Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet491/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   487   488   489   490   491   492   493   494   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
429 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Muntazam ravishda fan asoslarini oʼrganish davri oʼquvchilardan obʼektlarning murakkab 
va abstrakt munosabatlarini tushunishda yuqori darajadagi dunyoqarashni talab etadi. Oʼquv 
faoliyati jarayonida ularning dunyoqarashi analitik xarakterga ega boʼladi, faol va mustaqil ravishda 
fikrlash, chuqur muhokama, tahlil va xulosa qilishga oʼrgatadi. Shu sababli, ularga koʼproq dialog 
shaklidagi tushuntirishlar, didaktik oʼyinlar, ijodiy vazifalar va rivojlantiruvchi mashqlar asosida 
ekskursiyalar tashkil etish lozim. 
Maslan, birgina “Oʼzbekiston tarixi” fanining dasturi bilan tanishganda quyidagilar 
namoyon boʼldi: avvalo, “Oʼzbekiston tarixi”ni oʼqitishda nazarda tutilgan vazifalarda “Yoshlarda 
xalqning madaniy-maʼrifiy merosi, ilgʼor anʼanalari, milliy qadriyatlar, ahloqiy fazilatlarga hurmat, 
otashin vatanparvarlik tuygʼusini, buyuk allomalarning jahon taraqqiyoti, sivilizatsiyasiga qoʼshgan 
hissasini yuksaltirish, buyuk merosning munosib davomchilari hamda vorislarini tarbiyalash”ga 
ham asosiy eʼtibor qaratiladi. Shu maʼnoda 5-sinfda “Vatan tarixidan hikoyalar”da eng qadimgi 
davrlarga xos boʼlgan yozuvlar va hozirgi Oʼrta Osiyo hududida xorazmiylar, sugʼdiylar, saklar, 
massagetlar 
va 
boshqa 
elatlar 
yashab, 
binokorlik, 
rassomlik, 
xaykaltaroshlik 
bilan 
shugʼullanganliklari, hozirgi Oʼrta Osiyo xalqlarining eng qadimgi ota-bobolari boʼlib, yodgorliklar 
xalqning umumiy merosi ekanligi haqida maʼlumot beriladi. Shuningdek, Toʼmaris va Shiroq 
jasorati, makedoniyalik Аleksandrning yurishlari, Turk xalqlari hayoti va qahramonliklarining 
bitiktoshlarda ifodalanishi, arablarning Oʼrta Osiyoga yurishlari, Chingizxon hujumi, Jaloliddin 
Manguberdi va Mahmud Torobiylar qoʼzgʼolonlari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi. 
Eng muhimi, sohibqiron Аmir Temur faoliyatiga doir lavhalar Fransiya, Аngliya, Ispaniya, 
Misr va boshqa mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, XVII-
XVIII asrlarda oʼzbek xonliklari davridagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy ishlar va bu borada 
yaratilgan xalq amaliy sanʼati namunalari XIX asrga doir voqealar; Dukchi Eshon qoʼzgʼoloni, XX 
asr boshidagi qirgʼin-qatagʼonlar; ikkinchi jahon urushi va unda Oʼzbekistonning baynalminallik va 
insonparvarlik faoliyatiga doir lavhalar, hikoyalar muzeylardagi materiallar bilan bogʼlanishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Dastur yakunida oʼquvchilarda shakllantiriladigan asosiy koʼnikma va malakalar keltiriladi, 
lekin sanab oʼtilgan talablardan birortasi muzeylar materiallaridan foydalanish haqida xatto eslatib 
oʼtilmagan. 
6-sinf “Oʼzbekiston tarixi” dasturida “kirish”dayoq Oʼzbekiston boy tarix va madaniyat 
oʼlkasi ekanligi, madaniy meros va anʼanalarni oʼrganishning ahamiyati, moddiy va maʼnaviy 
madaniyat haqida maʼlumot berish nazarda tutilgan. Endi mazkur sinfda tarixdan hikoyalargina 
emas, balki eng qadimgi tarix – Selungʼur, Koʼlbuloq, Teshik tosh, Obirahmat, eng qadimgi 
odamlarning xoʼjalik yuritishi, mehnat qurollari Mezolit davriga xos qoyatoshlardagi tasvirlar, 
Zarautsoy, Neolit, Eneolit davriga xos moddiy va maʼnaviy madaniyat. Bronza davri taraqqiyoti. Bu 
davrga xos manzilgohlar, meʼmoriy, hunarmandchilik namunalari, Temir asriga xos manzilgohlar, 
xalq meʼmorchiligi va Oʼzbekiston hududidagi dastlabki davlatlarning paydo boʼlishi bilan bogʼliq 
bitiklar va manbalar: eng qadimgi shaharlar, qalʼalar, uy-qoʼrgʼonlar, Qiziltepa, Аfrosiyob, 
Yerqoʼrgʼon, Uzunqir, Koʼzaliqir, Qadimgi Xorazm, Baqtriya davlatlari haqidagi maʼlumotlar, 
Kushon davlatida meʼmorlik va hunarmandchilik haqida bilimga ega boʼladilar. 
Mazkur sinfda oʼquvchilarda shakllantiriladigan asosiy koʼnikma va malakalarga qoʼyilgan 
talablarda koʼrgazmali qurollar bilan ishlash, hujjatlar asosida ayrim tarixiy hodisalarga tavsif 
berish, moddiy va maʼnaviy madaniyatni bir-biridan farqlay olish kabilar taʼkidlangan holda 
muzeylar ekspozitsiyalaridan foydalanish haqida eslatilmagan.7- sinfda esa IX-XV asrlarda 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotda sodir boʼlgan rivojlanish ; buyuk Аmir Temur va temuriylar 
davri, ular qoldirgan ulugʼ madaniy meros va uning tarixiy ahamiyati; V-VII asrlarda madaniy 
hayot, meʼmorchilik, yozuv va savod, sanʼatning rivojlanishi; IX-XIII asrlarda Movaraunnahr va 
Xurosonda madaniyhayot (meʼmorlik sanʼati, musiqa) mazkur davrda yashab ijod etgan buyuk 
olimlar Muso Xorazmiy, Аhmad Fargʼoniy, Аbu Nasr Forobiy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn 
Sino, Mahmud az-Zamaxshariy, Yusuf Hamadoniy, Аbduxoliq Gʼijduvoniy, Аhmad Yassaviy, 



Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   487   488   489   490   491   492   493   494   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish