Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


kognitiv  radio  (cognitive  radio)  asosidagi  sotali  aloqa  tarmog‘i



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

kognitiv  radio  (cognitive  radio)  asosidagi  sotali  aloqa  tarmog‘i 
AQShda  test  rejimida  qurilgan.  Bu  ikkita  elementlaridan  bir  bo‘lgan 
tarmoq yoki simsiz uzel ruxsat etishga (litsenziyaga) ega bo‘lgan yoki 
ega  bo‘lmagan  foydlanuvchilarda  o‘zaro  halaqitlarni  olini  oladigan 
samarali  va  ratsional  aloqa  uchun  o‘z  uzatish  va  qabul  qilish 
parametrlarini  o‘zgartiradigan  simsiz  kommunikatsiyalash  tizimi 
hisoblanadi. Intellektual aloqaning bunday parametrlarini o‘zgartirishi 
radiochastotalar 
spektri,  foydalanuvchining  o‘zini  tutishi  va 
tarmoqning  holati  kabi  tashqi  va  ichki  radio  muhitning  bir  necha 
omillarini aktiv kuzatishga asoslangan. 
Hozirgi  vaqtda  rivojlangan  davlatlarda  butun  chastotalar  spektri 
taqsimlangan 
va 
qat’iy  litsenziyalanadi.  CHastotalar  doimo 
etishmaydi,  lekin  bunda  ular  juda  samarasiz  ishlatiladi.  Kognitiv 
radioning  (yoki  yana  intellektual  radialoqa  deyiladigan)  asosiy 
tamoyili  chastotaning  yuklanishini  dinamik  boshqarilishidan  iborat. 
Bu  juda  murakkab  texnik  jarayon  bo‘lib,  uning  ma’nosi  shundan 
iboratki,  bitta  aloqa  kanalili  sotali  tarmoqda  bitta  foydalanuvchi 
ikkinchi 
foydalanuvchiga 
kanal 
kerak 
bo‘lmaganida  undan 


198 
 
foydalanishi mumkin. Oddiy aytganda, kimgadir ajratilgan chastotalar 
egasiga  kerak  bo‘lmagan  momentda  ishlatilishi  mumkin.  Binobarin, 
yuklanganlik  ko‘pincha  yuqori  emas,  masalan,  abonent  ma’lum  vaqt 
mobaynida  mobil  telefon  bo‘yicha  so‘zlashadi,  qolgan  vaqtlarda  esa 
telefon  kutish  rejimida  bo‘ladi,  u  holda  shunday  qilib,  qo‘shimcha 
chastotalarni  qidirish  zaruratisiz  sezilarli  chastotalar  resurslari 
mumkin bo‘lib qoladi. 
Kognitiv radioning o‘ziga xos xususiyatlari turli chastotalardagi 
signallarni  olishi  va  uzata  olishi  hisoblanadi.  Bunday  tizimlarning 
xususiy  hollari  taqsimlangan  spektr  va  fazo-vaqt  bo‘yicha 
multiplekslash  texnologiyalari  hisoblanadi.  Bunday  tizimlarning 
ishlatilishi  alohida  oxirgi  qurilmalarning  funksionalligini  oshirish  va 
ularning  konvergensiyalanishini  ko‘zda  tutadi,  televidenie,  mobil 
aloqa  va  radio  uchun  faqat  bitta  qurilma  talab  qilinadi.  Bu  sinfdagi 
texnologiyalarning  alohida  nimsinfini    «intellektual»  radio  tashkil 
etadi,  u  elektromagnit  muhitni  tahlil  qilishni  o‘tkazadi  va  uzatish 
uchun vaqtincha yoki doimo ishlatilmaydigan chastotalarni topadi, bu 
har  bir  bunday  chastotada  uzatiladigan  ma’lumotlar  sonini  oshirishga 
imkon  beradi.  Kognitiv  radio bu  ma’nosi  bo‘yicha  hisoblash  modeli 
hisoblanadi. 
Sinov simsiz tarmog‘i Florida shtaning Fort-Loderdeyl shahrida 
testli  rejimda  ishga  tushirilgan.  XG  texnologiyasi  simsiz  “uy” 
telefonlarida, 
quloqchinlarda, 
kompyuter 
sichqonchalarida 
va 
boshqalarda  ishlatiladigan  900  MGs    diapazonda  litsenziyani  talab 
qilmaydigan  bo‘sh  900  MGs    diapazonda  ishlaydigan  o‘z  bazaviy 
stansiyalari va maxsus telefonlarni o‘z ichiga oladi. 
Xmax sinov simsiz tarmog‘i ikkita bazaviy stansiyalar va mobil 
telefonlardan  tashkil  topgan.  Har  bir  radiostansiya  bo‘sh  diapazonni 
sekundiga  33  martta  skanerlaydi.  Agar  boshqa  signal  topilsa, 
telefonlar va bazaviy stansiyalar boshqa diapazonlarga qayta sozlanadi 
va  barqaror  aloqani  saqlaydi.  XG  turdagi  tarmoq  standart 
yacheykasining  oltita  stansiyalaridan  har  biri  taxminan  to‘rt 
kilometrlar  radiusdagi  qurilmalarga  xizmat  ko‘rsatish  mumkin,  buni 
sotali aloqaning oddiy bazaviy stansiyasi bilan tenglashtirsa bo‘ladi. 
Simsiz tarmoq 110 ming aholi yashaydigan shahar joyini qamrab 
oladi.  Bunda  endi  minglab  qurilmalar  –  xavfsizlik,  video  enagalar 
simsiz  kameralari,  simsiz  telefonlar  va  boshqalar  ishlaydigan 
chastotalar  ishlatiladi.  Shunga  qaramay,  intellektual  tizim  shunchalik 
tez  moslashuvchanki,  samarasiz  ishlatiladigan  va  umuman  15  %ga 


199 
 
band  bo‘lib  qolgan,  qurilmalar  “unutgan”  bo‘sh  chastotalardan 
foydalanish  bilan  litsenziyalangan  sotali  aloqa  bilan  tenglashtirsa 
bo‘ladigan sifatni ta’minlashga imkon beradi. Barcha diapazonlar turli 
signallar  bilan  band  bo‘lgan  joylarda  intellektual  radioaloqa  band 
bo‘lmagan “oynalarni” topadi va bitta “oynadan” boshqalariga sakrash 
bilan  barqaror  bog‘lanishni  ta’minlaydi.  Intellektual  aloqadan 
foydalanish  uchun  litsenziyalanmagan  diapazonlara  band  bo‘lmagan 
chastotalarni ishlatishi mumkin bo‘lgan maxsus telefon zarur bo‘ladi. 
Ikkinchi  sinov  simsiz  tarmog‘i  Nyu-Meksikodagi  AQSh  Fort 
Blis armiya mashq bazasida qurilgan. Harbiylar barcha diapazonlar va 
aloqa  turlarini  (ovoz,  video,  test  xabarlari,  elektron  pochta  va 
ma’lumotlarga  ulanish)  ishlata  oladigan  va  jang  maydonida  barqaror 
tizimga  avtomatik  qurila  oladigan  kommunikatsion  tarmoqni 
yaratilishidan  manfaatdor.  Nazariy  jihatdan  bunday  tizim  buzilgan 
kommunikatsiyalarni mustaqil qayta tiklaydi va radioelektron qarama-
qarshilik sharoitlarida barqaror aloqani ta’minlaydi. 
Kognitiv  radio  asosida  Rossiya  Birlashgan  asbobsozlik 
korporatsiyasida  yangi  strategik  bombardimonchi  samolyoti  uchun 
aloqa  tizimi  ishlab  chiqilgan.  Ishlatilgan  yangi  texnologiyalar  er 
punktlari  bilan  dushman  aniqlash  tizimlari  uchun  sezilmaydigan 
ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. 
Kognitiv  radio  aloqa  vositalariga  ma’lumotlarni  almashlash 
uchun  mumkin  bo‘lgan  spektrni  tahlil  qilishni  o‘tkazishga, 
ishlatilmayotgan  chastotalar  polosalarini  aniqlashga  va  ularga  qayta 
ulanishning  avtomatik  amalga  oshirishga  imkoniyatini  beradi.  Bu 
radioelektron  so‘ndirish  ta’sirini  deyarli  so‘ndiradi.  Aloqa  tizimlari 
modulli  tamoyilni  hisobga  olish  bilan  konstruksiyalandi,  tizimning 
bloklari  qayta  dasturlashtirilish  imkoniyatiga  ega,  istalgan  vaqtda 
zarur  vazifaga  muvofiq  ravishda  dasturlar  to‘ldirilishi  yoki 
almashtirilishi mumkin. 
Intellektual  radioaloqaning  chastotalar  spektridan  samaraliroq 
foydalanilishi  tomonidan  juda  katta  potensiali  ko‘plab  kompaniyalar 
va ilmiy laboratoriyalarni bu sohada ishlashni boshlashga undadi. XG 
tizimlari  xuddiy  oddiy  GSM  tarmoqlari  kabi  qurilishi  mumkin. 
Intellektual  radioaloqa  ishlashni  boshlaydigan  birinchi  joylar  butun 
chastotalar  diapazoni  deyarli  tugagan  hududlar  yoki  sotali  aloqa 
qamrovi bo‘lmagan qishloq joylari bo‘lishi mumkin.  
Tizimni  ishlab  chiquvchilar  mavjud  tarmoqlarga  qo‘shimcha 
sifatida  XG  tamoyillarini  joriy  etishni  istashmoqda.  U  holda  turli 


200 
 
simsiz  qurilmalar  ham  litsenziyalanadigan,  ham  bo‘sh  turli 
diapazonlarga  ulanishni  dinamik  ola  oladi.  Masalan,  Wi-Fi 
chastotalari yuklanishida ular 900 MGs chastotaga o‘tish imkoniyatini 
oladi. Bundan tashqari, XG tizimi analog teleuzatishlarni translyasiya 
qilish  tugashi  tufayli  yanada  ko‘p  bo‘ladigan  litsenziyalanmaydigan 
chastotalar  “bo‘sh  joylarida”  ishlaydigan  yangi  tarmoqlarning 
“sig‘imini” oshirishi mumkin. 
Kognitiv 
radio yakunda 
barcha 
simsiz 
qurilmalarning 
birlashtirilishiga 
olib 
kelishi 
mumin 
va 
buning 
hisobiga 
foydalanuvchining  murakkabroq qurilmalar bilan o‘zaro ta’sirlashishi 
asta-sekin 
soddalashadi. 
Kognitiv 
radioga 
o‘z  intellektual 
imkoniyatlari  haqida,  shuningdek  ular  bilan  foydalanuvchi  bajarishi 
mumkin bo‘lgan amallar spektri haqidagi ma’lumotlar qo‘yilgan. 
 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish