7.4. Eruvchanlik va eruvchanlikka ta’sir
etuvchi omillar
Har qanday modda eruvchanlik bilan tavsiflanadi. Eruvchan
lik moddaning suvda yoki boshqa erituvchida erish xususiyatidir.
Eruvchanlikni miqdoriy jihatdan tavsiflash uchun ma’lum haroratda
100 g erituvchida eng koʻpi bilan erishi mumkin boʻlgan modda
miqdori hisobga olinadi. Erigan moddaning bu miqdori eruvchanlik
yoki eruvchanlik koeffitsiyenti deyiladi. Masalan, 100 g suvda 18°C
da 35,86 g osh tuzi eriydi. Demak, osh tuzining 18°C dagi eruvchan
ligi 35,86 ga teng. Moddalar eruvchanligiga koʻra yaxshi eriydigan,
oz eriydigan va yomon eriydigan turlarga boʻlinadi. Ammo mutlaqo
erimaydigan moddalar boʻlmaydi.
Moddalarning eruvchanligiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatadi:
• harorat;
• gazsimon moddalarda bosim.
1-kurs talabalari uchun darslik
172
Do'stlaringiz bilan baham: |