1.2. «Korxona iqtisodiyoti» - iqtisodiy fanning tarkibiy qismi va
bilimlar sohasi
Fan tadqiqotlar faoliyati sohasi bo’lib, asosiy maqsad tabiat, jamiyat va fikrlash
to’g’risida yangi bilimlarni ishlab chiqishga yo’naltiriladi. «Iqtisodiyot» fani umumiy
fanlarning tarkibiy qismi bo’lib, uning o’rni va ahamiyati to’g’risida avvalgi bo’limda
qisqacha to’xtalib o’tildi. Fan yordamisiz, atrofimizni o’rab turgan dunyo
to’g’risidagi bilimlar tizimini yaratmasdan jamiyat taraqqiyotiga erishish mumkin
emas. Ilmiy o’rganish voqelikni oddiy hayotiy tarzda qabul qilishdan farqli ravishda,
hodisa va jarayonlarni chuqur anglash, o’zaro aloqalarini ochib berish, ularning
rivojlanish sabablari va kuchlarini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |