Tibbiy etika obyektlari. Irisboyev Uchqunbek Sirojiddin oʻgʻli 104”A” Davolash Reja: 1.Transplantatsiyaning tarix 2.Transplantatsiyaning jahon va O'zbekistondagi o'rni 3.O'zbekiston tibbiyotida organlarini ko'chirib otkazish. 4.Transplantatsiya amaliyotidan keyingi ózgarishlar. Transplantatsiya — odam va hayvonlarda patologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan toʻqimalar va organlar oʻrniga sogʻlomini koʻchirib oʻtqazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan maʼlum. Teri, muskul, nervlar, koʻzning muguz pardasi, yogʻ va suyak toʻqimasi, yurak, buyrak va boshqa organlar koʻchirib oʻtqaziladi. Kon quyish — T.ning alohida turi. Koʻchirib oʻtqaziladigan toʻqima yoki organ kimdan olinganiga qarab transplantantlar quyidagicha farqlanadi: autotransplantant — bemorning oʻzidan, allotransplantant — odamdan odamga, ksenotransplantant — boshqa individdan. Hozirgi buyrak T.si juda keng yoʻlga qoʻyilgan. Boshqa organlar: yurak, jigar, endokrin bezlar, oʻpka va boshqa organlarni koʻchirib oʻtqazish maxsus klinikalarda bajariladi. Transplantatsiya tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak dastlabki transplantatsiya operatsiyalari sichqon, kalamush, quyon, it kabi hayvonlar ustida amalga oshirilgan. Amaliyot muvaffaqqiyatli amalga oshirilganidan so’ng, odamlarda ham qo’llanila boshlangan. Birinchi buyrak transplantatsiyasi 1954-yil 23-dekabrda Boston gospitalida o’tkazilgan va operatsiya muvaffaqiyatli kechgan. Bemor operatsiyadan so’ng, 8 yil yashagan. Birinchi jigar transplantatsiyasi doktor Tomas Starlz tomonidan AQSh da 1963-yilda amalga oshirilgan. Afsuski, bemor operatsiyadan bir necha kun o’tib vafot etgan. 4 yildan so’ng yana Starlz tomonidan shunday operatsiya bajarilgan. Operatsiya muvaffaqiyatli kechgan, bemor bir yildan ortiq yashagan. Yurak transplantatsiyasi juda ham qiyin transplantatsiya operatsiyalaridan bo’lib, birinchi marta 1967-yil muvaffaqqiyatli amalga oshirilgan, lekin bemor 18 kundan keyin zotiljam kasalligi sababli vafot etgan. Yurakni ko’chirib o’tkazish bilan bog’liq muammolar juda ham ko’p bo’lib, amaliyot o’tkazish hali ham xavfli hisoblanadi. Chunki operatsiya ko’pgina hollarda o’limga olib Odatda, yurak ko’chirib o’tkazilgandan keyin 5-7 yil xizmat qilib bera oladi. Lekin, bu borada ham navbat kutayotganlar kamayayotgani yo’q. Chunki hamma ham bir nafas bo’lsa-da ko’proq yashashni xohlaydi. Ko‘pchilikni tana a'zolari hamda to‘qimalar transplantatsiyasiga oid masalalar, yangiliklar qiziqtirishi tabiiy. Chunki buyrakni ko‘chirib o‘tkazish bo‘ladimi, jigar yoki yurak va o‘pka transplantatsiyasi bo‘ladimi, muhimi, faqatgina shu a'zo transplantatsiyasi bemor hayotini saqlab qolishi mumkin. Sir emas, zarurat tufayli ayrim bemorlar chet davlatlarga borib, 15 mingdan 250 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan narxlarda ana shu jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘layotgan edi. Barchani xursand qilgan yangilik: mamlakat tibbiyoti tarixida ilk bor transplantologiya bo‘yicha zamonaviy operatsiyalarni amalga oshirish boshlangani bo‘ldi. Transplantatsiya o‘tkazishning zarurati to‘g‘risidagi uzil-kesil qaror Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Operatsiyani o‘tkazish uchun donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar bo‘lagini olishga undan ongli ravishda va erkin holatda yozma shakldagi roziligini olish kerak. O‘zbekistonda inson a'zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi bo‘yicha qonun hujjatlariga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. “Inson a'zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasida o‘pka, jigar transplantatsiyalari bilan birgalikda yurak, buyrak va boshqa inson a'zolari ham ko‘chirib o‘tkazilishi qayd etilgan. Hozirda qonun loyihasi viloyatlar kesimida targ‘ibot ishlari ketyapti. Barcha taklif va mulohazalar o‘rganib chiqilgach, Oliy majlis deputatlari va senatorlar o‘rtasida muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilinadi. Transplantatsiya bajarilgandan so‘ng donor va retsipiyent kamida uch yil davomida profilaktik dispanser ko‘rigi bilan ta'minlanadi. Bundan tashqari, ambulatoriya nazoratida bo‘lgan bemorlar qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli dori vositalari bilan ta'minlanadi. Transplantologiya xizmati yo‘lga qo‘yilishining ahamiyati juda katta. Ya'ni, endi bemor to‘liq shifokor nazoratida turadi, eng kichik o‘zgarishlar ham mutaxassislarimiz diqqat markazida bo‘ladi. Bu amaliyotdan keyingi asoratlarning oldini oladi. Shuningdek, bemorning avvalo vaqti va mablag‘i iqtisod qilinadi. Aytib o‘tish kerakki, hozirda ushbu noyob tibbiy xizmatni joriy etish bo‘yicha asosiy qadamlar tashlandi. Kelajakda uning ko‘lami, imkoniyatlari yanada kengayadi. Buning uchun yurtimizda ilmiy, texnik va huquqiy jihatdan barcha sharoitlar yaratilgan. Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining vaqtinchalik nizomi «Inson organlari, to‘qimalari va hujayralarini transplantatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirguncha amal qiladi. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki yil davomida Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida 230 dan ortiq buyrak, 6 ta jigar, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazida esa 68 ta buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari o‘tkazilib, jami 300 nafardan ziyod fuqarolarimizning yuqori texnologik operatsiyalar uchun xorij davlatlariga borishining oldi olindi. E'tiboringiz Uchun Raxmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |