Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet452/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
397 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
kerak. Negaki, ota-ona oʻzi tarbiya koʻrmagan, “ma’nan qashshoq” boʻlsa, farzand ham ota-
onasidan andoza olib ma’lum ma’noda salbiy hislatlar bilan voyaga yetishi mumkin. Ayniqsa, 
bolalar ongiga ma’naviyat, mafkura, axloq, tibbiy madaniyat, burch, huquq tushunchalarini 
singdirish ota-onadan ma’lum bilim va koʻnikmani talab etadi. Bunda oila a’zolarining vazifalari: 
sogʻlom muhitni yaratish, oila a’zolar birdamligini ta’minlash, farzandlarga toʻgʻri va yoʻnaltirilgan 
tarbiya berish, ularning ma’naviyatli va ma’rifatli kishilar boʻlib yetishishlarinini ta’minlash, ularda 
insoniy hislatlarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, oila bolaning oʻz oʻrnini topishiga yordam 
berish, ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berish, istiqlol gʻoyalari va milliy mafkuraga 
sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda koʻzga tashlangan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur 
sharoitlarni yaratish ham bolaga ta’lim-tarbiya berishda katta ahamiyatga ega.
Xalqimizda “Otang- mahalla, onang-mahalla”, “ Bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona” degan 
hikmatlar tildan-tilga oʻtib, oʻzining amaliy tasdiqini topib kelmoqda. Jamiyatning eng kichik birligi 
oila sanalib, tarbiyasiga qanchalik mas’ul boʻlsa, mahalla ham xuddi oila singari har bir bolaning 
ta’lim olishi, tarbiya koʻrishi va jamiyatga nafi tegadigan inson boʻlib voyaga yetishiga birdek 
mas’ul hisoblanadi. Mahalla- odob-axloq, or-nomus, birodarlik, umuman, milliy istiqlol mafkurasi 
ruhida tarbiyalashning haqiqiy ta’sirchan oʻchogʻiga aylanishiga toʻla asos bor, desak mubolagʻa 
boʻlmaydi.
Mahalla- jamiyaning tiniq koʻzgusi. Oilalarni bir jamoaga, ijtimoiy guruhga mahalla 
birlashtiradi, jipslashtiradi, ularda ahillik hamjihatlik, hamkorlik,, hamdardlik his-tuygʻularini 
shakllantiradi, kamol toptiradi. Darhaqiqat, oilaning ijtimoiy-moddiy holati, undagi shart-
sharoitlarni mahalla, qoʻni qoʻshni juda yaxshi biladi. Oilaning yaxshi-yomon kunlari ham mahalla 
ahli bilan oʻtadi.
Ta’lim muassasalarida oila-mahalla hamkorligini keng yoʻlga qoʻyilsa, olib borilayotgan 
ta’lim-tarbiya ishlari ijobiy ta’sir koʻrsatardi. Har oyning muayyan kunlari “Ota-onalar kuni” deb 
elon qilinsa va bunda maktab ma’muriyatining ota-onalar, “Kamalak”, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy 
harakati, “Mahalla” hayriya jamoat fondining hududiy boʻlimlari bilan hamkorlikdagi ishlari 
muhokama etilsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Imkoniyati cheklangan bolalarga ham ta’lim-tarbiya berish, ular uchun ijtimoiy yordam koʻrsatish, 
hayotda oʻzini kerakli inson deb bilishiga koʻmak berish lozim. Bunday bolalarni maxsus ta’lim 
muassasalarida tahsil olishlarini ta’minlashda oila, mahalla ishtirokini kengaytirish lozim.
Jamiyatimizda juda koʻp kuzatilayotgan salbiy voqealardan biri bu qizlarni erta turmushga 
uzatishdir. Qiz bola oila qurish, ona boʻlish uchun ham ruhan ham jismonan tayyor boʻlsa, oʻzi 
boradigan yangi oila muhitiga moslasha olsagina oila mustahkam boʻladi. Aksincha boʻlsa, oilaning 
taqdiri ayanchli yakun topishi mumkin. Bu kabi salbiy holatlar yuzasidan tushuntirish ishlarining 
olib borilishi ta’lim muassasalari hamda mahalla zimmasiga yuklatiladi. 
 
Bugungi kunda “Oila-mahalla-maktab” hamkorligini kuchaytirish boʻyicha koʻplab chora- tadbirlar 
belgilanib, ijrosi ta’minlanishini nazorat qilinmoqda. Xususan, jismonan sogʻlom, ma’naviy yetuk 
har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila institutlari va fuqarolarning oʻzini-
oʻzi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini tizimli yoʻlga qoʻyish, 
ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi oʻrni, majburiyati, mas’uliyati hamda farzandlar bilan yaqin 
munosabatlarni mustahkamlashga koʻmaklashish maqsadida “Mahalla” fondi va Xalq ta’limi 
hamda respublikamizdagi oʻn mingga yaqin fuqarolar yigʻinlari tomonidan qator ijobiy ishlar 
amalga oshirilmoqda.
 
Xulosa qilib aytganda, bolaga ta’lim-tarbiya berishda har tomonlama yondoshgan holda, 
uning motivlarini hisobga olib, oila, maktab va mahalla hamkorlikda ish olib borsa, jamiyatga 
barkamol shaxslar yetkazib beriladi. 



Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish