Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG


OBLEPIXA (HIPPOPHAE.L) O’SIMLIGINING MORFOLOGIK TUZILISHI VA



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet439/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

OBLEPIXA (HIPPOPHAE.L) O’SIMLIGINING MORFOLOGIK TUZILISHI VA 
XUSUSIYATLARI 
 
Dauletbayeva Sh. – 
talaba, Nukus DPI
 

Oblepixa (Hippophae L.) –Jiydadoshlar (Elaeagnus L) oilasiga mansub polimorfli, 
moslashuvchan o’simlik bo’lib, asosan sho’rli yerlarda o’sishga moslashgan. Bu o’simlik bo’yi 6-8 
m, diametri 20-30 sm keladi. Hajmi, strukturasi, yer usti sistemalarining morfologik xususiyatlari, 
sovuqqa chidamliligi, mevalarining biokimyoviy tarkibi va hosildorligi bilan bir-biridan ajraladi. 
Oblepixa mevalari avgust-sentabr oyida pishib yetiladi va kech kuz-qish boshlarigacha butada 
to’kilmasdan saqlanadi. Bu o’simlik mevasi rezavor, shirali, ananas hidini eslatuvchi xushbo’y 
hidga va nordon-shirin ta’mga ega.
Oblepixa ikki uyli va shamol yordamida changlanuvchi o’simlik. Onaliq (urug’chi) 
changdonlari otaliq (changchi) changdonlaridan alohida rivojlanadi. Gullari bir naychali. Changchi 
(otaliq) o’simligining novda kurtaklari urug’chi (onaliq) o’simligining kurtaklariga qaraganda 2-3 
barobar yirikroq, kumushsimon-qo’ng’ir kalta boshoqlarga yig’ilgan va tangachalar bilan qoplangan 
bo’ladi. Gul kurtaklari tangachalar bilan qoplangan bo’lib, ular gul qismlarini bahorgi sovuqlardan 
ishonchli himoya qiladi, shuning uchun ham oblepixa har yili turli ob-havo injiqliklariga 
qaramasdan mo’l hosil beradi. [1]


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
386 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Oblepixa o’simligi tabiatda 3-4 yildan song hosilga kiradi. Bu o’simlik butasining hosildorligi 
3-8 kg atrofida bo'lishi kuzatiladi. Mevalari uzunligi 5-11 mm,diametric 3-8 mm, og’irligi 0,1-0,7 
gr bo'lib, qisqa meva bandi orqali kichik shingilchalar ko’rinishida novdalarda joylashadi. Oblepixa 
qimmatli polivitamin o’simlik bo’lib, uning mevalaridagi biologic faol moddalar va vitaminlar sifat 
va miqdoriy jihatdan inson organizmiga samarali ta'sir ko'rsatishi bo'yicha ko'pgina rezavor mevali 
o'simliklardan ustun turadi. Oblepixa mevasining eng muhim ko’rsatkichi-bu mevalaridagi oblepixa 
moyi hisoblanadi. [1] 
Oblepixa barglari, mevalari va ildiz bo’limi qimmat baxo biologic faol moddalarga ega bo’lib, 
bog’ va meditsina xodimlari va olimlarimizni o’zining noyobligi bilan e’tiborini tortib kelmoqda. 
J.I. Gatinning fikricha, oblepixa o’simligi qadimgi Gretsiyada paydo bo’lib, uning barglari va 
yosh novdalaridan uy hayvonlari - qora mol, yilqi, qoy va cho’chqalarni oziqlantirishda
foydalanilgan.
1927-yilda V.I. Ruchkin Krasnoyarskiy oblepixasini biokimyoviy tadqiq etdi va 100ml meva 
sharbatidan 91,5 gr suv, 3,36 gr qandlar, 2,5 gr olma va vino kislotasi, urug’larida 6,54 % suv, 
24,38% azotli birikmalar, 12,13% moy, 14,90% pentoza, 9,37% oshlovchi moddalar va 31,37% 
klechatka mavjudligini aniqladi. Bundan tashqari oblepixa mevasi vitaminlarga (ayniqsa C 
vitaminiga) boyligi ma’lum bo’ldi. [2] 
Oblepixa o’simligi Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida tabiiy holda uchramaydi. 
O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limining botanika bog’iga 1963-
yilda Toshkent botanika bog’idan uning novdasi olib kelinib intradukciya qilindi. Keyinchalik, 
1980-yilda Qirg’izistonnan (tikanli shakli), 1981-1983 yillari Oltoy o’lkasidan ko’chatlari olib 
kelinib ekila boshladi.
Q.A.Qo’snazarov, R.P.Xalmuratova va boshqalar (2010) yog’och tanali oblepixa Hippophae 
rhamnoides L.) o’simligining tarixi va ahamiyati haqidagi maqolasida oblepixa o’simligining 
tubdan ilmiy izlanish va Qoraqalpog’iston Respublikasida o’stirishning agrotexnikasini ishlab 
chiqish va uni xalq xo’jaligida keng turda foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi. [2] 

Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   435   436   437   438   439   440   441   442   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish