Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

 
 
12.4. Foton texnologiyasi asosidagi telekommunikatsiyaning  
optik tarmoqlari 
 
Keyingi  o‗n  yilliklar  telekommunikatsiyaning  jadal  suratlarda 
rivojlanishi 
bilan 
xarakterlidir, 
bu 
rivojlanish 
ko‗p  jixatdan 
mikroelektronika  va  materialshunoslikning  yutuqlariga  asoslangan 
bo‗lib, axborotni samarali taqsimlash, qayta ishlash, saqlash, shuningdek 
1980
1985
1990
1995
2000
2005 г.
2010
2015
Медные
оптические
мобилные
WiMax


 
 
 
 
tizim va uzatish muxitining o‗tkazuvchanlik qobiliyatini keskin oshirish 
imkonini  berdi.  Zamonaviy  telekommunikatsiyaning  bosh  xususiyati    – 
signallarni  raqamli  ko‗rinishda  uzatish  va  qayta  ishlashdir,  buning 
nazariy  asosida  analog  signalni  ekvivalent  diskret,  ya‘ni  raqamli  signal 
bilan almashtirish mumkinligi xaqidagi Kotelnikov (Shennon) nazariyasi 
yotadi.  Raqamlashtirish,  ularni  amalga  oshirish  imkoniyati  bo‗lgunga 
qadar  shakllantirilgan  ilmiy  g‗oyalarni  joriy  etish  imkonini  berdi  va 
buning  natijasida,  analog  tizimlarga  nisbatan  kengaytirilgan  xizmatlar 
spektriga  ega,  iqtisodiy  samarali  raqamli  aloqa  tizimlarini  qurish 
imkoniyati tug‗ildi.  
Hamma 
telekommunikatsiya 
texnologiyalari, 
jamiyatni 
axborotlashtirish  jarayonining  jadallashishi  sababli,  xajmi  juda  tezda 
oshib  borayotgan  axborotlarni  uzatish  uchun  yuqori  tezlikli  kanallarga 
muxtojdirlar.  Bu  axborot  tarmoqlarining  o‗tkazuvchanlik  qobiliyati  va 
moslashuvchanligi  ortishi  orqali  yaqqol  namoyon  bo‗lmoqda.  Bitta 
foydalanuvchiga  nisbatan  xisoblaganda  o‗tkazish  mintaqasi  (polosasi)  
keskin  ortmoqda.  Buning  natijasi  sifatida,  Internet  resurslaridan 
foydalanish keskin ortishi kuzatilmoqda – baxolashga qaraganda axborot 
oqimining  o‗rtacha  xajmi  dunyoda  bitta  foydalanuvchiga  nisbatan 
xisoblaganda yiliga 8 marta ortmoqda. 
Uzatilayotgan  axborotlar  xajmining  bunday  ortishini  faqat 
signallarni uzatish muxiti sifatida optik tolani jalb etish orqali xal qilish 
mumkin.  Bu  uzoq  masofali  telekommunikatsiya  magistrallariga, 
shuningdek lokal xisoblash tarmoqlariga xam  mansubdir. 
Optik tola xozirgi paytda axborotni uzatish uchun eng mukammal 
fizik  muxitdir,  shuningdek  etarlicha  olis  masofaga  axborotlarning  katta 
oqimlarini uzatish uchun eng istiqbolli muxit deb xisoblanadi. Tolaning 
afzalligi  –  regeneratsiya  uchastkalarining  uzun  bo‗lishiga  imkon 
yaratuvchi  so‗nish  va  dispersiyaning  ozligi,  axborotni  katta  tezlikda 
uzatish  imkonini  beruvchi  yuqori  to‗sqinbardoshlik  va  o‗tkazish 
mintaqasining (polosasining) kengligidir.  
Bugunda optik tola amalda axborotni uzatish bilan bog‗liq bo‗lgan 
hamma  soxada  qo‗llanilmoqda.  Agar  shaxsiy  kompyuter  darajasida 
optik  tolali  interfeys  simli  bilan  endigina  yakkaxol  kurashayotgan 
bo‗lsa,  magistral  tamoqlarni  qurishda  esa  optik  tolaning  so‗zsiz 
xokimligi  allaqachondan  fakt  bo‗lib  qolgan.  Optik  tolaning  tijorat 
aspektlari xam uning foydasiga gapirmoqda – tola kvarsdan, ya‘ni qum 
asosida tayyorlanadi, qumning zaxirasi esa juda ko‗pdir. 


 
 
 
 
Xozirgi paytda butun dunyo bo‗yicha aloqa xizmatlarining hamma 
taqdimotchilari  bir  yilda  bir  necha  o‗n  ming  kilometrli  optik  tolali 
kabellarni  er  ostiga,  okeanlar,  dengizlar,  daryolar  tubiga,  tonnellarga, 
LEP 
bo‗yicha  va  kollektorlarga  yotqizmoqdalar.  Juda  katta 
kompaniyalar,  jumladan  IBM,  Lucent  Technologies,  Nortel,  Corning, 
Alcoa 
Fujikura, 
Siemens, 
Pirelli 
kompaniyalari 
optik 
tolali 
texnologiyalar  soxasida  intensiv  tadqiqotlar  olib  borishmoqda.  Eng 
progressiv  texnologiyalar  qatorida  zich  spektrli  multipleksirlashni  
DWDM  (Dense  Wavelength  Division  Multiplexing)  va  nol  bo‗lmagan 
aralash  dispersiyali  tolani  TrueWave  (Lucent  Technologies)  yoki 
DWDM  signalini  uzatish  uchun  maxsus  mo‗ljallangan  SMF-LS 
(Corning) ko‗rsatish mumkin. 
Bu tadqiqotlarning natijasida 1996  yilda bitta tolada  55ta DWDM 
kanallarini  multipleksrlashga  erishildi,  bunda  bitta  kanalning  uzatish 
tezligi 20 Gbit/s bo‗lib, yig‗indi natijasida 1,1 Tbit/s tezlikka erishildi. 
Xozirda  mavjud  bo‗lgan  tizimlar  100  ortiq  kanallarni  qo‗llashi, 
natijada  bir  necha  o‗nlab  gigabit  sekund  o‗tkazuvchanlik  qobiliyatiga 
ega bo‗lishi mumkin. 
Rivojlanishning  keyingi  bosqichi  fotonikaning  rivojlanishi  bo‗ldi. 
Bu  yo‗nalishning  imkoniyatlari,  tolaning  ―suvli  kirlanishi‖ni  yo‗qotish 
va 
DWDM 
texnologiyalarini 
qo‗llash,  shuningdek  signallarni 
regeneratsiyalashning  eng  muxim  funksiyalarini  va  raqamli  oqimlarni 
kommutatsiyalashni 
 
optik 
signallarni 
elektrik 
signallarga 
o‗zgartirmasdan  bevosita  optik  diapazonda  amalga  oshirish  xisobiga 
tolada  qo‗llanilayotgan  chastota  polosasini  kengaytirish  va  uzatish 
tezligini 300 Tbit/s gacha oshirish bilan bog‗liqdir. 
Zich  multipleksirlash  usuli  paydo  bo‗lishi  bilan,  shuningdek 
trafikni  shakllantirish,  xizmat  ko‗rsati  va  uzatish  bo‗yicha  hamma 
funksiyalarni  bajarish  imkonini  beradigan  qurilmalarni  ishlab  chiqilishi 
va  bu  xol  to‗liq  optik  muxitda  bo‗lishligi  uchun  optik  tarmoqlar, 
shuningdek ular asosida qurilgan global tarmoqlar mustaqil texnologiya 
sifatida e‘tirof etildi.  
Global  tarmoqlar  (Wide  Area  Networks,  WAN),  ular  shuningdek 
territorial, kompyuter tarmoqlari xam deb ataladi, katta territoriyalarga –
viloyat,  region,  mamlakat,  kontinent  yoki  er  sharining  hamma  joyiga 
tarqalgan  abonentlarning  katta  soniga  o‗zining  servislarini  taqdim 
etishga  xizmat qiladi. 
Telekommunikatsiyalarning  rivojlanish  evolyusion  jarayonining 
oxirgi  maqsadi  –  Global  axborot  infrastrukturasini  yaratishdir,  u  


 
 
 
 
