ATROF – MUHIT MUHOFAZASI
114
Insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hozirgi kunga kelib, bir-biri bilan bog‗liq
bo‗lgan va hal etilishi jihatdan ham dolzarb bo‗lgan global muammolarni vujudga
kelishi bilan xarakterlidir. Ana shunday hozirgi kunning dolzarb muammolaridan
biri bu ekologik muammolar bo‗lib, u nafaqat bir mintaqa, balki butun insoniyat,
hayvonot, nabodot olamiga xavf solmoqda. O‗zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti
I. Karimov ta‘kidlaganidek, ―Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi
keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning
manfaatlariga mos bo‗lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‗p jihatdan
ana shu muammolarni hal qilinishiga bog‗liq‖. Jahon miqyosida yuz bergan
jarayonlar tahlili shuni ko‗rsatadiki, hozirgi vaqtda insoniyat uchun nihoyatda
o‗tkir va dolzarb bo‗lib turgan global ekologik muammolar quydagilardan iborat:
- Iqlim o‗zgarishlari, ozon qatlamining yemirilishi;
- Cho‗llashish va yerning degradsiyasi;
- Bio xilma-xilliklarning qisqarishi;
- Ichimlik suvining ifloslanishi va yetishmasligi;
- Aholi sonining ortib borishi;
- Ortiqcha hajmdagi chiqindilarning hosil bo‗lishi va ularni zararsizlantirish
muammolari;
- O‗rmon va tuproq inqirozi. [22]
Darhaqiqat, bugungi tabiat muvozanatidagi o‗zgaruichan ahvol dunyo
jamoatchiligidan jiddiy bosh qotirishni talab qiladi. Respublikamizda ham
mustaqillikning dastlabki yillaridanoq milliy ekologik qonunchilik negizlari
asosida inson va millat manfaatlari yaqqol ustuvorlik qiladigan mukammal
ekologik siyosat – haqiqiy ma‘nodagi institut qaror topdi. O‗zbekiston umumjahon
ekologik muammolarni hal qilish siyosatining sub‘ektiga aylandi.
Xususan, O‗zbekistondagi ekologik muammolar Orol dengizi bilan bog‗liq.
Orol dengizi havzasidagi tahlikali vaziyatning yechimida barcha davlatlar
manfaatlarini uyg‗unlashtirish zaruriyatini anglagan O‗zbekiston rahbariyati
115
mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab ushbu ekologik tanglikni bartaraf
etish choralarini ko‗ra boshladi.
1993 yil O‗zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Karimov Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so‗zlagan nutqida
dunyo hamjamiyati diqqat e‘tiborini narkobiznes, xalqaro terrorizm, diniy
ekstremizm, Afg‗onistondagi tahlikali vaziyat bilan bir qatorda Orol dengizi
fojeasiga qaratdi. Orol muammosi, nafaqat O‗zbekiston yoki Markaziy Osiyoning,
balki butun dunyoning muammosi ekanligini tashvish bilan ta‘kidlab o‗tdi.
Davlatimiz rahbari ekologik fojealarni bartaraf etishda BMTning rolini
kuchaytirish lozimligi hamda O‗zbekiston bu borada ushbu xalqaro tashkilot bilan
doim hamkorlik qilishga tayyor ekanligini alohida ta‘kidlagan edi.
Zotan, XXI asrning olamshumul fojeasi deb tan olingan ushbu ekologik
bo‗ronni bartaraf qilish birgina O‗zbekiston yoki Markaziy Osiyo davlatlari
imkoniyati darajasida emas, balki faqatgina jahon hamjamiyati, yirik xalqaro
tashkilotlar, nodavlat uyushmalar bilan o‗zaro hamkorlikni kuchaytirish orqaligina,
ushbu muammo echimini topish mumkin.
Shunday ekan, bu muammolarning yechimi barcha davlatlarning moddiy,
texnik, texnologik, intellektual imkoniyatlarini birlashtirishdan tashqari, bu
jarayonda inson omili rolini rivojlantirishni taqozo etmoqda. Shuni ta‘kidlash
joizki, hozirda ekologik siyosat borasida olib borilayotgan ishlarning samarali,
ko‗p jihatdan, fuqarolar ekologik ongi va madaniyatini rivojlanishiga bog‗liq.
Shunday
ekan, insoniyat ijtimoiy iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy hayot
taraqqiyotining mezonlari tizimida ekologik ong va ekologik madaniyat
ustivorlashuvi qonuniyat maqomiga ega bo‗lishi shart. Shundagina ekologik ong
va madaniyat asosida insonlar tabiiy atrof-muhit muhofazasi bilan bog‗liq
vazifalarni o‗rganish, ularni hal etish va bajarish muammolar yechimini topishga
urinadilar.
Zaxarli moddalarning insonga, xayvonlar va o‗simliklarga eng minimal
ta‘sirini aniqlash uchun 200 xil modda uchun chegaraviy mumkin bo‗lgan miqdor
(CHMM) ishlab chiqilgan.
116
CHMM asosan quyidagi ko‗rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan:
1. U yoki by moddaning chegaraviy mumkin bo‗lgan miqdori deb uning
shunday miqdorini tanlab olinadiki, shu miqdordagi xar qanday modda insonga
ta‘sir ko‗rsatganda uning ish qobiliyatini kamaytirmaydi va salomatligi,
kayfiyatiga xech qanday ta‘sir ko‗rsatmaydi.
2. Zaharli moddalarga moslashish noxush xisoblanib, o‘rganilayotgan
miqdorning mumkin emasligining isboti xisoblanadi.
3. Zaxarli moddalarning o‗simliklarga, iqlimga, atmosfera havosining
tiniqligiga va aholining yashash sharoitlariga noxush ta‘sir ko‗rsatayotgan
miqdorini mumkin bo‘lmagan miqdor deb belgilansin.
Xar bir modda uchun tegishli CHMM qabul qilingandir.
Xavoni changdan tozalashning quyidagi usullari mavjuddir:
1) gravitatsion usuli;
2) quruq inersion va markazdan ko‘chma kuch asosida tozalash usuli;
3) xo‗llash usuli;
4) filtrlash usuli;
5) elektrostatik usul;
6) tovush va ultratovush yordamida koagullash ycyli.
Atmosfera havosini zaxarli gazlardan tozalash jarayoni asosan gazlarni
suyuqlik va qattiq jism chegara sirtlarida boruvchi kimyoviy uzgarishlar xisobiga
olib boriladi. Zaxarli gaz moddalarning fizik-kimyoviy xossalari, ularni ajratib
olinish sharoitlariga binoan ylarni tozalash uchun aksariyat hollarda quyidagi
usullar qo‗llaniladi:
1. Adsorbsiya.
2. Absorbsiya.
3. Katalitik.
4. Tepmik.
Kimyo sanoatida suv-xom ashyo, erituvchi, reaksion muhit, ekstragent,
absorbent sifatida, moddalar, uskunalarni sovitish va isitishda, tayyor
maxsulotlarni va uskunalarni yuvishda ishlatiladi. Texnologik jarayonlarda
117
ishlatilgan suv turli xil moddalar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o‗g‗itlarni
ishlab chiqarishdagi oqova suvlar kislota, ishqor va tuzlar bilan ifloslanadi: neftni
qayta ishlash korxonalarning suvlari -neft maxsulotlari, yog‘, moy, fenol, sirt-aktiv
moddalar bilan ifloslangandir; plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish
kopxonalarining suvlari tarkibida monomerlar, yuqori-molekulyar birikmalar,
saqich va x.k. moddalar bor.
Oqova suvlarning ifloslik darajasi quyidagi ko‗rsatgichlar orqali aniqlanadi:
1) orgonaleptik ko‗rsatgichlar (rangi, xidi, mazasi, tiniqligi va x.k).
2) fizik kimyoviy ko‗rsatgichlar (pH, temperatura, elektroo‘tkazuvchanlik,
suvning qattiqligi, qovishqoqligi, zichligi, sipt tarangligi va x.k).
3) erigan organik va anorganik moddalarning miqdori, kislorodning kimyoviy
(XPK) va biokimyoviy (BPK) sarflanishi.
4) kolloid, mayda va yirik dispersli zarrachalarning miqdori.
Oqova suvlarning bir necha sinflanishi mavjuddir. Iflos suvlarning bip necha
sinflanishi mavjuddir. Iflos suvlarning effektiv tozalash sxemasini tanlab olish
uchun eng qulay bo‗lgan sinflanish - bu L. A. Kulskiy sinflanishidir. Ushbu
sinflanishga binoan suvlar 4 guruhga bo‘linadi:
1 gupuh - suvda erimaydigan yirik dispersli zarrachalar bilan ifloslangan
suvlar, zarrachalar kattaligi l0
-3
-10
-7
m.
2 guruh - suvda erimaydigan mayda dispersli va kolloid zarrachalar bilan
ifloslangan suvlar , zarrachalar kattaligi l0
-7
- 10
-9
m.
3 guruh - suvda erigan organik moddalar bilan suvlar.
4 guruh suvda erigan anorganik moddalar bilan ifloslangan suvlar (kislota,
ishqor, tuzlar).
Oqova suvlarning xar bir guruhiga o‘ziga xoc tozalash usullari mavjud bo‗lib,
ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) mexanik tozalash usullari (tindirish, filtrlash, sentrifugalash);
2) fizik-kimyoviy usullar (flotasiya, adsorbsiya, flokulyasiya, koagulyasiya,
ekstraksiya, ion almashinish usuli);
3) kimyoviy usullar (neytrallash, oksidlash, qaytarish, termooksidlash).
118
Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining asosiy yo`nalshlari belgilansa,
ushbu konstitutsion qoidalarga mos ravishda qabul qilinadigan qonunlarda atrof
tabiiy muhitni muofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning
talablari, mexanizmi mustahkamlanadi.
Respublikamiz mustaqilikka erishgandan so‗ng O‗zbekiston Respublikasi
quyidagi qonunlari qabul qilindi:
O‗zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‗g‗risida» gi
qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy
xududlar to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Davlat saniyatariya nazorati to‗g‗risida» gi
qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida» gi
qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish
to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «O‗simlik dunyosini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va
ulardan foydalanish to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi»;
O‗zbekiston Respublikasining «Yer osti boyliklari to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «O‗rmon to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Xizmat va mahsulotlarni sertifikatlashtirish
to‗g‗risida» gi qonuni;
119
O‗zbekiston Respublikasining «Aholini va xududlarni tabiiy hamda
texnogen xususiyatlari favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‗g‗risida» gi
qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi
to‗g‗risida» gi qonuni;
O‗zbekiston Respublikasining «Radiatsiya xavfsizligi to‗g‗risida» gi
qonuni va boshqalar.
Ushbu qonunlarda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy obektlardan oqilona
foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta‘minlash bilan bog‗liq ijtimoiy
munosabatlarning maqsadi, vazifasi, obekt va subektlari, tabiiy resurslarning
huquqiy holati, ushbu sohada yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari,
majburiyatlari, erkinliklari, kafolatlari va vakolatlari, tabiiy resurslardan
foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi, muddati va talablari, ekologik
qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik chora-tadbirlari
kabi ekologik-huquqiy qoida talablari belgilangandir. Biokimyoviy usullar - tirik
organizmlarning organik ifloslantiruvchi moddalarning oziqa sifatida iste‘mol
qilishiga asoslangandir.
Yuqorida keltirilgan usullar 2 turga bo‘linadi: regenerativ usullar -
ifloslantiruvchi moddalarni suvdan ajratib olib ularni qayta ishlatishga asoslangan;
destruktiv
usullar
eca
ifloslantiruvchi
strukturasini
buzib
yuborib
zararsizlantirishga asoslangandir.
Hozirgi zamonda atmosfera havosini zaxarli gazlar bilan ifloslanishi
kamaytirish maqsadida ko‘pincha balandligi 100 m dan 400 m gacha bo‗lgan
trubalardan foydalaniladi. Ushbu tadbir aytarli samara bermasa ham, lekin chiqindi
hosil bo‘layotgan va tashlanayotgan yerlarda uning miqdorini chegaraviy mumkin
bo‗lgan miqdorgacha (CHMM) tushirish imkonini yapatadi. Trubkalar balandligini
oshirish usha yerning o‘zida iflos moddalarni mezomasshtab va uzoq tarqalish
zonalariga tushishini ta‘minlaydi, ya‘ni yaqin (maxalliy) tarqalish xonasida uning
miqdorini kamaytiradi. Masalan: 200 m li trubadan tashlanayotgan chiqindi
moddalar 75-250 m li padiyclap tapqaladi.
120
Atmosfera havosining tozaligini saqlash maqsadida hozirgi kunda quyidagi
tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiriladi:
1. Shaxarlarda atmosfera havosini kuchli ifloslantiruvchi sanoat korxonalarini
joylashtirish
mumkin
emas (masalan: kimyoviy, metallurgiya va x.k).
2. Qurilayotgan sanoat korxonalarini aholi zich joylashgan yerlardan uzoqroq
joyga shamol yo‘nalishini xisobga olgan holda joylashtirish kepak va yning
atrofida sanitar ximoya zonalarini barpo qilish zarur.
3. Havoga chiqarilayotgan gazlarning zaxarlilik darajasiga qarab sanoat
korxonalarini 5 sinfga ajratilgan va ularning xar biriga quyidagi sanitar ximoya
zonalarini belgilangan:
I - 1000 m, II - 500 m, III – 300 m
,
IV - 100 m, V - 50 m.
Ushbu ximoya zonalarining maydoni ko‘kalamzorlashtirilgan bo‗lishi kerak.
Chunki 1 m
2
barg yuzaci 1,5-3,0 gr gacha changni va 1 gr yashil o‗simlik maydoni
esa 8 kg/soat CO
2
gazini yutishi mumkin.
4. Sanoat korxonalari albatta tepalik va shamol yaxshi yuradigan yerlarga
joylashtirilishi kerak.
5. Zaxarli gazlarni tashlaydigan trubalarning balandligi 250 - 300 m. bo‘lishi
kerak.
6. Yoqilg‗ilarni gaz va elektr turlari bilan almashtirish kerak.
7. Yoqilg‗i sifatida foydalanilayotgan neft va gaz tapkibidagi oltingugurtni
tozalash uchun ularga maxsus ishlov berish kerak.
8. Atmosfera havosini ximoya qilishning eng asosiy chora -tadbirlaridan biri
tozalagich moslamalarini va inshoatlarini qurishdir.
Lekin yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar atmosfera havosini ifloslanishidan
saqlash uchun yetarli emasdir. Buning uchun eng avvalo sanoat korxonalarida
hosil bo‘layotgan chiqindilarning miqdorini keskin kamayishiga erishishimiz
zarurdir.
Zaxarli gazlarni miqdorini kamaytipishning texnologik choralari texnologik va
konstruktiv
o‘zgartirishlar yig‗indisidan tashkil topgan. Ular quyidagi
yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
121
1. Texnologik jarayonlarni borishi davomida zaxarli moddalarni hosil bo‘lish
mexanizmini o‘rganish.
2. Asosiy inshoatlar konstruksiyasini takomillashtirish.
3. Xom ashyo sifatida ishlatiladigan zaxarli moddalarni kam zaxarli yoki
umuman toza turlari bilan almashtirish.
4. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish. Yuqoridagi texnologik
tadbirlar ichida zaxarli moddalarni hocil bo‘lish mexanizmini o‘rganish eng asosiy
o‘rinni egallaydi.
Yuqoridagi
qonunlarga
asoslanib
aytish
mumkinki,
―chiqindisiz
texnologiya‖ atamasi shartli bo‗lib, uning o‗rnida ―toza‖ yoki ―ekologik toza
texnologiya‖ atamalarini qo‗llash maqsadga muvofiqdir. Chunki muhandislik
amaliyotida 100% chiqindisiz texnologiyalarni amalda joriy etish katta mablag‗ni
talab qiladi: loyihalash ishlari, murakkab texnologik jarayonlar va zamonaviy
asbob uskunalarni yaratishni taqozo etadi.
―Chiqindisiz texnologiya‖ inson ehtiyojlarini qondirish, bilim, usullar va
vositalarni amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan unumli
foydalanishni ta‘minlash va atrof-muhitni muhofazalash demakdir. ―Chiqindisiz
texnologiya‖ - bu mahsulotning shunday ishlab chiqarish usuliki, unda xom-ashyo
- ishlab chiqarish - iste‘mol qilish - ikkilamchi xom-ashyo resurslari siklida
energiya va xom-ashyolardan unumli va kompleks ravishda qo‗llaniladi va tabiiy
muhitga etkazilgan har qanday ta‘sir uning normal holatidan chiqara olmaydi.
Ushbu ta‘rifda 3 holatni ajratish mumkin:
1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda
tashkil etilgan va rostlangan texnogen moddalarning aylanib turishi tashkil etadi.
2. Xom-ashyo tarkibidagi barcha komponentlardan unumli foydalanish, iloji
boricha energiya resurslari potensialidan to‗laroq foydalanishning majburiyligi.
3. Chiqindisiz texnologiya tabiiy muhitga ta‘sir qilib uning normal
ishlashiga ta‘sir etmaslik.
Kam chiqindili texnologiya mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki,
unda tabiiy muhitga yetkazilgan zararli ta‘sir ruxsat etilgan sanitar-gigienik
122
me‘yorlardan oshmaydi. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik, tashkiliy va
iqtisodiy sabablar tufayli xom-ashyoning ma‘lum bir kichik qismi chiqindi bo‗lib
qolishi mumkin va ular ekologik xavfsiz joylarda saqlanadi yoki ko‗miladi.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, kam chiqindili ishlab chiqarishni tashkil
etishning asosiy sharti – korxonada foydalanishga yaroqsiz chiqindilar va xususan,
zaharli moddalarni zararsizlantirish sistemasining mavjudligidir. Chiqindilarning
miqdori yoki atrof-muhitga yetkazadigan ta‘siri ularning ruxsat etilgan chegaraviy
konsentratsiyalaridan ortmasligi kerak.
Shuni ham yodda tutish kerakki, ―chiqindisiz va kam chiqindili
texnologiyalar‖ atamasi tabiiy resurslar, xom-ashyolarga kompleks (hamma
tomonlama) ishlov berish, resurslardan unumli foydalanish, qo‗shimcha (ikkinchi
darajali) mahsulotlar, ishlab chiqarish chiqindilari, iste‘molga yaroqsiz bo‗lib
qolgan chiqindilar, ikkilamchi materiallar resurslari, ikkilamchi energiya resurslari,
iqtisodiy zarar kabi atamalar bilan uzviy bog‗liqdir.
Fan va texnikaning rivojlanishi va yangi texnologiyalarning ishlab
chiqarishda keng joriy etilishi natijasida insonning tabiatga ko‗rsatilayotgan ta‘siri
(antropogen ta‘sir) jadallashib bormoqda. Inson va tabiat orasidagi o‗zaro
munosabatlar murakkablashib, ushbu ta‘sir tabiiy omillar bilan qiyoslanadigan
darajaga yetdi. Shuning uchun atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi davrning eng
dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Biosferada antropogen ta‘sir qilish shu
darajaga borib yetdiki, yer yuzida ham tabiiy o‗zgarishlar ro‗y berib, ba‘zi
mintaqalarda hayot kechirish amri mahol bo‗lib qoldi.
Atrof-muhitni muxofaza qilish, tabiiy resurslardan tejamkorona va oqilona
foydalanish, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni ishlab chiqarish
korxonalarida keng joriy etish kabi masalalar eng muhim va o‗z yechimini
kutayotgan umumdavlat vazifalariga kiradi.
Respublikamiz va xususan, viloyatimiz miqyosida jiddiy va keskin ekologik
vaziyatlarni vujudga kelishining asosiy sababi ishlab chiqarish o‗sish sur‘atlarining
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish sur‘atlardan bir necha
marotaba yuqoriligidadir. Ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan mablag‗lar (u
123
milliy daromadning 1,5-2% ni tashkil etadi) kerakli miqdoriga nisbatan bir necha
o‗nlab marotaba kamdir. Rivojlangan mamlakatlarda esa, bu ko‗rsatgich korxona
mablag‗ining 25-30% ni tashkil etmoqda.
Ko‗p o‗n yilliklar davomida vujudga kelgan ekologik muammolarga siyosat
aralashib, ularga panja orqasidan qarab kelindi. Ularni nazar – pisand qilmaslik shu
darajaga etdiki, kelib chiqish sabablari hamma tomonlama o‗rganilmay qoldi.
Natijada atmosfera havosi, tuproq va suv manbalari zaharlandi, atrof – muhitga
misli ko‗rilmagan darajada zarar yetkazildi.
Plyonka ishlab chiqarish maqsadida presslash, ekstruziyalash va boshqa
ishlov berish usullari, sanoatning ko‗pgina tarmoqlarida keng qo‗llaniladi.
Ma‘lumki, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari (don va un mahsulotlari, sut,
muzqaymoq, pishloq, patir, qaymoq, yog‗—moy mahsulotlari, ichimliklar, go‘sht
va baliq mahsulotlari, olma, anor, shaftoli, o‗rik, uzum va ulardan olinadigan
ichimlik va shirinliklar, quritilgan kukunlar va hokazolar) ning o‗rash, qadoqlash,
saqlash va bir joydan ikkinchi joyga uzatish uchun turli plastmassalardan
tayyorlangan plyonkalar, ishga chidamli xaltalar, quvurlar, quti
,
savat va
idishlardan keng foydalaniladi. Buning uchun, tabiiy polimerlar (sellyuloza,
kraxmal, tabiiy kauchuk, ipak, turli xil katronlar), sintetik polimerlar
(polimerlanish va polikondensatlash reaksiyalari tufayli olinadigan polietilen,
polipropilen,
polistirol,
polivinilxlorid,
polimetil-metakrilat,
poliamid,
poletilentereftalat, epoksid va poliefir katronlari va xokazolar) va sun‘iy polimerlar
(ya‘ni, tabiiy polimerlarga kimeviy ishlov berish yuli bilan olinadigan polimerlar
— xlorkauchuk, sellyuloza efirlari va xokazolar) keng ishlatiladi. Lekin
polimerlarning tarkibi, tizimi va xossalarini kerakli darajada o‗zgartirish uchun
tarkibiga
ma‘lum
miqdorda
qo‘shimcha
moddalar
(yumshatgichlar
(plastifikatorlar}, ranglovchi moddalar, to‘ldirgichlar, barqarorlashtiruvchi
moddalar (stablizatorlar) kiritiladi. Odatda bunday materiallar plastmassa deb
ataladi.
Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, oziq — ovqat sanoatida
qo‘llaniladigan polimer materiallariga va ular asosida xosil qilinadigan polimer
124
kompozitsion materiallarga yagona gigienik va ekologik talab qo‘yiladi; polimer
tarkibidagi qo‘shimcha moddalar oziq —ovqat maxsulotlarining sifatiga, ta‘mi va
xidiga zarar yetkazmasligi kerak. Shuning uchun polimerlar tarkibiga kiritilgan
moddalar, ularning asosiy xossalari va ularga qo‘yiladigan talablar xaqida
batafsilroq to‘xtalib utamiz.
1. Ma‘lumki polimerlanish reaksiyalarini tezroq kechishi uchun xar bir polimerga
mos katalizatorlardan, ya‘ni reaksiya tezligini oshiruvchi moddalardan
qo‘llaniladi. Katalizator sifatida kislotalar (H
2
SO
4
, H
3
PO
4
, HC1 va boshqalar),
Lyuis kislotalari (A1S1z, TiCL
4
, ZnCI
2
va boshqalar) Fridel — Krafts
katalizatorlari (umumiy formulasi MeXn, bu erda Me —bor, alyuminiy, titan,
qalay va boshqalar, X —galogen (J
2
, JC1, JBr va boshqalar) qo‘llaniladi. Reaksiya
kechadigan muxitda katalizatorlarning konsentratsiyalari 10
-4
—10
-2
kmol/l ni
tashkil etishi mumkin.
1. Ushbu katalizatorlar polimerlanish reaksiyalari tufayli olinadigan polimer
kukunlari tarkibida qoldiq shaklida qolib ketishi mumkin. Shuning uchun, odatda
polimerda anorganik birikmalarning qoldiqlari kulchanlik miqdori bilan
ifodalanadi. Masalan, oziq-ovqat maxsulotlarini o‘rash uchun tavsiya etilgan
polietilen plyonkalarining tarkibida kulchanlik 0,02% dan oshmasligi kerak. Shuni
yodda tutish kerakki, tayyor polimer maxsuloti tarkibida qolgan katalizatorlarning
nixoyatda kichik miqdori polimer materialining eskirishini tezlashitirishi mumkin.
2. Polimerlanish reaksiyasi kechishi uchun shunday moddalar xam qo‘llaniladiki,
ular
polimerlanish
initsiatorlari
(tashabbuskorlari)
deb
ataladi.
Ular
kislorodorganik va anorganik perekislar, gidroperekislar xamda diazobirikmalari
bo‘lishi mumkin. Ushbu initsiatorlar issiqlik ta‘sirida parchalanib, ozod
radikallarni xosil qilish qobilyatiga ega. Perekislarning parchalanishi tufayli
paydo bo‘lgan maxsulotlar biologik faol xisoblanadi. Polimerlanish initsiatorlari
va ularning parchalanishi tufayli paydo bo‘lgan maxsulotlarning tayyor polimer
tarkibidagi miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak.
3. Polimer maxsulotlari xossalarini uzoq muddatlarga saqlab qolish
maqsadida ularning tarkibiga barqarorlashtiruvchi moddalar (stabilizatorlar)
125
kiritiladi. Ular biologik faol moddalar bo‘lib, polimer bilan kimyoviy bog‘langan
bo‘ladi. Ular vaqtning o‘tishi bilan polimer tarkibidan diffuziya bo‘lib, tashqi
muxitga chiqishi mumkin. Polimerlarda termostabilizatorlar sifatida kalsiy
stearati, rux stearati, bariy stearati, qo‘rg‘oshin stearati va boshqalar nixoyatda
keng ishlatiladi. Kalsiy stearati va rux stearati, shuningdek, kompleks
stabilizatorlar tarkibiga kiradigan ushbu stearatlar zaxarsiz moddalar xisoblanadi.
Lekin, kadmiy, bariy va qo‘rg‘oshin stearatlari nixoyatda zaxarlidir. Masalan,
oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan polivinilxlorid maxsulotlarini
barqarorlashtirish maqsadida epoksidlashtirilgan soya moyi qo‘llaniladi. Soya
moyi uncha zaxarli emas, ammo polimer tarkibiga undan ko‘proq kiritilishi
polimerdan boshqa qo‘shimcha moddalarni ajralib chiqishini kuchaytirib yuborishi
mumkin.
4. Ko‘pgina xolatlarda polimer tarkibiga yumshatgichlar (plastifikatorlar) kiritiladi.
Bundan asosiy maqsad —polimerga ishlov berishni osonlashtirish, plastik
(yumshoq) va sovuqqa chidamli maxsulotlar olishdan iboratdir. Polimer
kompozitsiyasi tarkibiga plastifikator kirg‘izish polimer bilan boshqa qo‘shimcha
moddalarni aralashtirishini osonlashtiradi va eng muximi, ishlov berish xaroratini
pasaytirishga
olib
keladi.
Bundan
tashqari,
plastifikator
plastmassa
maxsulotlarning yonmasligini ta‘minlaydi, issiqqa va nurga chidamliligini
oshiradi.
Plastifikatorlar sifatida xam quyi molekulyar va xam yuqori molekulyar birikmalar
qo‘llanilishi mumkin. Aromatik va alifatik karbon kislotalarning efirlari, fosfor
kislota, epoksidlashtirilgan birikmalar, poliefirlar, glikol va monokarbon
kislotalarning efirlari polimerlarning asosiy plastifikatorlari xisoblanadi.
Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, xozirgi paytda 2000 tadan ziyodroq
polimerlarga qo‘llaniladigan plastifikatorlar mavjud
Ammo oziq-ovqat maxsulotlari uchun mo‘ljallangan polimer maxsulotlarini
ishlab chiqarishda ularning nixoyatda sanoqli turlari (glitserin, parafin moyi,
etanolaminlar, ftal, sebatsin, adipin va limon kislotalarining efirlari, shuningdek,
quyi molekulyar poliefirlar) qo‘l keladi.
Sebatsin va limon kislotalarining efirlari,
126
stearin kislota va uning tuzlari (kalsiy stearat va rux stearat) zaxarsiz
plastifikatorlar xisoblanadi. Bundan tashqari, glitserin, triatsetin, kastor moyi,
mono-, di- va trietanolaminlar va ularning tuzlari xam zaxarsiz plastifikatorlar
xisoblanadi. Oziq —ovqat maxsulotlarini o‘rash plyonkalari ishlab chiqarish uchun
atsetiltributilsitrat va etilgeksilfenilfosfat kabi plastifikatorlardan qo‘llash katta
axamiyatga ega, chunki ular uncha zaxarli emas, kam uchuvchan, suvga, issiqqa va
moylar ta‘siriga chidamlidir.
Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, plastifikatorlar quyidagi talablarni
qondirishlari kerak:
1. Plastifikator polimer bilan yaxshi aralashib, ekspluatatsion barqaror sistema
yaratish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
2. Plastifikator xidsiz, rangsiz va kam uchuvchan bo‘lishi kerak.
3. Plastifikator past xaroratlarda xam polimerni yumshatish qobiliyatiga ega
bo‘lishi kerak.
4. Plastifikator polimer komponentlariga nisbatan kimyoviy barqaror
bo‘lmog‘i lozim.
5. Plastifikator suyuq muxitlar, moylar, eritgichlar, yuvuvchi moddalar va oziq
ovqat maxsulotlari ta‘sirida polimer tarkibidan ajralib chiqmasligi kerak.
1. To‘ldirgichlar polimer bilan aralashib bir jinsli sistema xosil qilish qobiliyatiga
ega bo‘lishlari kerak.
2. To‘ldirgichlar polimer suyulmasi yoki eritmasida xo‘llash qobiliyatiga ega
bo‘lishlari kerak.
3. To‘ldirgichlarni saklash, ularga ishlov berish va qullash jarayonlarida ular o‘z
xossalarini yo‘qotmasliklari kerak.
4. To‘ldirgichlar suv, moy va boshqa suyuqliklar ta‘sirida plastmassa tarki bidan
ajralib chiqmasliklari kerak.
6. Ko‘pgina xolatlarda oziq-ovqat maxsulotlarini o‘rash uchun ishlab
chiqariladigan
plyonkalar
va
umuman,
o‘rash maxsulotlarning estetik
ko‘rinishlarini yaxshilash maqsadida, ular maxsus bo‘yaladi. Plastmassa
127
maxsulotlarini ranglash uchun tabiiy va sintetik ranglardan qo‘llaniladi. Bunday
ranglar odatda erituvchilar ta‘sirida eriydi va polimer bilan kimyoviy bog‘langan
bo‘ladi. Ko‘pgina xolatlarda organik va anorganik pigmentlar xam plastmassa
tarkibiga kiritiladi. Ular eruvchan emas. Anorganik ranglar biologik faol moddalar
bo‘lib, ularning faolligi birikma tarkibidagi elementlarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
stronsiy va xrom elementlari asosida olingan ranglar zaxarli xisoblanadi. Turli
aminoantraxin va azoranglovchi birikmalar jigar, buyrak va markaziy asab
sistemasining normal ishlash faoliyatiga salbiy zarar yetkazadi. Polimer tarkibidan
ranglarni ajralib chiqishi va teri orqali yoki suv va boshqa oziq-ovqat maxsulotlari
bilan birga oshqozonga kirib borishi umumiy zaxarlanishga olib kelishi mumkin.
Temir va titan elementlari asosida olingan ranglar zaxarsiz xisoblanadi.
Odatda plastmassa maxsulotlari tarkibidagi ranglarning miqdori 0,01 — 1,0%
atrofida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |