ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
129
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
chetda qolmay, eshitgan, o`qigan, ko`rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish
imkoniyatlariga ega bo`ladilar. O`zaro fikr almashish jarayoni hosil bo`ladi. Bolalarda bilim olishga
havas, qiziqish ortadi, o`zaro do`stona munosabatlar shakllanadi.
Interfaol ta’lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar orqali evristik (fikrlash, izlash,
topish) suhbat – dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali
kreativ – ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologialar yordamida amalga oshirish
metodlarini o`z ichiga oladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslarni o’tish uchun o’qituvchi, o’quvchi
ham puxta tayyorgarlik ko’rishlari kerak. Ya’ni bir mavzuda o’qituvchi ko’rgazmali qurol, rangli
rasmlar, tarqatmali qurollar(kartochkalar), kesma harflar, testlar, boshqotirmalar olib kelishi zarur.
Jumladan, kesma harflar bilan ishlash 1-sinfda kesma harflardan tovush va harf, bo’g’in, so’z
yozishda foydalansa, 2-3-IV-sinflarda ulardan so’zlarni to’g’ri yozishga bo’g’in ko’chirishda
foydalanadi. Lekin bu kesma harflar, bo’g’inlar, o’qituvchilardagina emas, balki o’quvchilarda ham
bo’lishi lozim. Ular mana shu harflar bilan 2,3 daqiqa ishlashi davomida 5 ta, 6 ta so’zni to’g’ri
yozilishini bilib oladilar.
Ona tilidan interfaol darslarda boshqotirma, rebuslardan foydalanilsa, ular o’quvchining
tafakkurini charxlaydi, o’ylashga fikr bildirishga o’rgatadi. Bular albatta oddiydan murakkabga
tomon borishi lozim.
Ona tilidan tashkil etiladigan interfaol o`yinlar o`quvchini izlanishga ijadiy faoliyat
ko`rsatishga o`rganilayotgan til hodisalarning mohiyatini aniqlab hukm va xulosalar chiqarishga
undaydi. Interfaol o`yinlar har bir o`quvchiga o`zini nomoyon etish, fikr-mulohazalarni himoya
qilish, topshiriqni shavq-u zavq bilan bajarish imkoniyatini beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanish
zarur bo`lgan ijodiy sifatlari tezkorlik, sergaklik, qat’iyatlilik, bilimdonlik, mustaqillik, ijodkorlik
kabilar ko`pincha ta'limiy o`yinlar orqali rivojlantiradi. Interfaol metodlar ta'lim tizimini, bilimlarni
o`zlashtirish va tez anglash uchun xizmat qiladi.
Shunday qilib, boshlang`ich sinflarda ona tili fanining samaradorligi o`qitish metodini
to`g`ri tanlash, ona tili fanining amaliy yo`nalishidan kelib chiqib, ta'lim jarayonida ko`proq
o`quvchini o`ylashga, fikrlashga undovchi o`quv topshiriqlarini ishga solish, o`quvchilarda bilish-
o`rganish ehtiyojini yuzaga keltiradigan dars shakllaridan foydalanish singarilar bilan bo`g`liq
o`quvchini ta'lim jarayonining sub'ektiga aylantirishda ta'limiy o`yinlar hal qiluvchi omillardan
sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Mirziyoyev Sh.M. „Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz.“2017[76,81-b]
2..O`zbek tilining imlo lug`ati.Toshkent, “O`qituvchi”, 2011-yil.[15,19,77,100-b]
3. G`afforova T. “Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, Toshkent,
“Tafakkur”, 2012-yil.[55,84-b]
Do'stlaringiz bilan baham: |