4
Tajriba ishi №1
Mavzu: Microsoft Visual Studio 2012 dasturlash muhitini o’rnatish
Ishdan maqsad: Microsoft Visual Studio 2012 dasturini o’rnatisni o’rganish
va C tilida dasturlashning boshlang’ich elementlari bilan tanishish.
Nazariy qism:
Visual Studio,
Microsoft firmasining mahsuloti hisoblanadi. Bir necha yillardan
beri dasturchilarning asosiy ish quroli bo‘lib kelmoqda. Bu dastur orqali nafaqat C++
dasturlash tilida, balki boshqa tillar (C#, F#, FoxPro) da ham dastur tuzish mumkin
bo‘ladi. Shu sababli bu dastur biroz og‘irroq hisoblanadi (katta hajmdagi tezkor
xotirani talab qiladi). Visual Studio dasturini bir necha xil versiyalari mavjud bo‘lib,
hozirgi kunda
Visual Studio 2013 versiyasi chiqmoqda. Har bir versiyasiga bir
necha
modullar qo‘shilib, dasturni biroz qiyinlashtirmoqda. Shularni inobatga olib,
kompyuteringizni tuzilishiga qarab(tezkor xotira hajmi, protsessor,...), kerakli
versiyani o‘rnatish tavsiya qilinadi. Zamondan orqada qolmay deb, oxirgi versiyasini
qo‘yib, kompyuteringizni qiynab qo‘ymang.
Visual Studio bu dastur yozish uchun
muhit(joy) hisoblanadi. Bu muhitga, siz
tuzgan dastur kodlarini kompyuter kodlarga o‘tkazib beradigan
kompilyator
birlashtirilgan bo‘ladi. Har bir dasturlash turi uchun alohida kompilyator mavjud
bo‘lib, ishlatilgan dasturlash tiliga qarab kompilyator ishga tushadi. Visual Studio
dasturi o’rnatilsa, barcha kompilyatorlar ham avtomat o‘rnatiladi.
Demak dasturni o‘rnatishni boshlaymiz. Bunda,
Microsoft Visual Studio 2012
Professional dasturi o’rnatiladi. Bu dasturning boshqa versiyalarini o‘rnatish, biroz
boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, lekin asos har doimgidek bir hil.
Dasturni internetdan ko‘chirib olamiz yoki o‘rtog‘imizdan olib, dastur
papkasidagi
setup.exe faylini ishga tushiramiz va ekranda quyidagi oyna hosil
bo‘lganini ko‘ramiz va
Install Microsoft Visual Studio 2010 "ссылка"sini bosib,
o‘rnatishni boshlaymiz.
7
Shundan so‘ng, komponentlar o‘rnatilish boshlanadi, bu jarayon grafik tarzda
ko‘rsatiladi. Bu komponentlarni o‘rnatish biroz vaqt talab qiladi. Oxirida quyidagi
oyna
chiqadi va FINISH tugmasi bosiladi.
Interfeys – bu foydalanuvchiga muhit bilan qulay o’zaro aloqani ta’minlovchi
apparatdir. Kompyuteringizda Microsoft Visual C++ dasturini o’rnatganingizdan
keyin uni Пуск/Программы bandidan ishga tushirishingiz mumkin. Qulaylik uchun
o’rnatilgan dasturiy mahsulot belgisini operatsion sistema ishchi stolining pastki
qismida joylashgan tezkor ishga tushirish paneliga joylab qo’yish tavsiya qilinadi. Bu
panelda joylashgan ixtiyoriy belgi sichqonchaning birgina bosilishi bilan ishga
tushadi. Shunday qilib, Microsoft Visual C++ mahsulotini ishga tushiramiz. Ekranda
asosiy oyna – ishchi stoli hosil bo’ladi.
9
Yaratiluvchi ilova turini ko’rsatuvchi menyu.
1.3 – rasm. Tezkor chaqiruv tugmalari.
Bunday tugmalarning yonida ushbu tugmaning qo’shimcha vazifalarini
ochuvchi yana qo’shimcha tugma bo’lishi mumkin. Barcha tugmalarni ishchi stoliga
joylashtirishning iloji yo’qligi tufayli, ushbu tugmalar yashiringan holatda bo’ladi.
Ilova turini berish bilan ishchi soha o’z ko’rinishini o’zgartiradi. Bular bilan keyingi
Tajriba mashg’ulotlarida tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: