Texnologiyasi


Tibbiy  polisaxarid  suyuqliklar  va  loyqalar



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

Tibbiy  polisaxarid  suyuqliklar  va  loyqalar.  Kraxmal-glitserinli 
asoslar  yoki  glitserinli  surtmalar.  IX  DF  bo'yicha  bug'doy  kraxmali 
chinni  idishda  teng  miqdordagi  suv  bilan  aralashtiriladi  va  unga  93  g 
glitserin  qo'shiladi.  Oiingan  aralashma  asta-sekin  araiashtirilib  turgan 
holda  suv  hammomida  qizdiriladi,  so'ng  sovitiladi.  Natijada  yarim  tiniq, 
oqish  rangli  massa  hosil  bo'iadi.  Bu  asos  shilliq  qavatda  oson  tarqaladi 
va  sekin  suriladi,  Asos  ko‘z  surtmalari  tayyorlashda  ham  qo'llaniladi. 
Bu  asos  mikroorganizmlar  ta'siriga  chidamii,  lckin  struktura-mexanik 
jihatidan  chidamsiz.  Chunki  saqlash  davomida  u  dag‘al  holga  (sinerezis) 
kelib,  asos  sifatida  ishlatib  bo'lmaydigan  massaga  aylanadi.  V.M.Greskiy 
va  I.S.Ajgixinlaming  ko'rsatishicha  5-6%  li  eruvchi  kraxmal  eritmasi 
(kraxmalni  fosfor  kislota  bilan  ishlash  natijasida  olingan)  surtma 
asoslarining  konsistensiyasiga  ega  bo'lib,  sekin  ko'ruvchanligi  bilan 
ajralib turadi.
Dekstrinlar  ham  yuqori  konsentratsiyalarda  (50%  gacha)  surtma 
asoslari  konsistcnsiyasini  hosil  qiladi.
Tragakant-glitserinli  asoslar.  Tragakant-glitscrinli  asoslar  tarkibida 
3%  atrofida  tragakant  va  40%  gacha  giitserin  saqlaydi.  Bu  asoslar 
tragakant  kukunini  oz  miqdordagi  spirt  bilan  maydalab  suv-glitserin 
aralashmasi  bilan  bo'ktirib  olinadi.  Oldindan  spirt  bilan  maydalashga 
ahamiyat  berish  zarur.  Bu  asoslar  kosmetik  kremlar  va  bo'yida 
boMishning  oldini  oluvchi  pastalar tayyorlashda  ishlatiladi.
Chet  el  farmatsiya  amaliyotida  pektinli  (pektin  7,5  g,  glitserin 
18  g,  bcnzoy  kislota  0,2  g  va  suv  100  g  gacha),  alginli  (alginat  natriy
238
www.ziyouz.com kutubxonasi


2,5  g,  kalsiy  sitrat  0,2  g,  glitserin  15  va  suv  100  g  gacha),  musinli  (zig'ir 
urug'ining  shillig'i)  asoslar  va  boshqa  o'simiiklardan  tayyorlangan 
YuMBIi  asoslar  ishlatila  boshladi.
M ikroblardan  olingan  polimer  polisaxaridlar.  Mikroblarning 
yashash  sharoitlari  o'zgarishi  davomida  hosil  bo'ladigan  yuqori  mole- 
kulali  polisaxarid  -   dekstrin,  gidrofil  surtmalarning  asosi  qilib  taklif 
etilgan  Polimcr  glukozalardan  tashkil  (opgan.  Molekula  og'irligi  150  000 
gacha  bo'lishi  mumkin.  Dekstrin  eritmalari  surtma  hosil  qiluvchi  boshqa 
qovushqoq  suyuqliklardan  o'zining  yuqori  indifferentligi  bilan  ajralib 
turadi.  Ular  rangsiz,  hidsiz,  pH  ko'rsatkichi  4,5  dan  6,5  gacha  bo'ladi. 
Achitqisimon  zamburug'lardan  olingan  pullulan  moddasi  surtma  asosi 
olishda  qo'llashga  taklif  etilgan.  Bu  yuqori  qovushqoqlikka  ega  bo'lgan 
suyuqliklar  xlortetratsiklin  va  geliomitsinli  surtmalar  uchun  yaroqlidir. 
Bu  surtmalarni  uzoq  saqlash uchun  konscrvant qo'shish  talab  etiladi.
Sellulozaning  yarim  sintetik  hosilalari.  Metilselluloza  (MS)  va 
natriy-karboksimctilsclluloza  (Na-KMS)  surtma  asoslar  tarkibida  ishlatila 
boshlandi.
MS  -   oddiy  efir.  Metilselluloza  molekulasiga  metil  guruhlar  kiritish 
soniga  qarab  polimerlanish  soni  150  dan  700  gacha  bo'lgan  efirlar  olish 
mumkin.  Bularning  molekula  og'irliklari  30 000dan  140 000gacha 
to'g'ri  kcladi.  Metilsclluloza  eritmalarining  asosiy  xossalari  uning 
qovushqoqligi  bo'lib,  u  metoksil  guruhlar  soniga  bog'liq.  Farmatsiyada 
ishlatiladigan  metilselluloza  26-33%  metoksil  guruhlar  saqlaydi.  Metil- 
selluloza  oq  yoki  sariq  rangli  tolasimon  massa  holida  chiqariladi. 
Xomashyoning  hidi  ham,  mazasi  ham  bo'lmaydi.  Uzoq  vaqt  saqlanisbi 
mumkin.  Metilsclluloza  eritmasini  tayyorlashning  cng  qulay  yo'li: 
o'lchab  olingan  modda  80-90°C  gacha  isitilgan  suv  bilan  qattiq 
aralashtirilib turgan  holda  ishlanadi.  Shundan  keyin  sovuq  suv qo'shiladi 
va  bir  jinsli  yopishqoq  suyuqlik  hosil  bo'lguncha  aralashtiriladi. 
Metilselluloza  critmalari  mikroorganizmlar  ta'siriga  chidamli  hamda 
organizm  uchun  zararsiz,  fiziologik jihatdan  inert.  Ular  yuqori  darajada 
bog'lovchilik,  dispergirlovchi,  ho'llovchi  va  adgeziv  xususiyatiga  ega. 
Metilselluloza  sczilarli  darajada  sirt  tarangligini  pasaytiradi.  Shuning 
uchun  u  yuqori  emulgirlovchi  xususiyatga  egadir.  Farmatsiyada  shunga 
bog'liq  holda  faqatgina  surtma  tayyorlashda  emas,  balki  boshqa  hollarda 
ham  ishlatiladi.  MS  eritmalari  quriganda  shaffof,  rangsiz,  mustahkam
239
www.ziyouz.com kutubxonasi


parda  hosil  qiladi.  Hosil  boMgan  parda  organik  erituvchilar,  yog‘lar  va 
moylar  ta'siriga  chidamli  bo'ladi.
Na-KMS  -   bu  selluloza  va  glikol  kislotasi  oddiy  efirining  natriyli 
tuzi  hisoblanadi.  Polimerlanish  darajasi  300  dan  3000  gacha,  molekular 
og‘irligi  75000  dan  750000  gacha.  Oq  yoki  kulrang  bir jinsli  tolasimon 
modda  boMib,  sovuq  hamda  issiq  suvda  yaxshi  eriydi.  MS  li  va Na-KMS 
li  asoslar  odatda  glitserin  bilan  birga  quyidagi  nisbatlarda  olinadi:  1)  MS 
6  g,  glitserin  20  g,  suv  74  g;  2)  Na-KMS  6  g,  glitserin  10  g,  suv  84  g  va 
boshqalar.  Bularga  konservantlar  qo‘shiladi.  Asoslar  shilliq  qavatlarning 
mahsuloti  bilan  yaxshi  aralashadi.  Bu  csa  dorivor  moddani  zararlangan 
qismga yaxshiroq  ta’sir qilishini  ta'minlaydi.
Fitnsterin  asoslari.  Fitosterin  suvda  erimaydigan  oq  yoki  sarg'ish 
kristallik  kukun  bo'lib,  ular  b-sitosterin,  lignoscrin  spirti,  lignoserin 
kislotasi,  noorganik  moddalar,  suv  va  to'yinmagan  sterinlardan  ibo- 
rat.  Buni  ninabargli  daraxtning  yog‘ochlangan  qismidan  1938-yil 
F.G.Solodskiy  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  usul  bo'yicha  olinadi. 
Fitostcrinning  asosiy  xossalaridan  biri  uning  suv  shimish  xusu- 
siyatidir.  U  o‘ziga  nisbatan  12  marta  ko‘p  hajmdagi  suvni  oson  shimib 
mustahkam  ushlab  turadi.  Agar  kolbaga  92  ml  suv  quyib,  uning 
yuzasiga  aralashtirmasdan  8  g  fitosterin  sepilsa  va  uni  80°C  gacha  suv 
hammomida  qizdirilsa,  1  daqiqa  ichida  bir jinsli  qaymoqsimon  massani 
hosil  qilish  uchun  bir  necha  marta  chayqatishning  o‘zi  kifoya.  Hosil 
bolgan  massa  bir  necha  hafta  davomida  turg‘un  bo'ladi.  Fitosterin 
asoslari  saqlanish  davomida  qurib  qoladi.  Lckin  qoldiqni  suv  bilan 
aralashtirilganda  yana  o‘z  holiga  qaytadi.  Bu  qaytar  jarayon  quruq 
kukunsimon 
surtma 
konsentratlar 
tayyorlashga 
imkon 
yaratadi. 
Fitostcron  asoslari  hatto  o‘ta  sezgir  terida  ham  yaxshi  qabul  qilinadi. 
Ularning  tarkibiga har xil dorivor moddalarni  kiritish mumkin.
Polictilcnglikol  asoslari.  Polietilenglikol  (PEG)  asoslari  qattiq 
hamda  suyuq  PEGlarning  qotishmalaridan  tayyorlanadi.  PEG  yoki 
polictilcnoksidlar  (PEO)  sintetik  moddalar  bo‘lib,  etilenglikol  yoki 
etilenoksidni  suv va kaliy  ishqori  ishtirokida polimerlanishidan  oiinadi.
Suvda  cruvchi  asoslar  qatorida  taxminan  40-yillarda  PEG  yuqori 
o'rinni  cgalladi.  Bu quyidagi  xususiyatlari  bilan  tushuntiriladi:
1.  Molekular  massasi  hatto  1000000  gacha  bo'lgan  polimer  gomo- 
loglari  ham suvda yaxshi  eriydi.
2.  Gidrofil  va  gidrofob dori  moddalarini critishi.
240
www.ziyouz.com kutubxonasi


3.  Parafin  va  glitseridlar  bilan  aralashib  turg'un  ikki  xil  tipdagi 
pscvdocmulsiyalar hosil qilishi.
4.  Spirtda  erishi  va  suvli  eritmalarda  dissosiatsiyaga  uchramasligi, 
elektrolitlar ta'sirida  o'zgarmasligi.
5.  Tcriga yaxshi  surkalishi  va bir tekisda yoyilishi.
6.  Molekulasi  tarkibida  birlamchi  gidroksil  guruhlar  boMishi  tufayli 
kuchsiz bakteriosid  ta'siriga  ega ekanligi.
7.  Osmotik  faolligi,  bu  hollarda  PEG  surtmaiar  yuvuvchi  va 
tozalovchi  vosita  sifatida  ta'sir qiladi.
PEG  deyarli  barcha  davlatlar  Farmakopeyasidan,  shuningdek  X 
DFdan  o‘rin  olgan.
Loytuproqli  m ineral  asoslar.  Farmatsevtik  amaliyotida  bentonit 
loylari  ham  ahamiyat  kasb  etadi.  Ular  bir  birlik  glinozcmning  ikki 
birlik  krcmnezem  bilan  bog'lanishidan  tashkil  topgan.  Loytuproqli 
mincrallar  o‘zlarining  yuqori  suv  yutish  xususiyati  bilan  ahamiyat  kasb 
etadi.  Masalan,  bentonitlarning  natriyli  shakli  suv  bilan  ho'llanganda 
bo‘kadi  va  hajmini  15-18  marta  oshiradi.  Hosil  bo'lgan  yumshoq  massa 
terida  yaxshi  taqsimlanadi  va  o‘ziga  ko‘p!ab  dorivor  moddalarni  qabul 
qila  oladi.  Loytuproqli  minerallar  kimyoviy  indifferentligi  bilan  afzaldir. 
Ru  esa  ulaming  tarkibiga  faol  moddalar:  kaliy  permanganat,  xloramin 
va  boshqalar  kiritish  imkonini  beradi.  Farmatsevtik  maqsadlar  uchun 
bentonit  va  boshqa  loytuproqli  materiallar  yot  qo'shimchalardan  va 
qumlardan  to‘la  tozalangan  bo'lishi  kerak.  Bu  ivitish,  so'ngra  quritisb 
orqali  amalga  oshiriladi.  Temir  tuzlari  va  boshqa  yot  moddalar saqlashiga 
qarab  ularning  rangi  oq-kulrangdan  tana  rangigacha  bo'ladi.  Bentonit 
asosining  cng  oddiy  tarkibi:  13-20%  mineralning  natriyli  shaklidan,  10% 
glitscrin  va  70-77%  suvdan  tashkil  topgandir.
Oqsil  gcllari.  Oqsil  dcb  amorf  kremniy  (II)  -   oksidiga  aytiladi. 
Gcrmaniyada  bu  aerosil,  karuza,  AQSHda  kebosil  dcb  ataladi.  Oqsil 
(aerosil)  -   oq  amorf  kukun  bo‘lib,  0‘lchami  4  dan  40  mkm  gacha 
sferik  formaga  ega.  U  sochiluvchanligini  yo‘qotmay  15  dan  60%  gacha 
suyuqlikni  ushlab  tura  oladi.  10-12%  Ij  konsentratsiyada  suvda  qovush- 
qoqligi  kam  bo‘lgan  oquvchan  suspcnziya  hosil  qiladi,  konsentratsiya 
17%  gacha  ko'payganda,  yarim  qattiq  holga  keladi,  20%  da  esa  yaxshilab 
ezilsa  gomogen  surtma  hosil  qiladi.  Aerosil  organik  erituvchilar, 
efir  moylari  bilan  gel  hosil  qilish  xususiyatiga  ega.  M.P.AIyushin  va 
M.M. Astraxanova  esilon-aerosil  asosini  taklif  qilishdi.  Bu  asos  -
241
www.ziyouz.com kutubxonasi


«esilon-5»  ni,  16%  aerosil  qo'shib  quyuqlashtirish  natijasida  olingan.  Bu 
asos  yuqori  qovushqoqlikka  ega  boMgan  rangsiz,  shaffof gel  hisoblanadi. 
Bu  asos  zaharli  emas,  mahalliy  qitiqlovchi  ta'siri  yo‘q.  Tarkibiga 
qo'shilgan  dorivor  moddalar  bilan  reaksiyaga  kirishmaydi.  Oldiniga 
aerosil  yuqori  faol  kukun  sifatida  dorivor  moddalarni  o'ziga  yutadi, 
suv  ishtirokida  esa  toMa  desorbsiyalanadi  va  tcrapcvtik  ta'sir  ko‘rsatadi. 
Esilon-aerosilli  asos  uzoq  vaqt  saqlanganda  bir-biridan  ajralib  qolmaydi. 
Yuqori  va past harorat ham  ta'sir qilmaydi.
EMULSION SLRTMA  DORI  ASOSLARl
Emuision  asoslar  dorivor  moddani  suvli  yoki  yog'li  fazaga  kiritish 
imkonini  yaratadi.  Bu  esa  har  xil  tarkibli  aralash  tipdagi  surtma  dori 
turlarini  tayyorlashga  imkon  tug‘diradi.  Z.  A.  Nazarova  suvli  moddalar 
tipidagi  asoslar  antiseplik  xususiyatli  (etakridin,  streptosid,  oltingugurt) 
moddalar bilan  bifaol  surtmalar hosil qilishini  ko‘rsatgan.
Suv-moy  tipidagi  cmulsion  surtma  dorilarni  ishlab  chiqarishning 
0
‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  u  tugallangan,  ya’ni  suvli  faza 
emulsiyalangan  holda  boMadi,  yoki  fazani  maMum  qismda  asos  tarkibiga 
kiritish  imkoci  bor  boMadi.  Ikkinchi  hoida  surtma  dorining  korpusi 
suvli  faza  emulsiya  tipida  boMib,  suv-yog‘  tipini  hosil  qiladi.  Yarim 
fabrikatlarning  bu  holati  surtma  dorilar  asoslari  sinfini  tashkil  qiladi,  bu 
asoslar adsorbsiyali  asoslar dcb  ataladi.
Emulgator  sifatida  kam  eriydigan  ionlashadigan  va  ionlashmaydigan 
yuqori 
faol  moddalar  (PAV)  ishlatilishi  mumkin. 
Ionlashadigan 
emulgatorlar  orasida  YuAMlarning  anioni  faol  guruhi  mavjud  boMib, 
ulardan  asosiysi  sovun hisoblanadi.
Yog‘-suv  (adsorbsion)  tipidagi  emulsion  asoslar.  Emulgator  sifatida 
ionlashmaydigan  va  ionlashadigan  SAMIar  ishlatiladi.  Ishqoriy  metallar 
sovuni  -   emulgator.  Yog‘  kislotalar  natriyli,  kaliyli  va  ammoniyli  tuzlar 
gidrogenlangan  yogMarni  va  o‘simlik  yogMarini  yaxshi  emulgirlaydi. 
Ko'proq  suyuq  surtma  dorilarni  tayyorlash  uchun  qulay.  Moyli  faza 
yuzasida  adsorbsion  qavat  hosil  qilish  bilan  emulsion  asosning  turg'un 
ligini  oshiradi.
Alkilsulfat  emulgatori.  Yuqori  molekulali  spirtlarning  sulfat 
kislotasi  bilan  hosil  qilgan  efirdir.  Umumiy  formula  /SN3/SN3/p  va  0 - 0 zX 
bilan  ifodalanadi.  Bu  birikmalar  uchun  -  O  O^X  guruhi  bor.  Alkil  zanjiri
242
www.ziyouz.com kutubxonasi


9-18  ta  uglcrod  atomidan  tuzilgan  boMishi  mumkin.  Ko‘proq  yog‘-suv 
tipidagi  cmulsiyalarni  stabillash  uchun  alkilsulfatlarning  natriyli  tuzi 
ishlatiladi.
SN
j
/SN2/|0SN3 -  O -  ONa natriy  laurinsulfat
SN3/SN
j
/]4SN2 -  O -  ONa  natriy  setilsulfat
SN3/SN2/)(jSN2 -  O -  ONa  natriy  stearilsulfat.
Natriy  Iaurilsulfat  gidrofil,  ya’ni  suvda  eruvchan  surtma  dorilar 
asosining 
emulgatori 
boMib, 
1965-yilda 
AQSH 
Farmakopeyasida 
qabul  qilingan.  Alkil  sulfatlar  bilan  bir  qatorda  yog‘-suv  tipidagi 
emulsion  surtma  dorilarda  emulgator  sifatida  bir  qator  alkilsulfatlar 
ham  ishlatiladi,  masalan:  natriyasetilsulanat  SN3/SN2/|4SN2- 0 - 0 N a .  
Farmatsevtik  praktikada  yog'-suv  tipidagi  emulsiyalarni  stabillash 
uchun  noionogen  emulgatorlar  ham  keng  qoMlaniladi,  bularmng  gidrofil 
xususiyati  oksietillanishi  bilan  birga  birdan  oshib  boradi.  Bu  emulgatorlar 
molekulasiga  10-20  ta  va  undan  ko'proq  oksietil  guruhlarining 
kirishi  SAMIarni  toMiq  yoki  juda  oson  suvda  erishiga  olib  keladi.  Bu 
emulgatorlar  span  hosilalari  ichida  katta  ahamiyatga  ega.  Odatda  bitta 
span  molekulasiga  20  ta  molekula etilen  oksidi  birikishi  mumkin.
SURTMALARNI  DORIXONADA 
ISHLAB CHIQARISH
Dorixona retseptining  10%ini  surtmalar  tashkil  qiladi.  Ularda  dispers 
sistcmaning  deyarli  hamma  turlari  uchraydi.  Bugungi  kunda  surtmalarga 
yozilgan  rctseptlar tobora murakkablashib  bormoqda.  Surtmalarga  retsept 
toMiq  yoziladi,  ya'ni  har  bir  ingrediyent  yozilib,  ularning  miqdori  oMchov 
birligida  ko'rsatiladi.  Yoki  qisqartirilgan  holda  yozilishi  mumkin.  Qis- 
qartirib  yozishga  faqat  ofitsinal  surtmalar  va  me'yorlantirilgan  texnik 
hujjatlarda  ko'rsatilgan,  o'zining  nomiga  va  tarkibiga  ega  boMgan 
surtmalarni  yozish  mumkin.  Bunday  hollarda  shifokor  retseptda 
surtmaning  nomi  va  miqdorini  ko'rsatadi.  X  DFning  ruxsatiga  binoan 
shifokor  retseptda  vazelin  nomini  tushirib  qoldirishi  mumkin,  agar 
vazelin  shu  surtmaning  asosini  tashkil  qilsa.  Bunday  paytlarda  surtma 
nomini  va  dori  moddaning  konsentratsiyasini  yoki  umumiy  miqdorini 
ko'rsatadi.
243
www.ziyouz.com kutubxonasi


GIDROFOB  ASOSLARDA TAYYORLANADIGAN  SURTMALAR. 
QOTISHM A VA  ERITM A   TIPIDAGI  SURTMALAR
Qotishma  tipidagi  surtm alar.  Bu  turga  kiruvchi  surtmalami  tayyor- 
lashda  avval  qiyin  suyuqlanuvchi,  keyin  tez  suyuqlanuvchi  moddalarni 
qo'shib  eritiladi.  Eritish  suv  hammomida  chinni  idishlarda  olib  boriladi. 
Suyuq  komponentlar  oxirida  qo'shiladi.  Surtmani  gomogenizatsiya  qilish 
qizdirilgan  hovonchada  toki  surtma  sovigunga  qadar  aralashtirish  yo'li 
bilan  olib  boriladi.  Surtma  gomogenizatsiya  qilingandan  keyin  yumshoq 
va  oson  surtiladigan  holatga  keladi.  Agar suyuq  surtma  soviguncha  tinch 
holatda  qoldirilsa,  qattiq mikrokristallik va ultramikroskopik karkas  hosil 
bo'lishiga  olib  keladi.  Bundan  tashqari  aralashtirilgan  vaqtda  surtma 
havoni o‘z ichiga olish orqali quruq strukturasini  hosil  qiladi.
Masalan:  Voyachek surtmasi.
Rp: 
Emplastri diachylon 5,0 
Ol.  Helianthi  10,0 
Ol.  Menthae piperitae 
(seu  Eucalipti) gtt III 
M.f.  unguentum 
D.S.  Burunga surtish  uchun.
Bu  retsept  murakkab  diaxil  surtmasi  bo'lib,  uning  tarkibiga 
qo‘rg‘oshinli  malham  kiradi.  Bu  xona  haroratida  qattiq  massa,  70°C 
haroratda  suyuladi.  Malham  suv  hammomida  chinni  idishda  suyultirilib, 
so'ngra  unga  kungaboqar  moyi  qo'shiladi.  Bu  vaqtda  hovoncha  quritgich 
shkafida  qizdiriladi.  Suyultirilgan  aralashmani  issiq  hovonchaga  o'tkazib, 
to soviguncha aralashtiriladi va oxirida yalpiz  moyi  qo'shiladi.
Eritm a  holidagi  surtm alar.  Ta'sir  qiluvchi  dori  moddasi  yupqa 
poroshok  holiga  keltirilib  issiq  (40-50°C)  surtma  asosida  critilib,  surtma 
to  soviguncha aralashtirilib  turiladi.  Bu guruhga  kamforaning (Unguentm 
Camphoratum)  10%  li  surtmasi  kiradi.  Kamfora  moddasi  vazelin  va 
lanolin  (2+1)  aralashmasida  eritiladi.
Masalan:  murakkablashgan retsept.
Rp: 
Anaesthesini 0,25 
Mentholi 0,1 
Vaselini 20,0 
M.f.  unguentum 
D.S.  Burunga surtish uchun.
244
www.ziyouz.com kutubxonasi


Issiq  vazelinda  navbati  bilan  anestezin  va  mentol  eritiladi,  keyin 
hovoncbada soviguncha  gomogenlashtiriladi.
COM OGEN, SUSPENZION,  EMULSION  VA ARALASH 
TURDAGI  SURTMA  D ORILAR

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish