Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Cho‘kish va erish jarayonlari



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

7.5. Cho‘kish va erish jarayonlari

  Ma’lumki,  suvda  oz  eriydigan  kuchli  elektrolitlar  eritmaga 

molekula holatda oʻtmasdan balki, alohida toʻliq dissotsiyalangan 

ionlar  holatida  oʻtadi.  Shuning  uchun  bunday  moddalarning  toʻ­

 

7.7-rasm. Bariy sulat 

osh qozon ichak 

traktini rentge-

nografiyasida 

qoʻllaniladi



Tibbiy kimyo / 1  

175


yingan eritmalarida, erigan moddalarning ionlari bilan qattiq (choʻk­

madagi) faza orasida dinamik muvozanat vujudga keladi. Masalan, 

AgCl ning toʻyingan eritmasida, AgCl choʻkmasi bilan eritmadagi 

ionlari orasida muvozanat boʻladi.

 AgCl ↔ Ag

+

 + Cl



­

 Bu muvozanat holati uchun massalar ta’siri qonunini qoʻllab, 

muvozanat konstantasining ifodasi yoziladi:

  Qattiq  fazadagi  AgCl  ning  konsentratsiyasi  ayni  haroratda 

doimiy qiymatga ega, shuning uchun (1) tenglamani quyidagicha 

yozish mumkin:

K ∙ c(AgCl) = c(Ag

+

 ) ∙ c(Cl



­

)

2 ta doimiy qiymatlar koʻpaytmasi K∙c(AgCl) ning hosilasi ham 



doimiyboʻladi. Demak,

c(Ag


+

) ∙ c(Cl


­

) =const                                  (2)

Shunday qilib, suvda oz eruvchi elektrolitlarning toʻyingan erit­

masida, ayni haroratda erkin ionlar konsentratsiyalarining koʻpayt­

masi oʻzgarmas qiymatdir. Bu qiymatga elektrolitning eruvchanlik 

koʻpaytmasi deyiladi va EK

(AgCl)

 bilan ifoda etiladi.



 Yuqoridagi (2) tenglamadan const qiymatini EK

(AgCl)


 bilan al­

mashtirilsa, ayni elektrolit uchun eruvchanlik koʻpaytmasi ifodala­

nadi:

 c(Ag


+

) ∙ с(Cl


­

) = EK


(AgCI)

 = 1,56∙10

­10

 Agar oz eriydigan elektrolit eritmada bir necha turli ionlarga 



dissotsialansa,  ayni  elektrolitning  eruvchanlik  koʻpaytmasini  his­

oblash uchun tenglama ifodasida shu ionlarning soni uning konsent­

ratsiyasi  darajasiga  koʻtarilib  yoziladi:  Masalan,  kumush  xromat 

Ag

2



CrO

4

 ning eruvchanlik koʻpaytmasi:



2

2



1-kurs talabalari uchun darslik

176


 Yuqoridagi  tushunchalarga  asoslanib,  shunday  xulosaga  kel­

ish mumkin. Agar oz eriydigan elektrolit eritmasidagi ionlar kon­

sentratsiyalarining koʻpaytmasi oʻzgarmas haroratda ayni elektro­

litning  eruvchanlik  koʻpaytmasi  qiymatiga  teng  boʻlsa,  toʻyingan 

eritma hosil boʻladi:

c(Ag


+

)∙c(Cl


­

) = EK


(AgCl)

 Agar oz eriydigan elektrolit eritmasidagi erkin ionlar kon­

sentratsiyalarining koʻpaytmasi oʻzgarmas haroratda ayni elektro­

litning eruvchanlik koʻpaytmasi qiymatidan kichik boʻlsa, toʻyin­

magan eritma hosil boʻladi. Bunday sharoitda elektrolit yana erishi 

mumkin va choʻkma hosil boʻlmaydi:

c(Ag

+

)∙c(Cl



­

)< EK


(AgCl)

 Agar oz eriydigan elektrolit eritmasidagi erkin ionlar konsen­

tratsiyalarining  koʻpaytmasi  oʻzgarmas  haroratda  ayni  elektrolit­

ning eruvchanlik koʻpaytmasi qiymatidan katta boʻlsa, oʻta toʻyin­

gan eritma hosil boʻlib, elektrolit choʻkmaga tushadi:

c(Ag


+

) ∙ c(Cl


­

)> EK


(AgCl)

Oz eriydigan elektrolitlar eruvchanligi eruvchanlik koʻpaytmasi 

konsantasi bilan ifodalanadi. Oz eriydigan elektrolitlarning toʻyin­

gan  eritmasidagi  ionlar  konsentratsiyasining  koʻpaytmasi  doimiy 

haroratda doimiy son boʻlib eruvchanlik koʻpaytmasi deyiladi:

1,56


Moddalarning EK qiymati qancha kichik boʻlsa, elektrolit shun­

cha oz eriydi:

 EK

(AgCl)


 = c(Ag

+

) ∙ c(Cl



­

) = 1,56∙10

­10

 EK


(AgBr)

 = c(Ag


+

) ∙ c(Br


­

) = 5,3∙10

­13

 EK


(AgI)

 = c(Ag


+

) ∙ c(I


­

) = 8,3∙10

­17

AgI eng kam eriydi. EK qiymatiga koʻra eritmadagi ion kon­



sentratsiyalari  koʻpaytmasi  EK  qiymatidan  katta  boʻlgandagina 

choʻkma hosil boʻladi. Eritmada bir necha xil ionlar boʻlganda, eng 




Tibbiy kimyo / 1  

177


kam eriydigan birikma birinchi navbatda choʻkmaga tushadi. Ma­

salan, Cl

­

, Br


­

, I


­

 aralashmasiga AgNO

3

  qoʻshilganda  dastlab  AgI 



choʻkmaga  tushadi,  keyin  AgBr  va  eng  soʻngida  AgCl  choʻkma­

ga tushadi. Shunday qilib, birikmalarning eruvchanlik koʻpaytma­

sini  bilgan  holda  reaksiya  yoʻnalishini  belgilash  mumkin,  bu  esa 

kimyoviy analiz olib borishda juda katta ahamiyatga ega.

Analiz olib borishda suvda yomon eriydigan moddalarni erit­

maga  oʻtkazish  masalasi  ham  ahamiyatga  ega.  Choʻkmani  eritish 

uchun uning erishida hosil boʻlayotgan ionlarning hech boʻlmagan­

da bittasining konsentratsiyasini kamaytirish kerak. Bunda qoʻshil­

adigan reaktiv ioni yordamida toʻyingan eritmadagi ionlarning biri ni 

kam dissotsilanadigan birikma tarzida bogʻlash yoʻli bilan erishila­

di: masalan, Mg(OH)

2

ning xlorid kislotada erishini quyidagicha tas­



virlash mumkin:

 Mg(OH)


2

↔Mg


2+

 + 2OH


­

, HCl ↔ H

+

 + Cl


­

, OH


­

 + H


+

 → H


2

O

Mg(OH)



2

ning molekula va ionlari orasidagi muvozanat buzi­

ladi va muvozanat oʻngga siljiydi. Buning natijasida choʻkmaning 

erishi roʻy beradi. Xuddi shunday Mg(OH)

2

ni NH


4

OH da erishini 

ham tushuntirish mumkin:

 Mg(OH)


2

 ↔ Mg


2+

 + 2OH


­

, NH


4

OH ↔ NH


4

+

 + OH



­

NH

4



+

+OH


­ 

↔ NH


4

OH

Eruvchanlik koʻpaytmasi haqidagi qoidaning ahamiyati shun­



daki,  bu  qoidaga  asoslanib,  kimyoviy  reaksiyalar  natijasida  hosil 

boʻlayotgan  moddalarni  qaysi  holatlarda  choʻkmaga  tushish  yoki 

choʻkmadan eritmaga oʻtish sharoitlarini aniqlash mumkin.

Elektrolitlarning  eruvchanlik  koʻpaytmalarining  qiymatlariga 

asoslanib,  ularning  eruvchanligi  hisoblanadi  yoki  elektrolitning 

eruvchanligi  ma’lum  boʻlsa,  ularning  eruvchanlik  koʻpaytmasini 

hisoblash mumkin.

Choʻkma hosil boʻlishi va erish reaksiyalarining borish qonun­

larini bilish, choʻkma ­ eritma sistemasi boʻlgan tirik organizmda 

boradigan kimyoviy jarayonlarni boshqarish va ularni biokimyoviy 

sistemalarga tatbiq qila bilish katta ahamiyat kasb etadi. Bu jaray­



1-kurs talabalari uchun darslik

178


onlarning muvozanati buzilishi natijasida kam eriydigan birikma­

lar hosil boʻlishi va ularning yigʻilishidan hosil boʻlgan kasalliklar 

mavjud.  Bularga  misol  qilib  buyrak  va  oʻt  yoʻllarida  tosh  hosil 

boʻlishi, podagra, glaukoma, ateroskleroz va boshqalarni keltirish 

mumkin.

“Bariyli” va “stronsiyli” raxit suyakdagi kalsiy karbonatlari va 

fosfatlari oʻrnini stronsiy va bariy egallashi natijasida vujudga ke­

ladi. Kam eriydigan birikmalar hosil boʻlishi ularni ishlatishda tirik 

organizmda ularning biometall va bioligandlar bilan choʻkma hosil 

qilishi mumkinligini hisobga olishni talab qiladi.

Me’da  ­  ichak  kasalliklarini  davolashda  koʻpincha  kislotani 

kamaytiruvchi va adsorbsiyalovchi vosita sifatida suvda kam eriy­

digan, lekin me’dadagi HCl da yaxshi eriydigan moddalar ishlati­

ladi. Masalan: magniy oksid – MgO, kalsiy karbonat – CaCO

3

 va 


boshqalar. 

 Erish jarayonida issiqlik ajralishi yoki yutilishi mumkin. Ma­

salan, kaliy gidroksid, natriy gidroksid, sulfat kislota eriganda is­

siqlik ajralib chiqadi (ekzotermik jarayon), kaliy nitrat, ammoniy 

xlorid eriganda esa issiqlik yutiladi (endotermik jarayon).

Bir  mol  modda  eriganda  ajralib  chiqadigan  yoki  yutiladigan 

issiqlik  miqdori  shu  moddaning  erish issiqligi deyiladi. Masalan, 

kaliy gidroksidning erish issiqligi ­55,6 kJ/mol, ammoniy nitratning 

erish issiqligi +26,4 kJ/mol.

 

 



 

Kimyo va salomatlik 




Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish