Lotin maqollari va hikmatli so‘zlar Pigritia est mater omnia vitiorum. Dangasalik - kamchiliklarning onasi.
Medicina fructusior nulla. Tibbiyot fanidek sermahsul fan olamda yo‘q.
Scentia est potentia. Bilim - kuchdir.
Mens sana in corpore sano. Sog‘lom tanda - sog‘ aql.
31
MORFOLOGIYA
12-§. SO‘Z TURKUMLARI So‘zlarning ma’no va grammatik jihatdan o‘xshashlik-lariga ko‘ra ayrim leksik-grammatik turlarga bo‘linishi nati-jasida hosil bo‘lgan guruhlarga so‘z turkumi deyiladi.
Lotin tilidagi so‘zlar mustaqil hamda yordamchi so‘z tur-kumlariga bo‘linadi.
Mustaqil so‘z turkumi
13-§. FE’L
Predmetning ish-harakati yoki holatini ifodalovchi so‘zlar fe’l deb ataladi. Masalan: curare - davolamoq, amare -sevmoq, legere - o‘qimoq.
Lotin tilida fe’l o‘zbek tilidagidek shaxs-son, zamon va mayl bilan tuslanadi.
Lotin tilida fe’llar to‘rt turga tuslanadi. Birinchi turda tuslanuvchi fe’llar «-are» qo‘shimchasi bilan tugallanadi:
32
dare - bermoq. Ikkinchi turda tuslanuvchi fe’llar «-ere» qo‘shimchasi bilan tugallanadi: miscere - aralashtirmoq. Uchinchi turda tuslanuvchi fe’llar «-ere» qo‘shimchasi bilan tugaydi: solvere - eritmoq. To‘rtinchi turda tuslanuvchi fe’llar «-ire» qo‘shimchasi bilan tugaydi: audire -eshitmoq.
Agar birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi turda tuslanishga kiruvchi fe’llardan noaniq shakldagi «-re», uchinchi turda tuslanishga kiruvchi fe’llarda esa, «-ere» qo‘shimchalari olib tashlansa, fe’lning negizi hosil bo‘ladi. Masalan:
Lotin tilida fe’llar xuddi o‘zbek tilidagidek birlik (sin-gularis), ko‘plik (pluralis)da tuslanadi. Lotin tilida fe’lning uch mayli mavjud:
Indicativus- aniqlik mayli
Conjunctivus - shart mayli
III Imperativus - buyruq mayli
Aniqlik mayli Aniqlik mayli ish-harakat yoki holatining aniqligini ko‘rsatadi. Masalan: Medicus aegrotam curat - Shifokor bemorni davolayapti.
Buyruq mayli Buyruq mayli buyurish, so‘rash, iltimos kabi ma’nolarni ifodalab, odatda, ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Buyruq mayli birlik sonini hosil qilishi uchun fe’lning noaniq shak-lidan «-re» qo‘shimchasini olib tashlash kerak. Masalan:
33
Da — ber! Misce — aralashtir! Solve — erit! Audi — eshit!
Buyruq mayli ko‘plik sonini hosil qilishi uchun fe’lning buyruq mayli birlik soniga «-te», faqat uchinchi tuslanish negiziga «-ite» qo‘shimchasini qo‘shish kerak. Masalan:
Shart mayli
Shart mayli ish-harakatning ma’lum bir sharoitda bo‘lishi mumkin ekanligini bildiradi. Masalan:
Misceatur — Aralashtirilsin! Aralashtirilgan bo‘lsin! Signetur — Bildirilsin! Bildirilgan bo‘lsin! Detur — Berilsin! Berilgan bo‘lsin!
Retseptlarda shart mayli uchinchi shaxs birlik va ko‘plik sonlarida ishlatiladi. Masalan:
Dividatur in partes aequales — teng qismlarga bo‘linsin!
Dentur tales doses numero... — shunday miqdor (son)... da berilsin.
Lotin tilida fe’llarning ikkita nisbati bor: aniqlik nisbati (Activum) majhullik nisbati (Passivum) Aniqlik nisbatidagi fe’lda ish-harakat shaxs tomonidan bajariladi, to‘ldiruvchi esa, harakatning obyekti bo‘ladi. Aniqlik nisbati uchinchi shaxs birlik sonini hosil qilish uchun fe’l negiziga -t, ko‘plik sonini hosil qilish uchun esa -nt
34
qo‘shimchasini qo‘shish lozim. Masalan: Medicus aegrotam curat — Shifokor bemorni davolayapti.
Majhullik nisbatida harakat to‘ldiruvchi anglatgan predmet tomonidan bajarilib, haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo‘ladi. Majhullik nisbati uchinchi shaxs birlik sonini hosil qilish uchun fe’l negiziga -tur, ko‘plik sonida esa -ntur qo‘shimchasini qo‘shish kerak. Masalan: Aegrotus ab medicis curantur — Bemor shifokorlar tomonidan davolansin.
I tuslanish
Dare — bermoq (negizi — da) Activum
Uchinchi shaxs birlik soni Dat — u beryapti Uchinchi shaxs ko‘plik soni dant — ular berishyapti
Passivum
Uchinchi shaxs birlik soni datur — berilsin Uchinchi shaxs ko‘plik soni dantur — berilsin
II tuslanish
Miscere — aralashtirmoq (negizi — misce)
Activum
Uchinchi shaxs birlik soni misceat — u aralashtiryapti Uchinchi shaxs ko‘plik soni miscent — ular aralashti-rishyapti
Passivum
Uchinchi shaxs birlik soni miscetur — aralashtirilsin Uchinchi shaxs ko‘plik soni miscentur — aralashtirilsin
III tuslanish
Fe’l negiziga birlik sonda -i, ko‘plikda -u unli harflari qo‘shiladi. Solvere — eritmoq (negizi — solv).
35
Activum
Uchinchi shaxs birlik soni solvit — u erityapti Uchinchi shaxs ko‘plik soni solvunt — ular eritishyapti
Passivum
Uchinchi shaxs birlik soni solvitur — eritilsin Uchinchi shaxs ko‘plik soni solvuntur — eritilsin
IV tuslanish
Audire — eshitmoq (negizi — audi)
Activum
Uchinchi shaxs birlik soni audit — u eshityapti Uchinchi shaxs ko‘plik soni audiunt — ular eshitishyapti
Passivum
Uchinchi shaxs birlik soni auditur — eshitilsin Uchinchi shaxs ko‘plik soni audintur — eshitilsin
Esse — bor bo‘lmoq yordamchi fe’lning hozirgi zamon uchinchi shaxsda tuslanishi.
Birlik Ko‘plik
Singularis Pluralis
est — u bor sunt — ular borlar
III shaxs Misol:
Zincum metallum est — rux metalldir
Argentum et Zincum
metalla sunt — kumush va rux metallardir
Fiat, fiant fe’lining retseptlarda qo‘llanilishi. Uchinchi shaxs birlik soni shart fe’li fiat — qilinsin va uchinchi shaxs ko‘plik soni shart fe’li fiant — tayyorlansin, fio, fieri— qilmoq, hosil bo‘lmoq fe’lidan hosil qilingan. Masalan:
36
Misce, fiat pulvis - aralashtirib kukun hosil qilinsin
Misce, fiat unguen tum - aralashtirib surtma hosil qilinsin
Misce, fiat pilulae - aralashtirib hab dori tayyorlansin