ZAIF ESHITUVCHI O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV MALAKASINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI Anvarova D.A. – o‘qituvchisi, TDPU, O’zbekiston. Nizomiy nomidagi TDPU Oligofrenopedagogika kafedrasi Annatatsiya Mazkur maqolada zaif eshituvchi o‘quvchilarning kommunikativ malakasini
rivojlantirish mazmuni yoritiladi. Zaif eshituvchi o‘quvchilarning kommunikativ malakasini
rivojlantirishning samarali yo‘llari tavsifi bayon etiladi.
Kalit so‘zlar: Zaif eshituvchi o‘quvchilar, kommunikativ malaka, rivojlantirish, samarali
yo‘llar, tavsif
Аннатация В данной статье описывается развитие коммуникативных навыков у
учеников с нарушениями слуха. Описаны эффективные способы развития коммуникативных
навыков у учеников с нарушениями слуха.
Ключевые сло ва: ученикы с нарушениями слуха, коммуникативные навыки,
развитие, эффективные способы, описание
Annatation This article describes the development of communication skills in students
with hearing impairments. Effective ways of developing communication skills in students with
hearing impairments are described..
Key words: hearing impaired students, communication skills, development, effective
methods, description.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar kommunikativ malakasini rivojlantirish bo‘yicha
korreksion ish zamonaviy tizimining mazmuni va o‘ziga xosligini tushunish uchun madaniyat
evalyutsiyasining ma’lum bir bosqichlarida surdopedagogika fanini tarixiy rivojlanish yo‘llarini
tahlil qilish katta o‘rin tutadi. Surdopedagogik g‘oyalarining tomirlari chuqur tarixga borib
taqaladi. Qadim zamonlarda hamda uyg‘onish davrida ham olimlarning va amaliyotchilarning
karlarni ona tiliga o‘qitish maqsadidagi fikrlari falsafa, tibbiyot, tabiiy fanlar, psixologiya,
fiziologiya, tilshunoslik va boshqa fanlar asosida shakllangan. Har qanday tarixiy bosqichda
surdopedagogik yangi ilmiy g‘oyalarni rivojlanishiga va ommalashishiga ayni mamlakatdagi
umum ilmiy iqlim ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Insonning o‘zligi haqidagi tassavvurlari almashuvi
bilan bir qatorda kar odamlar, ularni o‘qitish tizimiga munosabat ham o‘zgara borgan. XVIII
asrgacha insonga «Xudoning in’omi» sifatiga qaralganligi bois odamlarga «Xudoning ishlariga
aralashish!»ga yo‘l qo‘yilmasdi. Shuning uchun qadim zamonlarda karlarga befarq yoki yovuz
munosabatlarda bo‘lishgan. Ko‘pincha tug‘ma karlarni inkvizitsiya gulxanlarida yoqishganlar.
XVIII asr oxirlarida inson haqida «Xudo inson» ta’limotini yuzaga kelishi ham karlarning
yashash va faoliyat ko‘rsatish ahvolini og‘irlashtirdi. Chunki ular eshitish va nutqidagi nuqsonlari
sababli bu yuqori darajaga erisha olmaganlar. Ma’lumki, «Xudo insoni» falsafasiga sig‘inuvchi
fashistlar tuzumida karlar «Past tabaqa» sifatida yo‘q qilingan.Agnostitsizm falsafasi
surdopedagogika rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu falsafa g‘oyalari kar soqovlarning bilish
imkoniyatlariga va aqliy kuchiga ishonmaslikka targ‘ib qilar edi, kar soqovlar tabiati va uning
o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishga tusqinlik qilardi.Surdopedagogika sohasini takomillashuvida
umumiy pedagogika, tilshunoslik, psixofiziologiya fanidagi ijobiy yutuqlar katta ahamiyat kasb
etgan. Rossiyada ham I.G.Cherneshevskiy. N.A Dobrolyubov, N.I.Pirogov, K.D.Ushinskiy,
P.M.Gretyanov, A.A.Pogibni, I.M.Sechenovlarning insonparvarlik g‘oyalari ta’sirida karlarni
tarbiyalash va o‘rgatish usullarini ishlab chiqarishdagi analogik yutuqlari belgilangan.Shunday