Septik shok
Septik shok - bu murakkab patofiziologik jarayon bo`lib, patologik o`choqdan (limfadan, yiringli o`choqdan) ekstremal omil ta‘siri natijasida qo`zg`atuvchi va uning toksinlarining qon oqimiga tashlanishi bilan bog`lik. Bu esa to`qima va organlarning zararlanishi bilan bir qatorda adaptatsiyaning nospetsifik mexanizmlarining zo`riqishi va gipoksiya, to`qimalar gipoperfuziyasi, moddalar almashinuvining chuqur buzilishi bilan kuzatiladi. Septik shok (infeksion-toksik, bakteriotoksik yoki endotoksik ) massiv bakteriemiya, bakteriya hujayrasining intensiv parchalanishi va endotoksinlarning ajralishi, tomir o`zani hajmi boshqarilishining buzilishi bilan kechuvchi tarqalgan infeksiyalarda rivojlanadi. Septik shok nafaqat bakterial infeksiyalarda, balki virusli infeksiyalar, sodda jonivorlar invaziyasida, zamburug`li sepsisda, og`ir shikastlanishlarda ham rivojlanishi mumkin.
Klinik ko`rinishi.Septik shokning boshlang„ich bosqichi. Infeksiyaning yallig`lanish o`chog`idan chiqishi yoki endotoksinning qon oqimiga tushishi septik shokning birinchi mexanizmini ishga tushiradi, bunda infeksiyaning pirogen ta‘siri (ayniksa endotoksinning) kuzatiladi. Qaltirash bilan kechadigan gipertermiya (>38-39°S) septik shokning asosiy belgisidir.
Ko`pincha gektik yoki noto`g`ri tipdagi zo`rayuvchi isitmada harorat yoshga xarakterli bo`lmagan yuqori darajalarga ko`tariladi (keksa bemorlarda 40-41 °S), qon aylanishning buzilishi, taxikardii ( yurak qiskarishlar soni 1minutda 90 tadan ortiq) bilan kechadi. Bu septik shokning boshlang`ich bosqichi `issiq normotenziya` deb ham ataladi.Markaziy gemodinamika tekshirilganda qon aylanishning giperdinamik turi aniqlanadi ( yurak indeksi > 5l/min/m
Septik shokning kechki bosqichi. Jarayon zo`rayib boraversa yuqorida aytib o`tilgan klinik faza `issiq gipotenziya` fazasi bilan almashinadi, bunda tana harorati keskin yuqori ko`tariladi, qaltirash, bemor ruhiyatining buzilishi: qo`zg`alish, bezovtalik, o`zini boshqacha tutishi, ba‘zan psixoz kuzatiladi. Teri qoplamlarini ko`rganda issiq, quruq, giperemiyalangan yoki pushti rangda. Nafas buzilishi giperventilyasiya tipida bo`ladi, bu esa nafas alkalozi va nafas olish muskullarining zo`riqishiga olib keladi. Taxikardiya (1 minutda 120 va undan ortiq) to`liq puls va gipotenziya bilan birga keladi. Bu bosqichda diurez oligouriyagacha kamayadi (1 soatda siydik ajratish 25 ml.dan kam).Septik shokning terminal bosqichi. Septik shokning terminal bosqichi es-hushning buzilishi, o`pkada gaz almashinuvining buzilishi, periferik va markaziy sirkulyator etishmovchilik, jigar va buyrak etishmovchiligi bilan kechadi. Bu bosqichni klinitsistlar boshqacha qilib `sovuqgipoteziya` deb ham atashadi. Simptomlari: hushning xiralashishi – komagacha, teri qoplamlarining oqarishi, akrotsianoz,oligoanuriya kuzatiladi. Sezilarli taxipnoe (1minutda40dan ortiq nafas) oksigenoterapiya zaminida ham pasaymaydigan nafas etishmovchiligi hissi bilan qo`shilib keladi.
Qaltirash va gipertermiya tana haroratining pasayishi bilan almashinadi. Tana haroratining pasayishi g`arak-g`arak terlash bilan birga kechadi.Sovuq va rangpar sianotik barmoqlar va tovonlar tarqalgan infeksiyaning patog`nomonik belgisidan biridir. Tez-tez (1minutda 130-160ta), to`liqsiz, ba‘zan aritmik puls arterial qon bosimining kritik tarzda tushishi bilan qo`shilib keladi. Organlar zararlanishining erta va aniq belgisi bu - buyrak funksiyasining buzilishi ya‘ni azotemiya va oshib boruvchi oligoanuriya (diurez 10ml/soat dan kam) hisoblanadi. Oshqozon ichak yo`lining zararlanishi: dinamik ichak tutilishi va oshqozon ichakdan qon ketishi ko`rinishida bo`ladi. Jigarning zararlanishida sariqlik va giperbilirubinemiya paydo`bo`ladi. Septik shokda qondagi xarakterli o`zgarishlar: leykotsitlar >12.0*109/l neytrofilyoz, leykotsitar formulaning keskin `yosharishi` va leykotsitlarning toksik donadorligi. Septik shok uchun ob‘ektiv mezon leykotsitoz bilan birga leykotsitar indeksning oshishi (LII>10) va trombotsitopeniya ham bo`lishi mumkin. Ba‘zida dinamika to`lqinsimon xarakterda bo`ladi, dastlab leykotsitoz so`ngra leykopeniya bilan almashinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |