QIZIRIQ TUMANI
XALQ TA’LIMI
BO‘LIMI
|
|
THE DEPARTMENT OF PUBLIC EDUCATION OF KIZIRIK DISTRICT
|
Surxondaryo, Qiziriq tumani, Taraqqiyot ko‘chasi, 11-uy
Tel.: (+998) 76 359-10-40, faks: (+998) 76 359-15-70
web-site: wwwqiziriqxtb.zn.uz, e-mail: qiziriq_txtb@xtv.uz
|
11, Tarakkiyot street, Kizirik district, Surkhandarya
Phone: (+998) 76 359-10-40, fax: (+998) 76 359-15-70
web-site: wwwqiziriqxtb.zn.uz, e-mail: qiziriq_txtb@xtv.uz
|
2022-y. «___»______________
|
№_______________
|
«___»______________ 2022 g.
|
Viloyat IIB JXX HPB
boshlig‘i.A.Xudoyberdievga
QIZIRIQ TUMANI XALQ TA’LIMI BO‘LIMI TOMONIDAN SURXONDARYO VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASINING 2022-YIL 21-MAYDAGI 26/573-SONLI XATINING IJROSINI TA’MINLASH MAQSADIDA OLIB BORILGAN ISHLAR BO‘YICHA
AXBOROT
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining 2022-yil
21-maydagi 26/573-sonli xati hamda Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasining 2020-yil 14-maydagi 11/12-sonli xatiga asosan maktabda tahsil oluvchi barcha o‘quvchilar bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olish, ularning ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 7-, 8-, 9-, 11-, 18-, 29-, 35- va 46-sonli maktablarda “Yozgi kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchalari”ga, 5 ta tashabbus to‘garaklariga va xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan onlayn tanlovlarga jalb qilinmoqda.
O‘quvchilarning ota-onalari bilan sinf raxbarlari tomonidan profilaktik suhbatlar olib borilib, o‘zaro hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Suhbat jarayonida ota-onalarga farzandini qarovsiz (nazoratsiz) qoldirmasligi, yozgi ta’til davrida farzandlarini tungi vaqtlarda maqsadsiz yurmasliklari, yozgi ta’til davrida tashkil etiladigan onlayn to‘garaklarni o‘z vaqtida o‘zlashtirib borishi hamda huquqbuzarliklar sodir etmasligi, agarda huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47, 54-moddalariga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Qiziriq tumani Navro‘z mahallasi fuqarosi I.Rahimov bilan uning o‘g‘li Qiziriq tumani 22-sonli maktabning 7 sinf o‘quvchisi Xudoynazarov Otabek Ilhom o‘g‘lining viloyat Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida vaqtincha saqlanish sabablari, uning oqibatlari, bolaning yoshiga xos bo‘lgan psixofiziologik xususiyatlari, uning qobiliyatlari, qiziqishlari Bo‘yicha suhbat o‘tkazilib, Xudoynazarov Otabekning o‘z oilasiga va ta’limga ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari voyaga yetmagan mazkur bolaning otasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 3-avgust kunidagi 490-son Qarori 6-bandida “Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari”ga qabul qilingan voyaga yetmaganlarning oilalarini o‘rganish, oilasidagi manaviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustaxkamlash va milliy mentalitetga yod g‘oyalardan asrash borasidagi tadbirlar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi tushuntirildi.
Shu munosabat bilan, yuqorida ko‘rsatilganlarga asoslanib, tuman xalk ta’limi bo‘limi ishchi guruxi tomonidan joriy yilning 04-iyun kuni “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi” ga ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning nazoratisiz, qarovsiz yurganligi aniqlanib, olib kelingan voyaga yetmaganlarni ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan markazdan olib ketishda ijtimoiy huquqiy yordamga muhtoj 22-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi Xudoynazarov Otabek Ilhom o‘g‘lining kelgusida hayotga va ta’lim jarayoniga moslashuvini ta’minlash hamda voyaga yetmagan bolaning oilaviy sharoiti o‘rganilib, aniqlangan ijtimoiy muammolarining bartaraf etilishida amaliy yordam berildi.
Mudir o‘rinbosari A.Maxmudov
Ijrochi: B.Jovliev
Tel: 91-583-04-32
Do'stlaringiz bilan baham: |