128
nafaqat turli
diametrli naycha va quvurlar, elektroizolyatsion materiallar, quti va
idishlar, uy-ro‗zg‗or buyumlari,
stol va stullar, tola va plyonkalar tayyorlanadi,
balki ulardan ishga chidamli filtrlar sifatida ham sanoatda keng qo‗llanilib
kelinmoqda.
Polimer plyonkalari va tolalarning g‗ovakligini oshirish va ulardan polimer
filtrlari sifatida qo‗llanish polimerlar texnologiyasining eng dolzarb
muammolaridan hisoblanadi. Polimer plyonkalari yuqori
elastiklik xossasiga ega
ekanliklari tufayli ularning g‗ovakligini bosim ostida kamaytirish yoki tashqi
kuch ta‘sirida cho‗zib ularning g‗ovakligini oshirish mumkin. Hozirgi paytda
polietilentereftalat plyonkalarini suyuqliklar muhitida cho‗zib uning g‗ovakligini
oshirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Ammo polimerlarni to‗ldirgich bilan
to‗ldirish – yuqoridagi muammoning eng samarali yechish yo‗li hisoblanadi.
To‗ldirgich sifatida ishlab chiqarish chiqindilari qorakuya (saja), kukun,
yanchilgan toshlar,
shishalar, ingichka tolalar, marmar uni, yog‗och uni, bur,
kaolin, grafit, tuf, alyumosilikatlar va boshqa materiallar qo‗llaniladi. Ular
yanchish qurilmalarida chang holatiga keltiriladi va har bir zarrachaning o‗lchami
10 mkm dan kichik bo‗ladi. Polimer kukuni va to‗ldirgich yaxshilab aralashtiriladi
va press yordamida yuqori xaroratlar (180-220°C) da to‗ldirilgan polimer
plyonkalari olinadi.
Bunday polimer kompozitsiyalar (kompozitlar)ning yaratilishi ko‗pgina
ekologik muammolarni yechishga katta yordam berdi. Masalan, ko‗mir, yog‗och
va mazut bilan ishlaydigan qozonxonalarda katta
hajmlarda kukun va qorakuya
yig‗ilib qoladi va ular ma‘lum ekologik muammolarni yuzaga kelishiga sabab
bo‗ladi. Ushbu korakuya va kukunlarni polimer tarkibiga to‗ldirgich sifatida
kirg‘izish nafaqat polimer mustahkamligini oshiradi,
balki uning narxini ham
pasaytiradi.
Polimerning g‗ovakligini oshirish uchun shunday to‗ldirgichlar tanlanadiki,
ularning zarrachalari suyuqlik muhitida reaksiyaga kirish qobiliyatiga ega bo‗lsin.
Masalan, osh tuzi (
Na Cl
) va bir qator ochiq g‗ovakliklar vujudga keltiruvchi tuzlar
(
KHSO
2
, Na NSO
3
, NH
4
NH
3
, Na NO
3
) bilan to‗ldirilgan polimerlar (masalan,
129
polietilen) suvda yuviladi, ya‘ni bu tuzlar suvda yaxshi eriydi va natijada g‗ovak
filtr hosil bo‗ladi. G‗ovakliklarning o‗lchami to‗ldirgich zarrachalarining miqdori
va o‗lchamiga bog‗liq: to‗ldirgich zarrachalarining o‗lchami kichik bo‗lsa,
g‗ovakliklarning o‗lchami ham kichik bo‗ladi. Bunday filtrlarni kimyo sanoatining
barcha tarmoqlarida qo‗llash mumkin. Ammo bunday
filtrlarni tanlash uchun
quyidagi shartlar inobatga olinishi kerak:
1. Filtr tarkibida to‗ldirgich qoldiqlari bo‗lmasligi kerak.
2. Filtr tarkibida zaharli moddalar bo‗lmasligi kerak.
3. Filtr mustahkam, egilmas va uning narxi arzon bo‗lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: