʻsimliklar sharbati) ning singishini,fizik termoregulatsiyani va ha
yot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni taʼminlaydi.
Tirik organizmlarda juda koʻp miqdorda suv boʻladi. Odam ta
nasidagi barcha suyuqlik va toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan
65% chamasida boʻladi. Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi
Kislorodning qisman
manfiy zaryadi
Vodorodning qisman
musbat zaryadi
Vodorod
bog‘lar
1-kurs talabalari uchun darslik
312
mumkin, lekin suvsizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi.
Suvda organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anor
ganik moddalar eriydi. Odamning suvga boʻlgan fiziologik ehtiyoji,
iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3–6 litrni tashkil etadi. Shuning
uchun ichimlik suvidan bir oyda bir marta kimyoviy tahlillar olinib,
qisqa kimyoviy tahlillar, ya‘ni suvga turli xil oqava suvlarning
qoʻshilishi mumkin boʻlgan joyda bir kunda ikki marotaba namu
na olinib, tekshiriladi, Har 3 soatda olinadigan namunalar suvning
sifatini koʻrsatib beruvchi omil hisoblanadi. Bakteriologik tahlil
lar esa bir kunda bir marotaba, kirib kelayotgan manbada olinadi.
Bu tahlillar natijasida suvga qay paytda qancha reagentlar qoʻshish
mukinligini koʻrsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |