Tеz tibbiy yordam. Favqulotda vaziyatlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Farg`ona 2021 Saydaliyev S. S



Download 185,15 Kb.
bet57/89
Sana05.03.2023
Hajmi185,15 Kb.
#916769
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Bog'liq
FV.tez tibbiy yordam .o`quv qo`llanma

Klinik o„limning belgilari :
- uyqu arteriyasida tomir urishning bo`lmasligi (28-rasm);
- bemorni hushidan ketishi yurak to`xtagandan 5 – 10sekund ichida;
- bemor rang-ro`yining o`zgarishi, asosan sianoz paydo`bo`lishi;
- qisqa muddatli tutqanoq tutishi va uning ketidan barcha reflekslarning so`nishi;
- ko`z qorachig`ining kengaya borishi va 30-60 sek ichida;
- nafas olish xususiyatlarining o`zgarishi va 30-40 sek o`tgach apnoe ro`y berishi;
- elektrokardiografiya kuzatuvida to`g`ri chiziq , fibrillyasiya yoki o`tkazuvchi tizim blokadasi zaminida aritmiya paydo`bo`lishi .
Asistoliya
Elektromexanik dissosiatsiya
Qorinchalar fibrillyatsiyasi
Uyqu arteriyasida tomir urishini aniqlash.
Klinik o„lim diagnostikasi mezoni uyqu arteriyasida tomir urishining bo„lmasligi hisoblanadi. ABni o`lchash, yurak tonlarini eshitish tavsiya etilmaydi. Klinik o„lim diagnostikasi uchun 5 sekund vaqt ajratiladi.
Qon aylanishning to`satdan to`xtashi
Klinik o`lim uzoq cho`zilgan terminal holatdagi o`limdan farqli to`satdan yuzaga kelishi mumkin. To`satdan qon aylanishining to`xtashi sabablarini ikki katta guruhga bo`lish mumkin: kardial va ekstrakardial.
Kardial sabablar: yurakning ishemik kasalligi (YUIK), o`tkir miokard infarkti; stenokardiya, koronar tomirlar spazmi, turli xarakterli va genezli aritmiyalar; elektrolit disbalansi, yurak klapanlari zararlanishi, infeksion endokardit; miokardi t, kardiomiopatiyalar; yurak tamponadasi; aorta anevrizmasi, o`pka arteriyasi tromboemboliyasi.
Ekstrakardial sabablar: nafas yo`llari obstruksiyasi, o`tkir nafas etishmovchiligi, istalgan etiologiyali shok, yurakning reflektor to`xtashi, emboliyalar, dori vositalarining dozasini o`shirib yuborish, elektr tokidan zararlanish, yurakning jarohatlanishi, isib ketish, ekzogen zaharlanish.
Qon aylanishining to„satdan to„xtashi mexanizmi. YUrakning qon haydash funksiyasi 0 ga teng bo`lib qoladi yoki organizmni qon bilan ta‘minlab bera olmay qoladi. Qon aylanishining to`satdan to`xtashi klinikasi quyidagicha rivojlanishi mumkin:
1)qorinchalar fibrillyasiyasi yoki qorinchalarning pulssiz, paroksizmal taxikardiyasi;
2)asistoliyalar;
3) EMD (elektromexanik dissosiya).
Elektrokardiografiyaning ambulator ko`rsatkichlariga qaraganda 80% holatda to`satdan o`lim vaqtida qorinchalar fibrillyasiyasi va aritmiyasi kuzatiladi. Qorinchalar fibrillyasiyasida EKGda qorincha kompleksi o`rniga turli amplituda va formadagi, chastotasi 1 daqiqada 250-400 ga teng to`lqinlar qayd qilinadi. Amplitudalar to`lqin uzunligiga qarab yirik va mayda amplitudali fibrillyasiyalar farqlanadi. Qon aylanishining to`satdan to`xtashi bradiaritmiya, yurak asistoliyasi bilan ham izohlanadi. YUrak asistoliyasida EKG da to`g`ri chiziq, kam hollarda qorinchalar kompleksi va R tishcha kuzatiladi.
Dori preparatlarini kiritish yo„llari: Endotraxeal yo„l. 2010 yil ko`rsatmalariga binoan dori vositalarini endotraxeal yo`l bilan kiritish tavsiya etilmaydi. Tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, adrenalinni endotraxeal yo`l bilan kiritishdan ko`ra, parenteral kiritishda natija 3-10 marta oshadi. SHuni ta‘kidlash kerakki endotraxeal yo`l bilan kiritilgan dori vositalari β-adrenergik ta‘sir ko`rsatib gipotenziya, koronar tomirlarda bosim pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari endotraxeal yo`l bilan kiritilgan katta miqdordagi suyuqlik gaz almashinuvining yomonlashuviga olib keladi. SHu sababli endotraxeal yo`ldan voz kechib dori moddalarini organizmga kiritishning boshqa 2 yo`li taklif etiladi:
a) vena ichiga: markaziy yoki periferik venalarga. Eng qulay yo`l markaziy venalarga-o`mrov osti va bo`yinturuq venalariga yuborish bo`lib, bu usul bilan yuborilgan moddani markaziy sirkulyasiyaga etkazish oson hisoblanadi;
b) suyak ichiga: dori moddalarini elka yoki katta boldir suyagiga yuborish plazma konsentrasiyasini me‘yorlashtirishni adekvatligini ta‘minlaydi. Ko`proq pediatriya amaliyotida periferik venalarni topishning iloji bo`lmaganda bu usul qo`llaniladi. Mandrenli qalin igna bilan katta boldirning suyak bo`shlig`iga g`adir-budur sohasidan punksiya qilinadi.

Download 185,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish