O’rgimchaksimonlar sinfi.
1.O’rgimchaksimonlar qaysi turkumlarni o’z ichiga oladi?-------O’rgimchak, falanga, chayonlar, kanalar.
2.Haqiqiy quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilar?-----O’rgamchaksimonlar.
2.Butli o’rgimchak qayerdagi tutqich to’ri ustida hayot kechiradi?---O’tlar va o’lanlar.
3.Butli o’rgimchakning tanasi qanday qismlardan iborat?------Boshko’krak va silliq qorin.
4.Boshko’krak qismida qanday organlari joylashgan?-----4 juft oddiy ko’zlari va ikki juft og’iz organi.
5.Ustki jag’lari harakatchan…..iborat?------Tirnoqsimon o’simtadan.
5.Ustki jag’lar qanday ahamiyatga ega?----O’lja tanasini teshish.
6.Zahar bezlari qayerda joylashgan?-----Ustki jag’lari asosida.
7.Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichlari qanday vazifani bajaradi?-----Pastki jag’.
7.Oyoq paypaslagichlari nimalar bilan qoplangan?---Mayda sezgir tukchalar.
8.Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan qanday bo’ladi?---Kalta.
8.Butli o’rgimchakning yurish oyoqlari qanday tuzilgan?---Uzun va ingichka.
8.Butli o’rgimchakning yurish oyoqlari qayerda joylashgan?---Boshko’krak qismida.
8.Nima u-n butli o’rgimchak deyiladi?-------Orqa tomonida butsimon oqish dog’i bor.
9.Qorin bo’limining keyingi uchida…..joylashgan?-----3 juft so’gallari.
10.O’rgimchak bezlarining yo’llari qayerga ochilgan?-------3 juft so’gallariga.
11.O’rgimchakning hazm qilish suyuqligi tarkibida nima bo’ladi?-----O’rgimchak zahari.
12. Butli o’rgimchakning zahar suyuqligi o’ljani qanday holatga keltirib qo’yadi?---Ichki to’qimalarini parchalab suyuq holatga.
12.Butli o’rgimchakning zahari nimalarga ta’sir qilmaydi?------Odam va umurtqali hayvonlarga.
13.O’rgimchak nafas olish organi nima hisoblanadi?------Bir juft o’pka xaltalari va ikki tutam traxeyalari.
13. Butli o’rgimchakning traxeyalari qanday tuzilgan?---Ingichka naysimon.
14.O’pka xaltalari nimalardan tuzilgan?-----Varaqsimon o’simtadan.
14. Butli o’rgimchakning traxeyalari nima orqali atmosfera havosi bilan bog’langan?---Qorin bo’limining keyingi qismidagi umumiy teshik orqali.
15.O’rgimchakning qaysi a’zosi qisqichbaqanikiga o’xshaydi?------Qon aylanish, nerv va ayirish.
16.Urg’ochisi urug’langandan keyin qayerga bekinib oladi?-------Toshlar va daraxtlar po’stlog’iga.
17.Tuxumlarini nima ichiga qo’yadi?------Pilla.
17. Butli o’rgimchak qishda nobud bo’ladi…saqlanib qoladi?---Tuxumlari.
18.Qaysi faslda o’rgimchakning tuxumlaridan yosh o’rgimchaklar chiqadi?---Bahorda.
18.Zaharli o’rgimchaklarni ko’rsating?------Qoraqurt va biy.
19.Qoraqurt qayerlarda uchraydi?-----O’rta osiyo, Kavkaz, Qrimning dasht va cho’llarida.
19. Yosh urg’ochi qoraqurtning qorni ustki tomonida qanday dog’ bor?—Qizg’ish.
20.Qoraqurt tutqich to’rini qayerlarga to’qiydi?--------Tuproq chuqurchasi ustiga va toshlar ostiga.
21.Qoraqurt nimalar b-n oziqlanadi?-------Chigirtka, qo’ng’iz va qandala, hasharotlar.
22.Qoraqurtning zahari qaysi hayvonlarga kuchli ta’sir qiladi?-----Ot,tuya.
22.Qoraqurt zahari kimlar uchun xavfli?---Odam.
23.Eng yirik o’rgimchak va uzunligi?------Biy, 3-4 sm
24.Biy qanday inda yashaydi?-----Tuproqda chuqurligi 60 smgacha tik inda yashaydi.
25.Biy qachon ovga chiqadi?-----Kechqurunlari.
26.O’rgimchasimonlar orasida eng yirigi?----- Falanga.
27.Falanga qayerlarda keng tarqalgan?------O’rta Osiyo cho’llarida.
27.Falanganing uzunligi?----6-7 sm.
28.Falanganing tanasi qanday qismlarda tuzilgan?-----Bosh, ko’krak, qorin.
29.Falanganing bosh qismida nimalar joylashgan?-----1 juft ko’zi va jag’lari.
30.Falanganing jag’lari nimaga o’xshaydi?------O’tkir tirnoqqa.
30. Falanganing oyoq paypaslagichlari nimaga o’xshaydi?----Yurish oyoqlariga.
31.Falanga nimalar b-n oziqlanadi?------Hasharot, mayda sudralib yuruvchilar.
32.Falanganing ……bo’lmaydi?-----Zahar bezi.
32. Falanga qachon ovga chiqadi?---Kechqurunlari.
33.Sariq chayon qayerlarda keng tarqalgan?-------O’rta oOsiyo hududlarida.
34.Sariq chayon tanasi qanday qismlardan iborat?------Yassi boshko’krak va qorin.
34.Boshining ustida qanday ko’zlari joylashgan?---Bir juft yirikroq, ikki yonida besh juft mayda ko’zchalar.
35.Chayonlarning qaysi a’zosi o’rgimchaynikiga o’xshaydi?-------Ustki jag’lari.
36.Chayonlarning oyoq paypaslagichlari nimaga aylangan?------Qisqichga.
37.Chayon qorin bo’liminng oxirida nima joylashgan?-----Zahar bezi va naychasi.
38.Chayon kunduzi qayerlarda yashirinib yotadi?-----Toshlar ostida, devor va yerlardagi kovaklarda.
38. Chayon nimalar bilan oziqlanadi?---O’rgimchaklar, hasharotlar.
38. Chayon o’z o’ljasini nima yordamida tutib oladi?---Qisqichlari.
39. Chayon o’z o’ljasini nima yordamida tutib o’ldiradi?---Zaharli nayzasi.
39. Chayonlar qanday foyda keltiradi?----Zararkunanda hasharotlarni qirib.
39.Chayonlar nechtagacha tirik bola tug’adi?-----20-30 ta.
40.Kanalarning sanchib- so’ruvchi xartumchasi qanday hosil bo’lgan?-----Jag’oyoqlari va paypaslagichlarining qo’shilishidan.
40.Kananing gavdasi qanday tuzilgan?----Yassi oval shaklida bo’gimlarga bo’linmagan.
41. Qaysi havonning gavdasi qo’shilib ketgan?---Kana.
41.Voyaga yetgan kana nimalarda parazitlik qiladi?---Hayvonlar va odam tanasidagi qonni so’rib.
41. Qaysi hayvonlar o’z ho’jaynini hidi orqali topadi?---Kana.
41.Kanalarning qaysi sezgi a’zosi kuchli rivojlangan?-----Hid bilish.
42.Kanalar orqali odamga qaysi kasalliklar yuqadi?-------Ensfalit,terlama,tulyaremiya.
43.O’rgimchaksimonlarning nechta turi bor?-------70000
44.Qaysi o’rgimchaksimonlar o’pkasi orqali nafas oladi?------Chayon.
44.Kananing sanchib so’ruvchi o’giz organi nimaga aylangan?---Xartumga.
Do'stlaringiz bilan baham: |