Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet490/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

Keyword:
мuseum pedagogy, historical classes, мuseum communication, exposition, мuseum 
audience, information support, мuseum topics. 
Tarixiy xotira – har bir xalq, millat oʼzining zamon va makondagi oʼrnini, nasl-nasabini, 
oʼzligini anglashi, oʼzining haqiqiy tarixini, maʼnaviyat va madaniyati jihatdan tutgan oʼrnini, uning 
rivojiga qoʼshgan hissasini, oʼzining milliy iftixorini, gʼururini mustaqil va xolisona anglab 
olishidir. Ulugʼ alloma va mutufakkirlar ijodi va faoliyatlarini yoritish, ularni yanada taʼsirchan, 
esda qolarli darajada aks ettirib berishni muzeylar oʼz oldiga vazifa qilib qoʼyadi. Muzeylar 
faoliyatida ana shu boy maʼnaviy va moddiy boyliklar, madaniy yodgorliklar namoyishi va ilmiy 
tahlili asosiy oʼrinni egallaydi. Muzeyda namoyish qilinayotgan har bir eksponat, xoh u 
qimmatbaho metal yoki toshlardan ishlangan boʼlsin, xoh Аmaliy sanʼatning yorqin namunasi 
boʼlsin, yoki maʼnaviy merosning betakror yorqin qirralari boʼlsin, u shu xalqning oʼtmish hayoti, 
tafakkuri, isteʼdodi, iqtidoridan darak beradi. 
Muzeylar tarixiy xotirani jonlashtirish omili boʼlib xizmat qilar ekan, unda namoyish 
etilayotgan materiallar ashyoviy dalil sifatida oʼz davriga xos xususiyatlarni aks ettirganligi bilan, 
oʼsha davr madaniyati, sanʼatidan beradigan xabari bilan juda qimmatlidir. Ular xalqning yuksak 
rivojlangan madaniyati, adabiyoti, sanʼati hamda maʼnaviy dunyoqarashiga asoslangan xususiyatlari 
bilan tomoshabin eʼtiborini qozonadi. Unda bevosita shu buyumlarda aks etgan joziba, sehr, 
geometrik aniqlik, kimyoviy barkamollik, qurilish-arxitektura inshootlarining oʼta aniq va pishiq 
loyihalariga nisbatan inson aqlini lol qoldiradigan bir taʼsirini uygʼotadiki, bu uning beixtiyor 
faxrlanish, qoyil qolish va undan oʼrnak olib yangi sanʼat asarlarini yaratish sari ilhom uygʼotadi. 
Muzeylarning ommaviy-gʼoyaviy, taʼlimiy ishi kommunikatsiyasining muhim elementini 
tashkil qilgan holda, kamolotga yetgan, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga, uni gʼoyaviy, 
ahloqiy, estetik tarbiyalashga, bilimdonligini, axborotliligini chuqurlashtirishga yoʼnaltirilgan. 
Muzeyda yosh tashrifchilar koʼproq erkinlik va mustaqillikni xush koʼradi. Ularga qoʼl bilan 
ushlab koʼrish va eksponat bilan muloqotga aynan eksponat nusxalari, maketlari yoki mulyajlari 
oʼquvchilar uchun hech narsaga tenglashmaydigan oʼquv materiali hisoblanadi. Shuning uchun xam 
koʼplab muzeylar oʼz zallarida bolalar uchun eksponatlarning nusxalarini yasab, ularga 
predmetlarni vazni, razmeri, shakli, ishlatish usulini sinab koʼrishga imkon yaratadi. Yoki boʼlmasa 
tarixiy shaxslarning kiyimini kiyib koʼrish, yoki zodagon ayolning taqinchoklarini taqib koʼrish, 
kulolchilik charxida V asrdagi koʼzalarini yasab koʼrish oʼquvchida katta taassurot uygʼotadi. 
Hozirgi kunda koʼplab xorijiy muzeylar teatrlashtirilgan sahnalardan foydalanmoqdalar. Bu 
ayniqsa tarix va texnika muzeylarida samarali natija beradi. Bu namoyishlar bir guruh muzey 
xodimlarining maʼlum bir davrni oʼzida aks ettiruvchi qahramonlar obraziga kirishi yoki boʼlmasa 
ekskursovodlarning mavzu boʼyicha libos kiyishi bilan namoyon boʼladi. Bu sahnalar bolalarni 
oʼziga jalb qilish bilan birga, aynan shu mavzuga katta qiziqish uygʼotadi. Tarixga ixtisoslashgan 
muzeylarni turli loyihalar bilan ishlash imkoni juda keng. Umuman olganda hozirgi zamonaviy 
muzeylar bolalar bilan ishlashning turli usullarini ishlab chiqmoqdalar. Ularning soni va masshtabi 
juda keng boʼlib, xar bir muzey oʼzining xususiyati va faoliyatining mazmun mohiyatidan kelib 
chiqqan holda ish tutishi lozim. Barcha yangi yoʼnalishdagi loyihalar va usullar bolalarni muzeyga 
nisbatan boʼlgan qiziqishini orttiradi va dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Muzey predmeti tomoshabinlarda qiziqish emotsiyasini, zavqlanish, u haqida yanada koʼproq 
maʼlumot olishga hohishni orttiradi. Аgarda eksponat mashgʼulot vaqti foydalanilsa va bolalar uni 
ushlab koʼrib, his qilish imkoniga ega boʼlsalar, ularning tushunishlari osonroq boʼladi va 
muzeyning tomoshabinlari ortadi. Eksponatlar bolaning emotsional muhiti, intelekti, tafakkuri, 
nutqining rivojlanishi uchun turli mashgʼulotlarda qoʼllaniladi.



Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish