57
“Yeng usulida” ishlab chiqarishda brak mahsulotlar va ularning turlari
Avvalgi bo‗limlardan ma‘lum bo‗ldiki, jarayonning texnologik parametrlari
o‗zgarganda plyonka xossalari texnikaviy shartlarda belgilangan doiralardan ham
oshib ketishi mumkin.
Demak, plyonka mustahkamligining pasayishi sababi:
1)
ε
v
yoki ε
r
qiymatlarining yetarlicha baland emas;
2)
Polimer suyuqlanmasining qizib ketishi, u termodestruksiyagsha olib keladi;
3)
Nokonditston xom – ashyo (yuqori namlik, uchuvchan moddalar qoldig‗i)
Plyonkaning qalinligi xar xil bo‗lishiga quyidagilar ta‘sir ko‗rsatadi:
1)
δ
щ
oraliqning perimetr bo‗yicha notekisligi va buning oqibati – yeng
zagotovkaning qalinligining boshidanoq har xil bo‗lishi, bu holda bo‗ylama
har xil qalinlilik;
2)
suyulmaning ko‗p darajada pulsatsiyasi (ko‗ndalang har xil qalinlilik ) yoki
tortuvchi vallar aylanmasini tezligining tebranib o‗zgarib turishi;
3)
ε
r
va
ε
v
ning juda yuqori qiymatda suyulmaning bir jinsliligi va uning
dastlabki turli qalinlikda bo‗lishiga bog‗liq holda plyonkaning har xil darajada
turli qalinlikda bo‗lishi;
4)
Puflanayotgan yengning geometrik holati noturg‗unligi, uning simmetriya
o‗qiga nisbatan qo‗zg‗aluvchanligi (o‗ralayotganda xar xil qalinlikdan
tashqari yig‗ilmalar hosil bo‗lib qoladi).
―Kichik – kichik gellar‖, ―baliq ko‗zi‖ kabi optik nuqsonlar bir necha
sabablar tufayli yuzaga keladi:
1)
Yaxshi suyulmagan polimer porsiyasi kallakga tushib qolishi;
2)
Polimerning yuqori molekulali massasi fraksiyasining ko‗payib ketgani;
3)
Suyulmaning sezilarli elastik shishib qolishi tufayli plyonka yuzasida
―tutunsimon‖ tusdagi ko‗rinish paydo bo‗lishi.
4)
Suyulma ekstruder II va III zonalari va to‗rda (setkada) yaxshi
gomogenlanmasligi;
5)
Yuqori haroratda suyulma makromolekulalarining ―tikilib qolishi‖;
6)
Ikkilamchi polimerlarni ortiqcha qo‗shib yuborish;
58
7)
Granulani UB – nurlanish ta‘siri.
Plyonkadagi qavariq yoki yaxlit teshiklar ko‗rinishidagi katta nuqsonlar
hosil bo‗lishi dastlabki hom – ashyoda namlik va boshqa uchuvchan komponentlar
miqdorining yuqori darajada bo‗lgani tufayli yuzaga keladi.
Yengning ko‗ndalang yo‗nalishida qiyshaygan yig‗ilmalar hosil bo‗lib
qolishi eng ko‗p uchraydigan brak turlaridandir. Plyonka taxlovchi moslama
yuzasi bilan uchrashgach, yuza minimal ishqalanish lozim va ularning uzoqlashish
burchagi shunday bo‗lishi kerak - ki, bunda yonaki va markaziy chiziq bo‗yicha
yo‗l uzunligi (bir xil) teng bo‗lsin. Agar ishqalanish ko‗r va yo‗llar uzunligi farqi
yuqori bo‗lsa, u holda taxlanish davomida yeng yuzasida yig‗ilmalar hosil bo‗ladi.
Plyonka silliq bo‗lmaydi. Bu nuqsonni bartaraf qilish uchun moslamalar (shek)
uzoqlashuvida iloji boricha minimal burchak ta‘minlash tavsiya qilinadi. Biroq
burchakning kamayishi plyonkaning shek (moslama) yuzasi bilan effektiv kontakt
uzunligini oshiradi. Shek effektiv uzunligining oshishi bilan uning plyonka yuzasi
bilan tutashish yuzasi ortadi, ishqalanish kuchi ko‗payadi va yeng o‗rtalarida ham
yig‗ilmalar hosil bo‗ladi. Bu holatni bartaraf etish uchun yo shek uzunligini
kamaytirish yoki plyonkani taxlash balandligida yeng ichida turgan maxsus tortib –
tekislovchi vilkadan foydalanish kerak.
Agar
ishlab
chiqarishni
boshlanishida
o‗ralgan
yengning
―kavsharlanganday‖ yopishib qolib, polotno qiyinchilik bilan ajrasa, u xolda
buning sababi tortuvchi vallar oralig‗iga kirish paytida plyonkaning harorati
nihoyatda yuqori bo‗lgani ma‘lum bo‗ladi.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |