Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

1-tarmoq 
2-tarmoq 
3-tarmoq 
4-tarmoq 
5-tarmoq 
6-tarmoq 


204 
 
sharoitlari  va  o‘rnatish  parametrlari  umuman  OOUT  tizimning  aloqa 
sifatini  aniqlaydi.  Amaliyot  ko‘rsatadiki,  mavjud  OOUT  tizimlar 
atrof-muhitning  har  qanday  sharoitlarida  va  to‘g‘ri  ko‘rinishda  ikki-
uch  marta  ortiq  bo‘lgan  masofalarda  ishlay  oladi.  Tizimning  ishlash 
qobiliyatini  aniqlaydigan  asosiy  omillar  atmosferadagi  yo‘qotishlar, 
deraza 
oynalaridagi 
yo‘qotishlar, 
binoning 
og‘ishlari 
va 
harakatlanishlari,  quyoshning  yoritishi  va  to‘g‘ri  ko‘rinishning 
qoplanishini o‘z ichiga oladi. 
 
OOUT  aloqa  masofasini  oshirish  usullari.  OOUTning  asosiy 
kamchiligi  uncha  katta  bo‘lmagan  aloqa  masofasi  hisoblanadi,  uni 
oshirishga  urinilarda  esa  yechilishini  talab  qiladigan  quyidagi 
muammolar vujudga keladi: 
− qabullagichning bo‘sag‘aviy sezgirligini kamaytirish; 
− nurlanishning maksimum quvvatini oshirish; 
− qabullagich linzasining diametrini oshirish; 
− atmosferadagi yo‘qotishlar koeffitsientini kamaytirish; 
− nurlanishning tarqalish burchagini kamaytirish. 
 
  Qabullagichning  bo‘sag‘aviy  sezgirligi  fotoqabullagich  qurilmasini 
xarakterlaydi va elementlar asosining zamonaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. 
 
Uzatkiching  maksimum  quvvatini  oshirish  nurlanishning 
o‘rtacha  quvvatini  oshiradi,  bu  o‘z  navbatida,  o‘rtacha  quvvatni  50 
mVtdan  ortishiga,  qurilmalarni  sertifikatlashtirish  va  vakolatli 
organlardan  ruxsat  olish  zaruratiga  olib  keladi.  Bundan  tashqari, 
dioddan issiqlik ajralishi ortadi, natijada nurlantirgich qiziydi va uning 
xizmat  ko‘rsatish  muddati  sezilarli  qisqaradi.  Bu  muammoni  bir 
vaqtda  impulsning  uzunligini  kamaytirish  bilan  maksimal  quvvatni 
oshirish  bilan  erishish  mumkin.  Bu  holda  nurlanishning  o‘rtacha 
quvvati oldingidek qoladi. 
Uzatish  tezligini  faqat  nurlanish  impulslari  chastotasini  oshirish 
yo‘li bilan erishiladi, bu nurlanishning o‘rtacha quvvatini ortishiga olib 
keladi.  Demak,  nurlantirgich  impulslari  uzunligini  kamaytirish 
maksimum  nurlantirish  quvvatini  oshirishga  va  bu  bilan  aloqa 
masofasini oshirishga yoki impulslar chastotasini oshirishga va bu bilan 
uzatish  tezligini  oshirishga  imkon  beradi.  Shunday  qilib,  uzatish 
tezligini  aloqa  masofasiga  ko‘paytmasi  nurlantirgich  impulslari 
uzunligi  bir  xil  bo‘lganda  o‘zgarmas  kattalik  hisoblanadi.  Bu  yerdan 
kelib  chiqadiki,  aloqa  masofasini  tezlikni  kamaytirish  yoki  impulslar 
uzunigini  kamaytirish  hisobiga  oshirish  mumkin.  Bunday  tasdiqlash 
uzatish tezligi uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi. 


205 
 
Aloqa  masofasini  oshirishning  boshqa  yo‘li  bu  linzaning 
diametrini  oshirish  hisoblanadi.  Zamonaviy  OOUT  modellarida 
linzalar  10  sm  tartibdagi  diametrga  ega,  lekin  keyingi  oshirish 
tizimning  qimmatlashishiga  olib  keladi.  Katta  diametrli  Frenel 
linzalarini ishlatish mumkin, lekin ular changlanishga sezgir. 
Aloqa  masofasini  nurlanish  to‘lqin  uzunligini  o‘zgartirish  yo‘li 
bilan  atmosferadagi  yo‘qotish  koeffitsientini  kamaytirish  hisobiga 
oshirish  mumkin.  Oldin  ko‘rsatilganidek,  atmosfera  halaqitlari 
spektrning  turli  qismlaridagi  nurlanishlarga  turlicha  ta’sir  qiladi. 
To‘lqin  uzunligini  ortishi  bilan  atmosfera  halaqitlarining  ta’siri 
kamayadi 1800 nm  atrofidagi to‘lqin uzunliklarida esa atmosferaning 
“shaffoflik  oynasi”  kuzatiladi.  Optik  signalni  uzatishga  yaraydigan 
quyidagi “shaffoflik oynalari” mavjud: 400-1050 nm, 1200-1300 nm, 
1500-1800 nm, 2100-2400 nm, 3300-4200 nm, 4500-5000 nm, 8000-
13000 nm [36-38]. 
Aloqa  masofasini  uzatkichning  tarqalish  burchagini  kamaytirish 
bilan ham oshirish mumkin. Lekin bu quyidagi muammolarga bog‘liq: 
− uzatkichning  tarqalish  burchagini  kamaytirish  OOUTning 
sozlanishi  va  to‘g‘rilanishini  murakkablashtiradi  va  mos  ravishda 
tizimni montaj qilish qimmatlashadi; 
− ingichka nur qimmatroq obyektiv orqali shakllantiriladi. 
 
Bundan 
tashqari, 
ko‘plab 
OOUTlarda 
montaj 
qilish 
protsedurasini  soddalashtirish  maqsadida  qabul  qilish  va  uzatish 
bloklari bitta korpusda joylashtiriladi. Lekin bu holda ishlab chiqarish 
jarayonida  korpusning  ichida  qabullagi  va  uzatkich  optik  o‘qlarining 
parallelligini  aniq ta’minlash  (aks  holda  ikki  tomonlama  aloqa  uchun 
bloklarni sozlash mumkin bo‘lmay qoladi) zarur bo‘ladi.  
 
Ob’ektlar  orasida  to‘g‘ri  ko‘rinish  bo‘lmaganida  yoki  interval 
uzun  bo‘lganida  retranslyator  o‘rnatilishi  mumkin.  Retranslyatorga 
faqat  ta’minotni  yetkazish  va  obyektlar  orasida  to‘g‘ri  ko‘rinishni 
ta’minlash talab qilinadi. 
 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish