ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
365
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
ularni talaffuz qilish ko’nikmasini rivojlantirishi mumkin, lekin o’quvchini qiziqtira olmasligi
mumkin. Qo’shiqlar o’zining tabiiy ohangiga ega bo’lib, bunday namunadagi qoshiqlar va ularning
ritm, ohanglarini amalda qo’llashda foydali ekanligini isbotlab beradi. Masalan ‘In my room’
qo’shiqi yosh bolalarga ritm va ohangni o’rgatishda juda samarali bo’lishi mumkin. Bunda ‘room’,
‘bed’ so’zlarining takrorlanib kelishi ritm hosil qilishda yordam beradi. Masalan:
In my room I jump and sleep.
In my room In my room-My teddy bear,
I’ve got my bed, All my toys,
And on my bed My favourite chair.
Shunday qilib alohida, juftlikdagi so’zlarning talaffuzini mashq qilgandan ko’ra bolalarning
yoshiga mos qo’shiqlardan foydalanish ularning talaffuzini yaxshilashga yordam berishi bilan birga
ular uchun qiziqarli hamdir.
Qo’shiqlar o’quvchilarning so’z boyligini o’stirishda muhim vosita hisoblanadi. Biz
bilamizki chet tilida yangi so’zlar mavzulashtirib tanishtiriladi. Masalan
Head, Shoulders, Knees
and Toes
, qo’shig’i inson tana a’zolarini o’rgatishga xizmat qilsa,
I Can Sing a Rainbow
qo’shig’i
esa ranglarni inglizcha variantini o’zlashtirishga yordam beradi.
‘Head, shoulders, knees and toes’ qo’shig’i:
Head, shoulders, knees and toes,
Knees and toes. (3 times)
‘I can sing a rainbow’ qo’shig’i:
Red and yellow and pink and green
Purple and orange and blue
I can sing a rainbow.
Sing a rainbow
Sing a rainbow too.
Bolalarga mo’ljallangan qo’shiqlardagi so’zlar ko’p hollarda bir bo’g’inli bo’ladi. Bu
so’zlarning takrorlanishi bolaning so’z boyligini yaxshilashga olib keladi va bunday so’zlarni
takrorlash qiyinchilik tug’dirmaydi.
Oqituchi uchun o’quvchilariga mos qo’shiq topish va tanlash har doim ham oson
kechmaydi. Lekin shunga qaramasdan har bir o’qituvchi izlanishi, o’z ustida ishlashi, o’qitish
uslublarini yangilab borishi zarurdir.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, yosh bolalarga boshqa tilni o’rgatish qator muammolarni
keltirib chiqarishi mumkin va bunday muammolarga yo’l qo’ymaslik uchun quyidagi tamoyillarni
inobatga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi:
-kichik yoshdagi bolalar uchun beriladigan topshiriqlar imkoni boricha oddiy bo’lishi
-ko’rsatmalar aniq va tushunarli bayon qilinishi, bolalardan nima kutilayotganini ular
tushunishi
- og’zaki mashqlarga alohida e’tibor qaratilishi
-yangi kiritilgan til qurilmasini qayta qayta takrorlash orqali bolalarga uni takrorlash va
o’rganish imkoniyatini yaratish
-bajariladigan mashqlar harakatli o’yinlarga asoslanishi
-ko’plab rang barang ko’rgazmali vositalardan foydalanilishi
-imkon darajada qo’l va yuz harakatlari, mimikalardan foydalanish samarali natijaga olib
keladi. (1,63)
Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, chet tilini o’rgatishda qo’shiqlardan foydalanishning
eng asosiy omillaridan biri, avvalo qo’shiqlar bolalar uchun quvonch, xushchaqchaqlik baxsh etadi.
Ikkinchidan rasmiy vaziyatdan ko’ra bolalar xotirjam, erkin muhitni afzal ko’rishadi. Aynan
qo’shiqlar orqali o’qitish ularga shunday muhitni yaratib beradi.
Shunday qilib, kichik yoshdagi bolalarga chet tilini o’rgatish eng ma’suliyatli vazifalardan
biri bo’lishiga qaramasdan, katta sa’y-harakat talab qiladigan va taqdirlanadigan vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |