Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

Ключевые слова:
начальное образование, качество, инновационный подход, 
передовые педагогические технологии, студенты, преподаватель. 
Annatation:
The content of the innovative approach to improving the quality of primary 
education is highlighted. The positive effects of using advanced pedagogical technologies in 
primary education are described. 
 Key words:
primary education, quality, innovative approach, advanced pedagogical 
technologies, students, teacher. 
 
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ta’lim sifatini oshirish, 
ta’limda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga yo‘naltirilgan ko‘plab innovatsiyalar 
yaratilmoqda va amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur innovatsiyalarning samaradorligi ko‘p jihatdan 
ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan innovatsion faoliyatning to‘g‘ri tashkil etilganligiga 
bog‘liqdir. Ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot 
texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib 
bormoqda, bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalarda 
esa, ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, 
xatto xulosalarni o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi[1,54].Pedagog bu jarayonga shaxsning 
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda 
boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf 


 ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
39 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
o‘quvchilarni asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun zamonaviy o‘qitish metodlari – interfaol 
metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Bunda pedagogik 
texnologiya va pedagogik mahoratga oid bilim, tajriba va interfaol metodlar boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.O‘qitish jarayonida 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda 
zamonaviy metodlarni qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, bilim olishga 
qiziqishlarini kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotda o‘quv jarayonida innovatsion va 
axborot texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. O‘qitishning faol usullari boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarni o‘quv faoliyatiga jalb etishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Mashg‘ulot 
davomida pedagog tomonidan hal etilayotgan didaktik vazifalardan kelib chiqib, pedagog faol 
usullarni vositasida ta’limni tashkil etishning turli shakllarini qo‘llashi mumkin. Pedagogik 
texnologiya o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha yondashuv (innovatsiya)dan iborat bo‘lib, o‘yin 
usullarini ta’lim tizimi, dars jarayonida tatbiq etilishi muhim va samarali natija beradi. Yangi 
pedagogik texnologiyalarni boshlang‘ich ta’lim tizimiga kiritish, tatbiq etish, qiziqarli usullardan 
foydalanish, o‘zining samarasini bermokda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar hozirgi kunda 
boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv jarayonining zaruriy va asosiy komponentiga aylanib bormoqda. 
Chunki pedagogik texnologiya o‘qitishga o‘ziga xos yangicha yondashuvdan iborat bo‘lib, o‘yin 
yangicha, ilg‘or, shu bilan birga samarador usullarini ta’lim tizimiga dars jarayonida tatbiq etilishi 
muhim ahamiyat kasb etadi[3,65]. 
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish zarurati 
interaktiv usullarning samaradorligini, kerakli bilim va ko‘nikmalar egallashda ahamiyatli ekanini 
dalillamokda. Boshlang‘ich ta’limni motivlash o‘quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. U tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushoxada qilishga, nutqning rivojlanishiga, u yoki 
bu vazifani bajarishga qiziqish uyg‘otadi. O‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini faollashtirish, 
ularning yangi materialni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga erishishni 
ta’minlovchi o‘z nutqini o‘zaro muloqotlar orqali rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga 
olgan holda o‘qituvchi va o‘quvchilar guruhi (o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi) faoliyat 
ko‘rsatishlari zarurligi ma’lum[2,60].Chunki guruhdagi faoliyatlar o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. O‘zaro muloqot o‘quvchilarda fikr almashish va so‘zlashuv malakasini shakllantirishga 
imkon yaratadi. 
O‘quvchilar shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy rivojlanishni va nutqiy muloqotni 
amalga oshirishda interfaol o‘yinlarning ahamiyati katta. Ma’lumki, rolli o‘yinlar obektiv olamdagi 
inson amaliy faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan o‘yinlar o‘quvchilar nutqini faollashtiradi va 
motivlashtiradi. O‘yin o‘quvchilarning tabiiy va sevimli faoliyatidir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya 
berish, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishda mashg‘ulotlarni yosh 
xususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida uyushtirishga e’tibor berilmokda. Haqiqatan ham, bola har 
qanday mashg‘ulotga qaraganda, o‘yinga tez intiladi va qiziqadi. O‘qituvchi doimo o‘z ustida 
tinmay ishlashi, pedagogikaga oid adabiyotlar bilan doimo tanishib turishi va ayniqsa, 
qadriyatlarimizni o‘rganishi, o‘zligimizni tanishimizga, qadimiy madaniyatimizni bilishga ehtiyoj 
katta bo‘lmoqda[4,67].
O‘qituvchi quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi lozim:maktab o‘qituvchisi o‘quvchiga ota–ona 
ko‘zi bilan qaramog‘i, unga nisbatan mehr – muhabbat bilan munosabatda bo‘lmog‘i, insonparvar 
bo‘lmog‘i; Bolalarning kelajagiga ishonch bilan qarashi; Tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi, 
jamoani jipslashtira olishi, doimiy nazorat qilmog‘i, boshlangan ishni nihoyasiga etkazishi; 
O‘quvchilar ichiga kirib keta olishi, ularning psixologik xususiyatlarini chuqur bilishi;O‘zini tuta 
bilishi, jamoa o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lishi;O‘z fanini chuqur bilishi, dunyoqarashi keng 
bo‘lishi;Diqqatni bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;O‘quvchilar o‘rtasida obro‘ qozonishi, ularga 
shaxsiy o‘rnak bo‘lishi; Nutqiy madaniyatga, muloqot madaniyatga, kiyinish madaniyatiga rioya 
qilishi lozim. 



Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish