Lat yeyishlar
Qo‘l-oyoqlarning lat yeyishlari nisbatan katta bo‘lmagan kuch ta’siri natijasida paydo bo‘lib, ular qon to‘planishi (gematoma) –shish, og‘riq va paypaslaganda og‘riqning kuchayishi bilan kechadi.
Birinchi yordamga bosib turuvchi bog‘lam va mahalliy sovuq qo‘llash kiradi. Paylarning cho‘zilishi va uzilishlari bo‘g‘imlarda kutilmaganda va keskin harakat natijasida yuzaga keladi. Bunday shikastlanish-larga yumshoq to‘qimalarga qon quyilishi xos bo‘lib, buning oqibatida shish, bo‘g‘imda og‘riq paydo bo‘ladi, harakatning chegara-lanishi yoki og‘riqning kuchli bo‘lishi sababli harakatlana olmaslik yuzaga keladi.
Birinchi yordam ko‘rsatishda tarang qilib bintlanadi, immobi-lizatsiyalanadi va sovitish vositalari (muz, qor) qo‘llaniladi. Muskul va paylarning uzilishlariga taxmin qilingan taqdirda bemorni travmatologiya bo‘limlariga yotqiziladi.
Qo‘l-oyoqlarning chiqishlari
Yiqilish yoki qattiq zarba natijasida bo‘g‘im yuzalarining siljishiga chiqish deyiladi. Sharsimon bo‘g‘imlarning chiqib keti-shi oson kechadi, shuning uchun ham yelka bo‘g‘imining chiqishi ko‘proq uchrab turadi. Chiqishda periferiyada joylashgan suyakning nomi qo‘llaniladi. Bundan chiqishlarning nomi kelib chiqadi. Masalan, yelka bo‘g‘imi-dagi chiqish – yelkaning chiqishi, tos-son bo‘g‘imidagi chiqish –sonning chiqishi va boshqalar.
To‘liq chiqishlar (suyaklarning bo‘g‘im yuzalari bir-biriga tegmay qolganda) va chala chiqishlar (bo‘g‘im yuzalari qisman bir-biriga tegib turganda) farqlanadi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, chiqishlarda nafaqat bo‘g‘im yuzalarining siljishi, balki bo‘g‘im kapsulasining, paylar, ba’zan esa qon tomirlari va hatto nervlarning shikastlanishlari ham kuzatiladi.
Chiqishning simptomlari – qo‘l yoki oyoqning majburiy holat-dagi fiksatsiyasi, deformatsiya, faol va passiv harakatlarda og‘riq-ning kuchayishi, oyoq yoki qo‘l uzunligining o‘zgarishi, prujinali fiksatsiya (harakatlantirishga intilganda jarohatlangan bo‘g‘imda holatni o‘zgartirishga qarshilik seziladi va og‘riq paydo bo‘ladi).
Qo‘llardagi chiqish oyoq chiqishiga nisbatan 2 barobar ko‘p 625uchraydi va u hamma chiqishlarning 60% ni tashkil etadi.
Oyoqlardagi chiqishlar, mos ravishda, 30% ni tashkil etadi. Bunda yelka chiqishi 41%, tirsak chiqishi 16%, kaft va barmoqlar chiqishi 4% atrofida kuzatiladi. Oyoq bo‘g‘imlaridagi chiqishlardan son suyagining chiqishi ko‘prok uchraydi (27%). Tizza chiqishi 2% ni va tovon chiqishi bir foizdan ko‘proqni tashkil etadi.
Birinchi yordam oyoqni shina bilan va qo‘lni qattiq ro‘mol bilan immobilizatsiyalash, analgetik dorilar berish va travmatologiya bo‘limlariga yoki statsionarga olib borishdan iborat.
Har xil joylardagi chiqishlarda asosiy birinchi yordam, shikastlangan oyoq yoki qo‘lni harakatsizlantirish va tezda bemorni travmatologiya bo‘limiga jo‘natishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |