SHartnomaviy ish bilan bandlik nazariyasi 70-yillarning o’rtasida paydo bo’ldi. Deyarli bir vaqtda ushbu nazariyani D. Gordon, M. Beyli va K. Azariadislar oldinga surdilar. Mehnat bozoridagi subyektlarning tsiklli xatti-harakatini ushbu subyektlar o’z iqtisodiy manfaatlari yo’lida harakat qiladilar degan fundamental aksioma bilan kelishtirishga urinish shartnomaviy nazariyaning boshlang’ich negizini tashkil etadi. Ushbu nazariya mualliflarining nuqtai nazaridan qaraganda, munosabatlarning shartnomaviy tabiatga ega ekanligi mehnat bozoridagi subyektlarni, hatto ular yozma shartnoma tuzmagan taqdirlarida ham o’zaro bog’laydi. SHunchaki ushbu holda shartnoma «implitsitli» bo’lib qoladi, ya’ni ochiq-oydin, yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan bo’lmaydi, shunday bo’lsa-da, uning shartlariga tomonlar rioya etishga intiladilar, chunki bu o’zaro manfaatdorlikka olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |