Abonentlar qurilmalaridan bazaviy stansiyaga trafikni uzatish
(kiruvchi yo‘nalish deyiladigan uplink) ko‘p stansiyali ulanishning
ikkita DAMA (so‘rov bo‘yicha ulanish) va TDMA (kanallar vaqt
bo‘yicha ajratiladigan ulanish) usullari kombinatsiyasiga asoslanadi.
Fizik daraja paketlari tuzilmasi MAC-daraja paketining o‘zgaruvchan
uzunligini qo‘llaydi. Uzatkich randomizatsiyalash, halaqitbardosh
kodlash va QPSK, 16 QAM va 64 QAM (oxirgi ikkita
modulyatsiyalash usullari opsiyalar sifatida ko‘zda tutilgan)
algoritmlari bo‘yicha modulyatsiyalashni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |