Texnologiyasi


Tabiiy qumni qazib  olish



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/163
Sana21.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#397305
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163
Bog'liq
fayl 1473 20210817

Tabiiy qumni qazib  olish. 
Tabiiy  qum, 
qum  va  qum-shag‘alli  konlardan  qazib  olinadi.  Qum-shag‘alli 
aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi. 
Qum  konlari  kelib  chiqish  sharoitiga  qo‘ra  boshqa  foydali  qazilmalar  kabi 
tog‘  oldi,  tekislik  va  suvda  olinadigan  turlarga  bo‘linadi.  Tog‘  oldi  jinslari  tog‘ 
yonbag‘irlarida joylashadi. Bunda qumni qazib olish joyi o‘rab turgan atrof-muxit 
va transport yo‘llaridan tepada joylashgan bo‘ladi. Bu konlarda hamma vaqt quruq 
qum uchraydi. 


51 
 
Tekislik konlarida qum er yuzasidan pastda va ba’zan grunt suvlaridan pastda 
yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu konlar quruq yoki nam holatda bo‘ladi. Qumni qazib 
olish  usulidan  kelib  chiqib,  kondan  suvni  yo‘qotish  uchun  quritiladi  (drenajda) 
yoki qumni olish uchun suv bilan to‘ldiriladi. 
Suvli  konlarda  qum  daryo,  ko‘l  va  boshqa  suv  havzalaridan  suv  ostidan 
olinadi.  SHunday  qilib,  konlarda  qumlar  ochiq  usulda  yoki  yopiq  usulda  ishlab 
chiqariladi. Qumni ochiq usulda qazib olish eng ko‘p tarqalgan. Konlardagi qumlar 
zamin, gil va boshqa jinslar ostida yig‘iladi. Bu qavatni ochish qavati deyiladi va 
uni hajmining foydali qazilma hajmiga nisbati ochish koeffitsientini ifodalaydi. 
Ochish  ishlari,  kon  chegarasidagi  ochish  qavatini  olib  tashlash,  foydali 
qazilmalar  ustini  ifloslantiruvchi  va  boshqa  zararli  jinslardan  tozalash  uchun 
bajariladi.  Konlarni  ochishda  buldozer,  skreperdan  foydalaniladi  va  ba’zan  katta 
hajmdagi ochishda ekskovatorlarda chuqurlarga jo‘natish bajariladi. 
Konlarni  ochishda  buldozer,  skreper  jo‘natish  bajariladi.  Konlarda  ochish 
ishlari  bajarilgandan  so‘ng  transport  yo‘llari  va  ishlash  pog‘onalari  xosil  qilishda 
transheyalar yotqiziladi (rasm 2.1). 
Ishlash  pog‘onalari  balandligi  6-10m  va  undan  yuqorini  tashkil  etadi.  U 
bevosita  ekskovator  chumichi  balandligiga  bog‘liq.  Agar  qum  konda  katta 
vatlamda mavjud bo‘lsa, u xolda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi. Qazib 
olish qavatiing eni ekskovator chumichi radiusiga bog‘liq xolda 1.2-1.3m ni tashkil 
etadi. 
Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskavatorlar, skreperlar va 
boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir cho‘michli to‘g‘ri kurakli ekskavatorlar 
(cho‘mich  sig‘imi  0,25-15m
3
)  qo‘llaniladi.  Bunday  ekskavatorlarning  cho‘michi 
balandligi 6-30m bo‘lib, qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi. 
To‘g‘ri kurakli bunday ekskavatorlar ishlash pog‘onasining pastki maydonida 
transport vositalari bilan bir qatorda joylashadi. 
Ekskavator–draglaynlar  bir  kovshlidan  shunisi  bilan  farq  qiladiki,  ularning 
cho‘michi katta belkurakli tipda bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan bo‘ladi. Draglayn 


52 
 
o‘zi turgan joyning pastki qismini qaziydi, shu sababli konning yuqori maydonida 
ishlaydi. 
Ko‘p  cho‘michli  ekskavatorlar  hozirda  eng  ko‘p  ishlatiladi.  Zanjirli  ko‘p 
kovshli 
ekskavatorlar 
konveyr 
shaklidagi 
to‘xtovsiz 
harakatlanuvchi 
cho‘michlardan  iborat.  CHo‘michlarni  bo‘shatish  lentali  transporterga  tashlash 
bilan bajariladi. 
 
Rasm 2.1. Qumni ochiq holatda qazib olish: 
1- pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan maydon. 
  
 Suv  ostidagi  qum  konlarini  qayta  ishlashda  suzuvchi  uskunalardan  tuproq 
so‘ruvchi  snaryadlar  keng  ishlatiladi.  Ularda  ponton  mavjud  bo‘lib,  ma’lum 
vaziyatga  troslar,  langarlar  va  qoziqsimon  uskunalar  yordamida  joylashtiriladi. 
Pantonda tuproq so‘ruvchi  markazdan qochma  tipdagi nasos  mavjud bo‘ladi. Suv 
ostiga  tuproq  so‘ruvchi  uskuna  va  zarur  holda  mexanik  bo‘shatgich  tushuriladi. 
Tuproq  so‘rgich  va  bo‘shatgich  birga  ishlaydi,  chunki  bo‘shagan  qum  suv  bilan 
birga trubada suvli aralashma ko‘rinishida so‘riladi, suzuvchi aralashma uzatuvchi 
yordamida yig‘iladi. 
Markazdan  qochma  tuproq  so‘rgichlardan  tashqari  qum  suvli  aralashmani 
qazib  olishda  gidroelevatorlar  ishlatiladi.  Qum  suvli  aralashmalar  qirg‘oq 
bo‘yidagi  maxsus  ombor  maydonchasida  yig‘iladi,  u  erdagi  suv  havzaga 


53 
 
qaytariladi. Bunda bir vaqtning o‘zida qumni chang va gilsimon qo‘shimchalardan 
tozalash, boyitish va fraksiyalash ishlari bajariladi. 
Qumni  gidromexanizatsiyalashgan  qazib  olish  faqat  daryo  yoki  boshqa  suv 
havzalarida  emas,  balki  suvli  tekislik  konlarida  ham  ishlatish  mumkin.  Suv 
yuzasidan  yuqorida  joylashgan  qum  konlarini  qayta  ishlash  gidromonitorlarda 
bajariladi.  Gidromonitor  o‘zida  boshqariladigan  trubali  stvol  va  ohirida  tor 
nasadkani mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv havzasidan 
uzatilgan suv gidromonitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish