Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
128 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Ona tili o`qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. Chunki u nazariyaga asoslanib 
o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash, o`stirishning amaliy vazifalarini bajaradi. 
Ona tili o`qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, 
o`qish va yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni hisoblanadi. 
Ona tilidan ko`nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy tushunchalar 
sistemasini o`zlashtirish qonuniyatlarini o`rganadi, til o`rganishning eng qulay metod va usullarini 
izlaydi. 
Ona tili o`qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi: 
1.
Nimani o`qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang`ich sinf uchun dasturlar 
ishlab chiqadi, darslik va o`quv qo`llanmalarni yaratib beradi. Ularning samaradorligi va 
muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.
2.
Qanday o`qitish kerak? savoliga ta’lim berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar 
sistemasi, qo`llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, 
uning turlarini ishlab javob beradi. 
3.
Nega xuddi mana shunday o`qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali 
metodlarni o`rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi.
Biroq ta’lim amaliyotidagi barcha muamollarni interfaol usullar yordamida hal qilishga 
urinish, ularni muvaffaqiyat keltiruvchi sehrli tayoqcha deb qarash hollari ham uchraydi. 
Fikrimizcha, bu xato nuqtai-nazar bo’lib, birinchidan, u didaktik o’yin usullarining ta’limda zaruriy 
o’rinni topa olishga putur yetkazadi, ularning ijobiy jihatlarini xiralashtiradi, ikkinchidan, an’anaviy 
texnologiyaning yillar davomida sayqallanib ulgurgan samarali shakllarini chetga surib qo’yadi. 
Doimo muvaffaqiyat keltiradigan universal o’qitish metodi yo’q, modomiki shunday ekan, 
an’anaviy o’qitish texnologiyasidan butunlay voz kechish haqida emas, uning yaxshi jihatlarini 
saqlab qolgan holda, interfaol usullarni joriy etish haqida o’ylansa to’g’ri bo’ladi. 
O’quvchilarning o’zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, mustaqil fikrlash, 
bahs-munozara yuritish munosabat bildirish ko’nikmasini shakllantirishi, ya’ni interfaol 
tushunchasini yuzaga keltirishi kerak. Bu usulda o’quvchi o’zi faol ishtirok etgan holda, yakka 
juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, 
yozadi, so’zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo’yilgan masalani yaratib berishga harakat 
qiladi. Bu esa o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi.
Yangi mavzuni o’zlashtirishda tanqidiy, tashkiliy yondosha oladi. O’qituvchi faqat 
ko’rsatuvchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi, xolos.
Ona tili o’qitishda interfaol dars usuli yuqori samara bermoqda. Bu usul o’z ichiga bir 
qancha metodlarni oladi. Masalan: guruhlar bilan ishlash, test, og’zaki bayon, mustaqil yoki amaliy 
ish, lug’at bilan ishlash, diktant bellashuv, musobaqa, sayohat, krossvordlarni tuzish va yozish 
savol-javob va boshqotirmalar, hamda boshqalar.
Interfaol metod – ta’lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirish 
orqali ularning o`zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o`zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni 
rivojlanishiga xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo`llash dars sifati va samaradorligini oshirishga 
yordam beradi. Uning asosiy mezonlari– norasmiy bahs– munozaralar o`tkazish, o`quv materialini 
erkin bayon etish, mustaqil o`qish,o`rganish, seminarlar o`tkazish, o`quvchilarni tashabbus 
ko`rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo`lib ishlash 
uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat. 
Interfaollik, bu – o`zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bundan o`quv- biluv jarayoni o`zaro 
suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o`qituvchi – o`quvchilarning o `zaro 
muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik – o`zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o`quvchi – 
o`qituvchi, o`quvchi – o`quvchi (sub’yekti –sub’yekti) suhbatlarida sodir bo`ladi. Interfaol 
metodlarning bosh maqsadi - o`quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali 
o`quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarni ishga 
solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o`quvchi 



Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish