O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH
VAZIRLIGI
FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INISTITUTI
FARG`ONA VILOYAT SOG`LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI RESPUBLIKA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM ILMIY MARKAZI FARG`ONA FILIALI
TЕZ TIBBIY YORDAM. FAVQULOTDA VAZIYATLAR
(o`quv uslubiy qo`llanma)
Farg`ona 2021
Saydaliyev S.S – RSHTYoIM Farg‘ona filiali“Shoshilinch Bolalar xirurgiyasi“ bo‘lim boshlig‘i. FJSTI OXI kafedrasi dotsenti t.f.n.
Xaydarov N.S. - Farg`ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti
“Pediatriya” kafedrasi assistenti.
Taqrizchilar:
To`xtaqulov A.Yu - RSHTYoIM Farg‘ona filiali direktori t.f.n
Maxmudov N.I - RSHTYoIM Farg‘ona filiali Ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari t.f.n. dotsnt
Ushbu qo`llanma Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Inistituti O‘quv uslubiy kengashida qo‘rib chiqilgan va tasdiqlashga tavsiya qilingan (2021 yil “____”
-sonli bayonnoma)
Ushbu qo`llanma Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Inistituti Ilmiy
kengashida tasdiqlangan va foydalanishga tavsiya qilingan (2021 yil “____”
-sonli bayonnoma)
FJSTI TSNQB
boshlig‘i, t.f.n., dotsent Rasulov F.X.
TTA Farg‘ona filiali dekani Ismoilova S.T.
Kafedra mudiri, t.f.n. Mamasaidov J.T
Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining tarkibiy tuzilmalari. Shoshilinch tibbiyyordam ko‘rsatishning yuridik tamoyillari. Shoshilinch tibbiy yordam turlari. Halokatlar tibbiyoti asoslari.
Halokatlar ta’rifi. Halokatlar tasnifi.Halokatlar vaqtida tez tibbiy yordamni tashkil etish tamoyillari. Shaxsiy himoya vositalari va ulardan foydalanish. Jabrlanganlarni saralash punktlarini tashkil qilish. Tibbiy saralash. Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish.
Tabiiy ofatlar barcha davlatlar, ayniqsa ular sodir bo'lgan mamlakatlar uchun katta fojialardan biridir. Tabiiy ofatlar oqibatida katta ko'lamli noxush vaziyatlar yo`zaga kelib chiqadi. Ularga quyidagi holatlar misol bo'la oladi: 1)mamlakat iqtisodiyoti zarar topadi, ishlab chiqarish (davlat va xususiy tasarrufdagi korxonalar), xaql va zamin boyliklari barbod bo'ladi, odamlar orasida haloqatlar ro'y berib, turar joylar vayronalarga aylanadi, qolgan mol-mulklar ham zarar topadi, odamlarning hayot kechirish jarayonlari keskin ravishda yomonlashadi, xaqlning madaniy va ma'naviy boyliklariga katta ziyon yetadi; 2) yuqumli kasalliklarning tarqalish doirasi nihoyatda kengayib ketishi mumkin; 3)odamlar orasida shikastlanganlar soni, aytarli darajada ko'p bo'lishi mumkin; 4)shikastlanishlar turli-tuman ko'rinishlarga ega bo'lib, turli darajali o-irlikda bo'lishi ko'zga tashlanadi.
Dunyo miqyosida tabiiy ofatlar orasida eng ko'p va tez-tez uchraydiganlariga birinchi galda, suv toshqinlari taalluqli bo'lib, uning jami tabiiy ofatlar ichidagi ulushi 34 -40%ga borib qoladi; eng kam darajada uchraydiganlari esa yer silkinishlari bo'lib, ular hisobiga barcha tabiiy ofatlarning 8-15% igina to'-ri keladi. 1990-1996-yillarda ushbu raqamlar o'zgardi. Suv toshqinlari 52 %, qur-oqchilik 22%, yer silkinishi, vulqonlarning ot ilishi 18%, shamollar 7%, boshqa xillari 1 % atrofida. Keltirilgan raqamlardan ko'rinib turibdiki, tabiiy ofatlar turi va xiliga ko'ra, 8 -15% dan to 34-40% atrofida ko'zga tashlanadi. Suv toshqinlari ofatlari, atrof va ichki hududlari suvga boy mamlakatlar da namoyon bo'lsa, yer silkinishlari esa, to-li mintaqalarga yaqin yoki ushbu mintaqalar chegarasida ko'zga tashlanishi bilan ajralib turadi. Suv toshqinlari ummon, dengizlarga yaqin hududdagi daryolar va ko'llar yoki boshqa suv havzalari mavjud mamlakatla r ichida uchrasa, yer silkinishlari to-lik yerlarda, ayniqsa yosh tog``li hududlarda tez-tez va ko'plab uchrab turishi mumkin. Tropik mamlakatlarda siklonlar 20%, qolgan tabiiy ofatlar ulushi, ushbu mamlakatlarda 25% tashkil qilishi ko`zatiladi. Mamlakatda ro'y beradigan tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish niyatida, aholining barcha tarkibiy qismlari faol ravishda ishtirok etadi. Ajratiladigan moddiy vositalar va odamlar tabiiy ofatlar oqibatlarini qisqa muddatlarda tugatish omillardan hisoblanadi. Bunday noxush sharoitlarda shikastlangan va zarar topgan aholiga uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, o'rin-ko'rpalar, malakali va maxsus tibbiy yordamlar bepul beriladi. Ammo, tabiiy ofatlar mohiyati jihatidan tabiiy hodisalardan tashkil topgan bo'lib, ular ustidan nazorat o'tqazish va ayniqsa, ushbu jarayonlarni boshqarish, aytarli darajadagi katta qiyinchiliklarni tu -diradi. Shu boisdan ham tabiiy ofatlar ro'y bergan vaqtlarda va ularning salbiy ta'siri oqibatida mamlakat iqtisodiyotiga, jumladan qishloq xo'jaligiga zarar yetishi mumkin.
Bunday noxush oqibatlarning oldini olish uchun, tabiiy ofatlar yetkazadigan zararga chek qo'yish yoki nihoyat darajada kamaytirish maqsadida, qo'llanilishi nazarda tutiladigan barcha kuchlar va vositalar doimo shay holda ushlab turilishi va zarur bo'lgan chora-tadbirlar va lar amalga oshirilishi lozim. Mazkur niyatlarda, fuqarolar muhofazasining noharbiy to‘zilmalaridan keng ko'lamda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |