Texnologiyasi


Agloporit qumi va shag‘aliga qo‘yiladigan talablar



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/163
Sana21.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#397305
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   163
Bog'liq
fayl 1473 20210817

Agloporit qumi va shag‘aliga qo‘yiladigan talablar 
 KMK  ga  ko‘ra  agloparitning  donadorlik  tarkibi  bo‘yicha  fraksiyalarga 
ajratish, uyilma zichligi asosida markalarga bo‘lish keramzit shag‘ali kabi amalga 
oshiriladi.  Agloporit  chaqiq  toshning  talab  etiladigan  mustahkamlik  chegarasi, 
silindrda  maydalashda  aniqlangan  qiymatlari  keramzit  shag‘aliga  nisbatan  kichik 


152 
 
bo‘ladi (jadval-14.1). Lekin agloporitni keramzitga nisbatan mustahkamligi kichik 
deb emas, balki dona shaklini xam inobatga olish kerak. 
Agloporit chaqiq toshining mustaxkamligiga qo‘yiladigan talablar 
jadval- 7.2 
Uyilma 
zichligi 
bo‘yicha 
markasi 
Silindrda maydalanish 
mustaxkamligi, MPa sifat 
darajasiga ko‘ra, kam emas 
Uyilma 
zichligi 
bo‘yicha 
markasi 
Silindrda maydalanish 
mustaxkamligi, MPa sifat 
darajasiga ko‘ra, kam emas 
oliy 
birinchi 
oliy 
birinchi 
400 
0,4 
0,3 
700 
1,0 
0,9 
500 
0,6 
0,5 
800 
1,4 
1,2 
600 
0,8 
0,7 
900 
1,6 
1,4 
 
Silindrda maydalashda mustahkamlikning absolyut emas balki nisbiy qiymati 
aniqlanadi,  chunki  mustahkamlik  sinalayotgan  to‘ldiruvchi  shakliga  bog‘liqdir. 
Metall  silindrga  solingan  o‘ta  qirrali  agloporit  chaqiq  toshni  ezishda  keramzit 
shag‘aliga  nisbatan  kam  kuch  sarflanadi.  Tadqiqotlar  shuni  ko‘satdiki, 
agloporitning mustahkamligi betonda sinalganda silindrda standart mustahkamlikni 
sinashdagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 25-30 barobar ortadi. 
 Turli fraksiyadagi agloporit quyidagi uyilma zichlikni tashkil etadi:  
chaqiq  tosh  fraksiyasi  20-40mm,  uyilma  zichligi  500-600kg/m
3
;  10-20mm, 
600-700 kg/m
2
; 5-10mm, 700-800kg/m
3
;  
5mm gacha yiriklikdagi qumda – 1000kg/m
3
 gacha.  
Agloparit  chaqiq  toshining  donalari  orasidagi  bo‘shiqlik  50-60%  ni  (yuqori 
sishafli uchun 50% gacha) tashkil etadi.  
Dona zichligi chaqiq tosh uyilma zichligiga nisbatan 2 va undan ko‘p martaga 
ortadi. Agloporit chaqiq toshining donalar g‘ovakligi 40-60% ni tashkil etadi. 
Donalar  shakli  koeffitsienti  o‘rtacha  2,5  dan  oshmasligi  kerak  (yuqori  sifatli 
agloporit  uchun  -2).  Keramzit  shag‘alidan  farqli  ravishda  agloporit  chaqiq  toshda 
ko‘p  miqdorda  ochiq  g‘ovaklar  (15-20%)  bo‘lib,  betonda  suv  yoki  sement 
qorishmasi bilan to‘ladi. Bu sement sarfini bir muncha oshishiga olib keladi, biroq 


153 
 
to‘ldiruvchining sement qorishmasi bilan yaxshi bog‘lanishini va mustahkamligini 
oshishini ta’minlaydi. Natijada yuqlri mustahkamlikdagi agloporit beton olinadi. 
Agloporit  yuqori  darajada  zichligi  va  mustahkamligi  bo‘yicha  bir  jinsligi 
bilan  farqlanadi,  bu  esa  betonda  qo‘llanishi  samaradorligini  oshiradi.  Davlat 
standartiga  ko‘ra  uning  uzoq  muddatga  chidamliligi  va  bardoshliligini  ta’minlash 
maqsadida  talablar  qo‘yiladi.  Agloparit  chaqiq  toshining  bardoshliligi  silikat 
nurash va sovuqqa bardoshliligi bilan tekshiriladi. YOnmagan yoqilg‘ilar qoldig‘i 
chegaralanadi. Agloporit chaqiq  toshi namunasining qizdirishda massa yo‘qotishi 
3%  dan  oshmasligi  kerak.  Agloporit  chaqiq  toshida  yonmagan  donalar  miqdorini 
chegaralash uchun natriy sirka kislota aralashmasida sinov ishlari bajariladi, bunda 
uch  sikl  aralashmaga  solish  va  quritishda  massa  yo‘qotilishi  5%dan  oshmasligi 
kerak.  Agloporit  qumi  uchun  donadorlik  tarkibi  normaga  keltiriladi.  Qumning 
qizdirishda massa yo‘qotishi 5% gacha ruxsat etiladi. 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish