The economy of enterprise


XII BOB. KORXONANING TIJORAT SIRI VA IQTISODIY XAVFSIZLIGI



Download 4,77 Mb.
bet153/199
Sana30.12.2021
Hajmi4,77 Mb.
#197992
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   199
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

XII BOB. KORXONANING TIJORAT SIRI VA IQTISODIY XAVFSIZLIGI



12.1. Korxona xavfsizligini ta’minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Xavfsizlik bu murakkab va serqirra kategoriyadir. U asosan va ko’pincha ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi va ko’rib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi, piyoda xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi yoki zararsizligi kabi tushunchalarni uchratsakda, korxona xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo’q.

Mahsulotlarning zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg’oqchiligining diqqat markazida turib, korxona va mamlakat uchun ma’lum bir xavf tug’diradi. Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hozirgi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim bo’limlaridan biri hisoblanadi.

Korxona xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:


  • korxona va uning barcha bo’linmalari, mehnat jamoasining davlat tuzilmasi, xorijiy hamkorlar va raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda qonuniy huquqlarini himoya qilish;

  • korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish;

  • tashkiliy va ishlab chiqarish barqarorligiga erishish, butlovchi qismlar etkazib beruvchilarga yordamchi va hamkorlarga bir tomonlama qaram bo’lishga yo’l qo’ymaslik;

  • barcha tuzilmaviy bo’g’inlardagi xodimlar orasida mehnat intizomini mustahkamlash;

  • mehnat unumdorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash;

  • ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, samarali axborot bazasini rivojlantirish;

  • korxona obro’sini oshirish.

Ko’rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda korxona xavfsizligini ta’minlash vazifalari belgilanib, ular korxonaning ichki tartib-qoidalari va ish tartibida hamda maxsus ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda o’z aksini topishi mumkin. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Korxona ichida hamda tashqi tashkilotlar - hukumat idoralari, boshqaruv strukturasidagi qoidabuzarlik omillari, vakolatni oshirish hollari va hokazolarni aniqlash;

2. Korxonaning barqaror ishlashiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan xavf-xatar hamda bozor kon’yunkturasidagi noqulay o’zgarishlarni aniqlash va zarur choralarni qo’llash;

3. Bo’lajak hamkorlarni o’rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va baholash;

4. Iqtisodiy ayg’oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash;

5. Korxona sirlaridan xabardor bo’lgan malakali xodimlarni boshqa korxonalarga jalb qilishning oldini olish;

6. Nosog’lom raqobatchilikni engish;

7. Korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish;

8. Tijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish;

9. Mehnat jamoasi a’zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash;

10. Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari.

Ma’lumki, ko’rsatilgan maqsad va vazifalar o’z-o’zidan avtomatik ravishda hal qilinmaydi. Buning uchun, avvalo, o’z ishini yaxshi bilishdan tashqari mohir va yuqori malakaga ega bo’lgan hamda o’zlari ishlayotgan korxona uchun “jon kuydiruvchi”kadrlar zarur. Ularsiz muvaffaqiyatga deyarli erishib bo’lmaydi.




Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish