Boyliklarni taqsimlashning ushbu nihoyatda oddiy chizmasi fandagi haqiqiy olg’a siljish bo’ldi. Avvalo u fiziokratlarning chizmasidan ancha aniqroqdir, ularning chizmalariga ko’ra moddiy mahsulotlar ayrim shaxslar o’rtasida emas, balki sinflar o’rtasida muomalada bo’ladi. J.B. Seyning mazkur oddiy chizmasida kapitalistning taqdirlanishini korxona egasining taqdirlanishidan osonlikcha ajratish mumkin, A. Smitda bular aralash holda edi. Tadbirkor ko’p hollarda kapitalist bo’lganligi bahonasida shotlandiyalik iqtisodchi deyarli barcha ingliz mualliflarining ibrati bo’yicha ana shu ikki xil taqdirlashni aralashtirib yuborgan va «foyda» so’zi bilan uning butun taqdirlanishini belgilagan, uning o’z kapitali yuzasidan oladigan foizini so’zning tom ma’nosidagi foydadan farqlay olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |