Reanimatsion chora-tadbirlarni samaradorligi asosan uchta shartga bog`liq.
1. O`z vaqtida reanimatsiya o`tkazish ya‘ni aynan klinik o`lim holatining 3-5 minutlarida. Buning uchun klinik o`lim holati diagnostikasi shu vaqtoralig`ida bo`lishi kerak.
2. Kompleks reanimatsion chora-tadbirlarni o`tkazish:yurakni tashqi uqalash, o`pkaning sun‘iy ventilyasiyasi - intubatsion trubka orqali, yurakni medikamentoz qo`zg`atish va defibrillyasiya.
3. Reanimatsion chora tadbirlarni to`g`ri o`tkazish (voqea joyida bir kishining ishlashi juda qiyin bo`ladi, shuning uchun maxsus reanimatsion brigada chaqiriladi).
Bosh miya hujayralarida klinik o`lim holatida energiya etishmasligi chizmasi.
Voqea joyiga etib kelganda klinik o`lim holatini yuzaga kelgani aniq vaqtini surishtirmasdan (buni aniq bilib bo`lmaydi), reanimatsion chora-tadbirlar boshlanishi kerak. YUrak-o`pka va bosh miya reanimatsiyasining umumiy va maxsus turlari (elektrik defibrillyasiya, dorilarni organizmlarga kiritish) farqlanadi. Reanimatsion yordam bir kishi (reanimatolog) tomonidan ko`rsatilayotganda,Amerika va Evropa kardiologlar assotsiatsiyasining yangi 2010 yilgi tavsiyasiga ko`ra: yurak tashqi uqalash minutiga 100ta, yurakni tashqi uqalash va sun‘iy nafas berish nisbati 30:2 ni tashkil etishi, AVS o`rniga SAV tartibida o`tkazilishi kerak. Agar reanimatsion yordam ikki kishi tomonidan bajarilayotgan bo`lsa bu nisbat 5:1 bo`lishi kerak. Hozirgi vaqtda klinik o`lim holatining turli sabablarida reanimatsion tadbirlarning aniqalgoritmlari ishlab chiqilgan.
Qon aylanishining to`xtashi 4 xil sababga ko`ra yuzaga keladi.
1. Asistoliya -miokardning qo`zg`aluvchanlik va qisqaruvchanlik xususiyatlari saqlanganligi zaminida bo`lmalararo`qo`zg`aluvchanlik o`tkazilishining buzilishi tufayli yurak qisqarishining butunlay yo`qolishidir.
Yurak to`xtashining turlarining elektrokardiografik ko`rinishi.
2. Qorinchalar fibrillyasiyasi va hilpillashi miokard qisqarishining diskoordinatsiyasi bo`lib, qorinchalar yoki bo`lmalar o`tkazish tizimidagi qo`zg`aluvchanlikning buzilishi oqibatidir. Bunda har bir mushak pala partish qisqarishi natijasida sistola bo`lmaydi va qon yurakdan otilib chiqmaydi.
3. Miokard atoniyasi-miokardning qo`zg`aluvchanlik va qisqaruvchanlik qobiliyati va tonusining butunlay yo`qolishidir.
Atoniya zaminida miokardning bioelektrik faolligi saqlangan bo`ladi va bu holat elektromexanik dissotsiatsiya ko`rinishida qayd etiladi(29-rasm).
4. Pulssiz qorinchalar taxikardiyasi. Pulssiz qorinchalar taxikardiyasi va qorinchalar fibrillyasiyasi kattalarda qon aylanish to`xtashining asosiy sabablarini tashkil qiladi (80% holatlarda).
Qon aylanishining to„xtashi ko„pincha nafas to„xtashi bilan bog„liq holda kuzatiladi:
- Nafas yo`llari obstruksiyasi.
- Og`ir bosh miya travmalarida, bosh miyada qon aylanishining o`tkir buzilishilarida va o`tkir zaharlanishlarida MNT depressiyasi.
- Laringo-bronxospazm
- Nafas markazi depressiyasi.
- O`pka kasalliklari.
- Aspiratsion sindrom.
Qon aylanishi faoliyatining to`xtashi intrakardial va ekstrakardial sabablarga ko`ra ro`y beradi. Intrakardial sabablarga koronarogen, aritmogen va yurakni shikastlantiruvchi omillar kiradi. Qon aylanishi to`xtashining e kstrakardial sabablariga gipoksiya, giperkapniya, gipovolemiya, ionlar muvozanatining buzilishi, elektr oqimidan shikastlanish, vagus reflekslari, farmakologik ta‘sir, ruhiy-emotsional holat, gipotermiya, qattiq jarohatlanishlar kiradi. Bemor ahvolining ke skin yomonlashuvi, quyidagi alomatlarning paydo`bo`lishi qon aylanishining to`xtaganligidan dalolat beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |