Institutsional yo’nalish. Mazkur yo’nalish namoyandalari siyosat, mafkura, huquq va psixologiyani mehnatga joriy qilish va ishga tushirishining iqtisodiy shart-sharoitlari va qonunlariga nisbatan hal qiluvchi omillar deb qaraydilar. Bu mualliflar makroi qtisodiy tahlildan chetlashadilar, mehnat bozori tabiatining ayrim tarmoqlarini, professional va demografik guruhlar dinamikasining xususiyatlari bilan izohlashga urinadilar. Xususan, Adam, Shreder, Leyn yangi klassiklarning qarashlarini rad etib, to’liq ish bilan bandlikni mehnat qilishni xohlaydigan har qanday kishi ish topishi, shu jumladan, to’liq ish kuniga ish topishi mumkin bo’lgan holat deb ta’riflaydilar. Adam, o’z navbatida sotsializmdagi «ortiq darajada ish bilan bandlik» yoki «yashirin ishsizlik» oqibatidagi talafotlarni g’arb mamlakatlaridagi ishsizlik oqibatidagi talafotlar bilan taqqoslab, «haddan ortiq ish bilan bandlik» yoki maqbul darajada saqlanar ekan, o’rinli hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Ma’naviy va ruhiy jihatdan og’ir yuk hisoblanadigan ishsizlik iqtisodiy jihatdan qanday yuk ekanligini gapirmasa ham bo’ladi, u jamiyatda qimmatga, ehtimol, hatto to’liq ish bilan bandlikni tiklash va saqlashdan ham qimmatroqqa tushadi.
Fleksibillash kontseptsiyalari axborotlashtirish va kompyuterlash-tirish bilan bog’liq bo’lgan texnologiya, texnika, ishlab chiqarishdagi tub o’zgarishlar davridagi boshqaruv innovatsiyasi sifatida yuzaga kelgan. Ushbu kontseptsiyalar mehnatni tashkil etish shakllari xilma-xilligining doimiy oshib borishi, ish vaqti moslashuvchan jadvallari va ishga yollashning yangi tizimlari (vaqtinchalik o’zganing o’rnida ishlash, bir qancha funktsiyani bajarish) yoyilishini nazarda tutadi. Moslashuvchan tarzda ish bilan band etish siyosatining tabiati ko’p jihatdan uning qo’shimcha ishchi kuchining muntazam ravishda jalb etishga zo’r berish yoki asosan, mehnat jamoasi doimiy o’zagining kasbiy harakatchanligini rivojlantirishga qarshi qaratilishi bilan belgilanadi. Birinchi holda gap ish bilan band etishni eksternlash (ya’ni, miqdoriy moslashuvchanlik), ikkinchi holda esa internlash (ya’ni, funktsional moslashuvchanlik) to’g’risida borishini ifodalaydi.
Shunday qilib, ishsizlikni yalpi talab etishmasligi oqibatida noilojdan ro’y beradigan hodisa deb tasavvur qilish (Keyns) va mehnat taklifining ish haqi darajasiga bog’liqligi, ish haqi oshirilmasligi inflyatsiyani pasaytirishi hamda ishlab chiqarish sharoiti va ish bilan bandlikka ijobiy ta’sir etishi to’g’risidagi tasavvurdan iborat ikki qarama-qarshi tendentsiya ish bilan bandlik nazariyasida hamon mavjud. Ish bilan bandlik ba’zi kontseptsiyalarining yuqorida keltirilgan qisqacha sharhi g’arb mamlakatlarida ish bilan bandlik munosabatlarini tartibga solish borasida to’plangan tajriba to’g’risida va ushbu tajribani O’zbekistonda qo’llanish mumkinligi haqida tasavvur beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |