Dengiz bo’shliqchilari.
1.Gidra qishda nobud bo’ladi…..?----- Zigotasi saqlanib qoladi.
2.Zigotadan qachon yosh gidra chiqadi?----- Erta bahorda.
3.Dengizda yashovchi bo’shliqchililar?------Aktiniya, korall polip,meduzalar.
4.Aktiniyalarning qaysi belgilari gidraga o’xshaydi?----- Tanasi tuzilishi va shakli.
5.Aktiniyalar gidradan qanday farq qiladi?------Yirikligi (0,5m) va rangli bo’lishi.
6.Aktiniyalarning paypaslagichlari og’iz teshigi atrofida qanday tartibda joylashgan?------Bir necha qator.
7. Aktiniyalar o’z o’ljasini qanday tutadi?---Otiluvchi iplari bilan jarohatlab, paypaslagichlari yordamida og’ziga soladi.
8.Koloniya bo’lib yashovchi poliplarda…..o’zaro tutashgan bo’ladi?-----Ichki bo’shliqlari.
9.Har bir polipning tutgan ozig’i koloniya o’rtasida qanday taqsimlanadi?---Teng.
10.Koloniya bo’lib yashovchi poliplar nimalar b-n ozilanadi?-----Organik qoldiqlar va mikroorganizmlar.
11.Ko’pchilik koloniya bo’lib yashovchilar tanasida nima to’planadi?-----Ohak skeleti.
12. Qattiq skeletli, koloniya bo’lib, yashovchi bo’shliqchililar nima deb ataladi?---Korall poliplar.
13. Korall poliplar jinsiy ko’payganda tuxumidan nima chiqadi?---Lichinka.
14. Korall poliplarning lichinkasi qaysi hayvonnikiga lichinkasiga o’xshab suv tubiga yopishadi?---Aktiniyalar.
15.Koloniya hosil qiluvchi poliplar polip davrida qanday ko’payadi?------Gidra singari jinssiz kurtaklanish.
16.Korall poliplar zich joylashib nimalarni hosil qiladi?------Koral riflarni.
17.Korall riflari suv yuzasiga qarab o’sadi, tubida esa…..?------Halok bo’lgan ostki qismi ko’plab to’planib qoladi.
18.Eng yirik riflar qayerda uchraydi?------Tinch okeanining tropi qismida va Australiya qirg’oqlarida.
19.Qaysi riflarda zeb-ziynat buyumlari tayyorlanadi?-----Qizil korall riflardan.
20.Korall riflar qaysi hayvonlar u-n yashash makoni hisoblanadi?------Baliqlar va dengiz hayvonlari.
21.Riflar tarqalgan joylar nimaga aylantirilgan.?------Qo’riqxonalarga.
22.Meduzalar tanasi qanday moddadan iborat?-----Birmuncha tiniq shishasimon dildiroq.
23.Meduzalar shakli qanday?-----Soyabonsimon.
24.Meduzalarni paypaslagichlari qayerda joylashgan?----Soyaboni ostki tomoni markazida joylashgan og’iz teshigi atrofida va soyaboni chetida.
25.Meduzalarni tana devori necha qavat hujayradan iborat?----Ikki qavat.
26.Meduzalarnig og’iz teshigi qayerda joylashgan?-----Soyaboning ostki tomonining markazida.
27.Meduzalarning tanasining qaysi qismi kuchliroq rivojlangan?-----Oraliq qismi.
28.Meduzalar qanday harakatlanadi?----Reaktiv.
29. Meduzalarni reaktiv harakati qanday amalga oshadi?---Soyaboni qisqarganda uning ostidagi suv kuch bilan otilib chiqishi tufayli.
30.Meduzalar qaysi tomoni bilan suzadi?---Qavariq.
31.Meduzalar nimalar b-n oziqlanadi?------ Qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar, baliq chavoqlari.
32.Meduzalar o’z o’ljasini nima yordamida falajlaydi?-----Otuvchi ipchalar.
33.Meduzalar o’ljasini nima yordamida og’ziga soladi?---Yirik paypaslagichlar.
34.Qutb va ildizog’iz meduzasi qayerlarda uchraydi?-----Shimoliy dengiz va qora dengiz.
35.Cho’miluvchilar xavfli bo’lgan meduzalar?------Qutb va ildizog’iz meduzalar.
36.Dengiz likopchasi nima deb ataladi?------Aureliya.
37.Odamlar u-n zararsiz meduza?-----Aureliya.
38.Meduzalar nimalarga katta zarar ko’rsatadi?-----Baliqchilikka.
39.Nima uchun bo’shliqchililar eng qadimgi hayvonlar hisoblanadi?---Hujayralarini kuchsiz ixtisoslashganlig va kuchli regeneratsiya qilish xususiyatiga bog’liq.
40.Bo’shliqchililarning qadimgi ajdodi?------Koloniya bo’lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilar.
41.Bo’shliqchililarning kelib chiqish ketma-ketligi?-----Xivchinlilar—gidrasimonlar—korall poliplar—meduzalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |