ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
16
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
8. O‘qituvchi o‘quvchilarning uy vazifalarini bajarish jarayonida tug‘ilgan savollariga javob
berib boradi.
9. O‘qituvchi tegishli sinf o‘quvchilari tomonidan yuborilgan uy vazifalarini tekshiradi va
ularni baholab boradi.
10. O‘qituvchi uy vazifalarni tekshirishni televizion darslarning efirga uzatish vaqtini
inobatga olgan holda amalga oshiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zarur ko‘nikmalarni shakllantirish, boshlang‘ich ta’lim
sifat-samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qitishning zamonaviy usul va vositalarni
amaliyotga joriy etish natijasida: bolaning o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatini bugungi kunda eng
zarur bo‘lgan o‘qish savodxonligi, turli ma’lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish
va ularni kundalik hayotda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada
o‘zini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta’limiy faoliyatni
tashkil etish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.
Televizion darslar karantin davrida o‘quvchilarning fanlardan mustaqil ta’lim olishlari, ota-
onalar uchun mavzu yuzasidan topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishlarida farzandlariga to‘g‘ri maslahat
berishlari uchun eng qulay shaklidir. Televizion darslarda o‘qituvchilar tomonidan o‘quv
materialini tushuntirishda ilg‘or pedagogik metodlardan, multimedia vositalaridan, ko‘rgazma, rasm
va chizmalardan foydalanishlari o‘quvchilarni mavzuga qiziqtiradi va shu o‘quv materialni
chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi.
Onlayn darslarning o‘quvchilar uchun afzalligi nimada?
:
O‘quv materialllarni mustaqil
o‘zlashtirishga o‘rganadi. Telenamoyishni diqqat bilan kuzatadi. O‘qituvchining mavzu yuzasidan
bergan savollariga erkin javob beradi, chunki dars jarayonida o‘quvchi o‘qituvchining hamma
savoliga javob berishini imkoni yo‘q. O‘qishga bo‘lgan qiziqishi, o‘ziga ishonchi ortadi. Efir
vaqtida darsni biron sababdan ko‘rolmasa, maxsus ijtimoiy tarmoq orqali shu darsni ko‘rishi,
tushunmagan o‘rnini qayta ko‘rishi mumkin. Mavzu yuzasidan vazifalarni bajarishda qiynalmaydi.
Qiynalgan o‘rinlarini ota-onasidan yoki o‘qituvchisidan, tengdoshlaridan so‘rashi mumkin.
Mustaqil, erkin fikrlashga o‘rganadi. Keyingi bosqichda bilim olishga ishtiyoqi kuchayadi. Kattalar
va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlari yaxshilanadi.
Ota-onalar uchun televizion darslarning afzalligi: ota-onalarning farzandlariga fan yuzasidan
vazifalarni bajarishlarida yordam berishlari uchun metodik tavsiya vazifasini o‘taydi, ularning
o‘zlashtirishlarini yaxshilash borasida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Televizion
darslar orqali ota-onalar yoshlikda olgan bilimlarini qayta yodga oladilar, vaqt oralig‘idagi ta’lim
mazmunini, ta’lim berishga qo‘yilgan talablarni taqqoslaydilar. O‘qituvchilarning faoliyatini tahlil
qiladilar va baholaydilar.
O‘qituvchilar uchun televizion darslar muntazam o‘z ustida ishlashlariga imkon yaratadi.
Darsga har doim tayyor bo‘ladilar. Darslarni innovatsion texnologiyalari asosida tashkil qiladilar.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi oshirish uchun mustaqil ish topshiriqlar tizimini ishlab
chiqishga undaydi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bilan bo‘shliqlarni to‘ldirishda yordam beradi.
O‘qituvchining ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash imkonini yaratadi.
Ta’limning an’anaviy va innovatsion shakllarini uyg‘unlashtirgan holda onlayndars
jarayonini oqilona tashkil qilish o‘quvchilarning mustaqil ravishda tahlil qilish orqali bilimlarni
o‘zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |