Tibbiy kimyo / 1
295
yena va klinik analizda keng qoʻllanadi. Yodometrik titrlash usulida
qaytaruvchilar hamda oksidlovchilar miqdorini aniqlash mumkin,
bu esa titrimetrik analizda undan keng foydalanish imkonini beradi.
Bu usul bilan eritmalarda aldegid va keton guruhlarni, atseton, xi
non, antipirin, vodorod peroksid, suvdagi erkin xlor, mis (Il)nitrit
lar va boshqalami aniqlash mumkin.
Yodometrik titrlash erkin yod I2 ning ion (I) holdagi yoʻdgacha
qaytarilishi bilan bogʻliq boʻlgan qaytarilish jarayoniga:
I
2
+2e→2I
yoki I ionlarini I2gacha oksidlanish jarayoniga asoslangan:
2I 2e→I
2
Qattiq holdagi (kristall) yod suvda kam eriydi. Shuning uchun
standart eritma sifatida yodning KI dagi eritmasi ishlatiladi. Yod ka
liy yodid eritmasida eriganda [I
3
] kompleks ionini hosil qiladi.
I
2
+ I ↔ [I
3
]
Erkin yod nisbatan kuchsiz oksidlovchi (qoʻngʻir sariq rang),
uning turli foyizdagi eritmasi barcha apteka qutilarida boʻladi, an
ioni I esa – (rangsiz) kuchli qaytaruvchidir.
Yodometrik titrlash usulida qaytaruvchilar miqdorini aniqlash
uchun toʻgʻri titrlash hamda qayta titrlash usullaridan foydalaniladi.
Oksidlovchilar miqdorini aniqlash uchun esa almashinish usulidan
foydalaniladi.
Qaytaruvchilar miqdorini toʻgʻri titrlash usulida aniqlash
uchun yoʻdning standartlangan eritmasidan foydalaniladi:
C
6
H
8
O
6
+ I
2
→ C
6
H
6
O
6
+ 2HI
Bu reaksiyada askorbin kislota C
6
H
8
O
6
qaytaruvchi – tek
shirilayotgan modda, I
2
– standart eritma u oksidlovchi. Toʻgʻri
titrlash usulidayoʻdning standart eritmasi byuretkaga solinadi va
tomchilab askorbin kislotaga quyiladi, ekvivalent nuqtaga yetgan
da jarayon toʻxtatilib, askorbin kislota (qaytaruvchi)ning miqdori
aniqlanadi. Bu usulda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun kraxmal
– indikator vazifasini bajaradi. Kraxmal kolbadagi tekshirilayot
gan askorbin kislota eritmasiga qoʻshiladi. Bunda kolbadagi eritma
1-kurs talabalari uchun darslik
296
rangsiz boʻladi. Reaksiya tugaganda kolbadagi eritmada askorbin
kislota toʻliq reaksiyaga kirishib, rangsiz C
6
H
6
O
6
ni hosil qiladi,
soʻngra kolbaga tushgan bir ikki tomchi yod eritmasi kraxmal bi
lan toʻq koʻk rangli adsorbsion kompleks birikma hosil qiladi. Bu
holat reaksiya tugaganini bildiradi. Odam organizmi uchun muhim
ahamiyatga ega boʻlgan askorbin kislota miqdori ekvivalentlar
qonuni asosida hisoblab topiladi.
Iodometrik titrlashdagi almashinish usulida ion holatdagi iod
eritmasidan foydalaniladi. KI eritmasidagi ion holatdagi iod qayta
ruvchi boʻlib, uning eritmasi yordamida almashinish usulida oksid
lovchilarning miqdori aniqlanadi. Oksidlovchilarning KI ga ta’siri
natijasida ekvivalent miqdorda molekular yoʻd ajralib chiqadi:
H
2
O
2
+ 2KI + H
2
SO
4
= K
2
SO
4
+ I
2
+ 2 H
2
O
Ajralib chiqqan iodni yorugʻlik kam tushadigan idishga yigʻib
olinadi. Ushbu yoʻd standartlangan natriy tiosulfat eritmasi bilan
titrlanadi:
2Na
2
S
2
O
3
+ I
2
= Na
2
S
4
O
6
+ 2 NaI
Shunday qilib, oksidlovchining miqdori ajralib chiqqan I2miqd
origa ekvivalent boʻlgan Na
2
S
2
O
3
hajmiga koʻra hisoblanadi. Bu
jarayonda ham kraxmal indikator boʻlib, birinchi reaksiyada ajra
lib chiqqan yod hisobiga eritmani koʻk rangga boʻyaydi. Ikkinchi
reaksiyada esa molekular yod ion holatga oʻtadi va natijada eritma
toʻliq rangsizlanadi.
Yod eritmasi pangli boʻlgani uchun uning oʻzi indikator vazi
fasini bajarishi mumkin. Maslan, titrlash uchun olingan (konsen
tratsiyasi noma’lum boʻlgan) Na
2
S
2
O
3
ning eritmasi toʻliq titrlanib
boʻlganda, titrlanayotgan suyuqlik bir tomchi yod eritmasi qoʻshili
shi bilan och sariq tusga kiradi. Demak, bunda ham xuddi xromato
metrik va permanganatometrik usullardagi kabi indikator ishlatmay
titrlashni olib borish mumkin. Lekin yodning titrlash oxirida nama
yon boʻladigan rangi bilinarbilinmas boʻlishi sababli ekvivalent
nuqtaning aniqlanishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun indikator
sifatida yod uchun nihoyatda sezgir reaktiv kraxmal eritmasi ish