Mobil aloqa tizimlari antennalari. Nisbatan uncha katta
bo‘lmagan kuchaytirishi, uncha katta bo‘lmagan hajmlari va vazni
tufayli shtirli antennalar vaqtinchalik yoki harakatdagi bazaviy
stansiyalarda qo‘llaniladi. Zamonaviy sotali tizimlarda statsionar
bazaviy stansiyalarda asosan chastotalarning takrorlanishi afzalliklari
tufayli sektorli antennalar qo‘llaniladi. Gorizontal tekislikda sektorli
YDni, masalan, burchakli reflektorli yarim to‘lqinli vibratordan
foydalanish orqali olish mumkin. Sektorli YDni har bir qavatda
parallel vibratorlardan antennalar panjarasidan foydalanish orqali ham
olish mumkin.
Sotali
telefoniya
texnologiyasida
ishlatiladigan
ko‘plab
nurlantirgichlar shleyfli simmetrik vibrator, spiralli antenna, chorak
to‘lqinli shtir va past profilli antennalar hisoblanadi [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |