Infuzoriya va sporalilar sinfi.
1.Tanasi kipriklar b-n qoplangan, kichik va katta yadroga ega bo’lgan hayvon?------- Infuzoriya.
2.Infuzoriya birinchi marta qayerdan topilgan?------ Pichan ivitmasidan.
3.Infuzoriya so’zining ma’nosi?------“Pichan ivitmasi hayvonlari”.
4.Tufelka qanday suvlarda hayot kechiradi?------- O’simlik qoldiqlari ko’p suvlarda.
5.Tufelka tanasining uzunligi?------ 0,1-0,3 mm
6.Tufelka shakli nimaga o’xshaydi?-----Poyabzalning ostki qismiga.
7.Tufelka tanasi nimalar b-n qoplangan?------ Kipriklar.
8.Tufelka nimalar b-n oziqlanadi?------ Bakteriyalar.
9.Og’iz teshigi qayerda joylashgan?------Tanasining yon tomonida uzun tarnovsimon chuqurchada.
10.Tufelkani og’zi qayerga ochiladi?------ Halqumga.
11.Tufelkaning oziq moddalari qayerda to’planadi?-----Halqumda.
12.Ozig’ining hazm bo’lmagan qismi qanday chiqariladi?------Keyingi tomonidagi teshikcha orqali.
13.Tufelkaning qisqaruvchi vokuali qayerda joylashgan?------ Tanasining oldingi va keyingi tomonida.
14.Tufelka tanasiga kislorod qanday kiradi?------Sitopolazmasiga suv orqali.
15.Tufelka yadrosi qanday shaklda?------Kattasi loviyasimon, kichigi yumaloq.
16.Tufelka jinssiz ko’payishidan oldin nima kuzatiladi?---- Yadro qopig’i erib, yadro moddasi teng taqsimlanadi.
17.Ko’payishdan hosil bo’lgan yosh infuzoriyalarda dastlab nechta yadro bo’ladi?-----Bitta.
18.Tufelkaning hujayra qopig’i ostida…joylashgan?-----Kuydiruvchi tayoqchasimon tanachalar.
19.Sporalilarning qancha turi bor?------ 4000
20.Bir hujayralilarning eng sodda tuzilgan vakili?-----Soxta oyoqalilar.
21.Sporalilarning qaysi organoidlari bo’lmaydi?------Harakatlanish, hazm qilish, ayirish.
22.Odamga bezgak parazitini nima yuqtiradi?------Bezgak chivini.
23.Bezgak paraziti qayerda ko’payadi?----- Qizil qon tanachalarida.
24.Nozema paraziti nimalarda parazitlik qiladi?----- Tut ipak qurti va asalarida.
25.Bir hujayralilarning qancha turi bor?-----40000
26.Eng murakkab tuzilgan bir hujayralilar?----- Infuzoriyalar.
27.Sporalilar nima ta’sirida soddalashgan?----- Parazitlikka moslashish tufayli.
28.Tufelka qanday harakatlanadi?----Kiprikchalarini tebratib, to’mtoq tomini bilan oldinga suzadi.
29.Tufelkani hazm qilish vakuoli halqumdan uzilib, qayerga tushadi?—Sitoplazmga
30.Tufelkaning tayoqchalari …..?---Yirtqich hayvon tanasiga sanchiladi va uni cho’chitib yuboradi.
31.Odamda qachon bezgak xuruj qiladi?--- Parazit qon plazmasiga chiqqanda.
Do'stlaringiz bilan baham: |