foydalanuvchilarga  xizmatlar  to‗plamini  taqdimlaydigan,  ochiq  ilovalar 
to‗plamini  ta‘minlovchi  va  axborotning  hamma  turlarini  qamrovchi  va 
uni  istalgan  joyda  istalgan  vaqtda  maqbul  narxda  va  sifat  bilan  olish 
imkoni ta‘minlaydi.  
Aloqa kanallarining juda uzunligi sababli global tarmoqlarni qurish 
juda  katta  xarajarlarni  talab  qiladi,  unga  kabellarning  narxi  va  ularni 
yotqizish bo‗yicha ishlar, kommutatsion uskunalar va kanalning zaruriy 
o‗tkazish  mintaqasi  (polosasi)ni  ta‘minlovchi  oraliq  apparaturalarga 
xarajatlar, 
shuningdek 
katta 
territoriyalarga 
taqsimlangan 
telekommunikatsiya  tarmoqlarining  apparaturalarini  ishlash  xolatida 
saqlash uchun ekspluatatsion xarajatlar kiradi. 
Global kompyuter tarmoqlarining tipik abonentlari, turli shahar va 
mamlakatlarda    joylashgan,  o‗zaro  ma‘lumotlar  almashinish  zarurati 
bo‗lgan, korxonalarning lokal tarmoqlaridir.  
Global  tarmoqlar  odatda  yirik  telekommunikatsiya  kompaniyalari 
tomonidan abonentlarga pullik xizmat ko‗rsatish uchun yaratiladi. 
Global  xisoblash  tarmoqlaridan  tashqari  axborotlarni  uzatish 
territorial  tarmoqlarning  boshqa  turlari  xam  mavjuddir.  Birinchi 
navbatda  bular  bir  necha  o‗nlab  yillar  davomida  ishlab  kelayotgan 
telefon va telegraf tarmoqlari, shunindek teleks aloqadir. 
Global  tarmoqlarning  narxi  o‗ta  yuqoriligi  sababli  yagona  global 
tarmoqni  yaratish  uzoq  vaqtli  tendensiyasi  mavjuddir,  bu  tarmoq 
istalgan 
turdagi 
ma‘lumotlarni  uzatishi  mumkin:  kompyuter 
ma‘lumotlari,  telefon  so‗zlashishlari,  fakslar,  telegrammalar,  televizion 
tasvirlar,  teleteks  (ikkita  terminallar  orasida  ma‘lumotlar  uzatish), 
videoteks (tarmoqda saqlanayotgan ma‘lumotlarni o‗z terminaliga olish) 
va  boshqalar.  Telekommunikatsiya  xizmatlarini  integratsiyalash  uchun 
dastlabki  texnologiya  ISDN  o‗tgan  asrning  70-yillarida  rivojlana 
boshladi.  Xozircha  tarmoqlarning  xar  bir  turi  aloxida  ishlab  turibdi  va 
ularning eng qalin integratsiyasi umumiy birlamchi tarmoqlar – PDH va 
SDH  tarmoqlardan  foydalanish  soxasida  amalga  oshrilgan,  bugunda 
ularning yordamida kommutatsiyalanuvchi tarmoqlarda doimiy kanallar 
tuzilmoqda. 
Texnologiyalarning 
rivojlanish 
yangi 
bosqichida  
integratsiyalangan  tarmoqlarni  yaratish,  yangi  meros  nom  bilan 
Broadband  ISDN  (V-ISDN)  davom  etmoqda,  ya‘ni  keng  polosali 
(yuqori  tezlikli)  xizmatlari  integratsiyalangan  tarmoqlar.  V-ISDN 
tarmoqlar universal transport sifatida ATM texnologiyalariga asoslanadi 
va  tarmoqning  oxirgi  foydalanuvchilariga  turli  shakldagi  axborotlarni – 
kompyuter  ma‘lumotlari,  audio-  va  videoaxborotlarni  tarqatish  uchun 


 
 
 
 
yuqori  satxdagi  turli  xizmatlarni,  shuningdek  foydalanuvchilarning 
interfaol o‗zaro bog‗lanishini qo‗llaydi. 
Bu 
o‗ta 
katta 
xajmdagi 
axborotlarni 
uzatish 
faqat 
telekommunikatsiyaning optik tarmoqlari asosida bo‗lishi mumkin. 
Telekommunikatsiya  optik  tarmoqlarini  rivojlantirish  narxi 
pastligini  va  mavjud    tarmoq  texnologiyalari  bilan  moslashtirish 
osonligini, 
shuningdek 
o‗tkazish 
kengligining 
amalda 
cheklanmaganligini 
xisobga 
olganda, 
yaqin 
vaqtlarda 
telekommunikatsiyaning  global  va  magistral  tarmoqlari  to‗liq  optik 
tarmoqlarga o‗tishini kutish mumkin. 
Telekommunikatsiyaning  keng  mintaqali  (polosali)  optik  tolali 
tarmoqlari  o‗zaro  bog‗lanish  elektron  muxitning  yangi  shakllarini, 
biznes-echimlar,  o‗qitish  bo‗yicha  takliflarni,  shuningdek  axborot-
kommunikatsion  texnologiyalarning  rivojlanish  yangi  bosqichini  –  grid 
–kompyutingni amalga oshirish uchun imkoniyat ochmoqda. 
Xozirgi kunda ulkan taqsimlangan tarmoqni tuzish  mumkin, lekin 
uchastkalar orasida ma‘lumotlarni almashtirish murakkab bo‗ladi, ularni 
foydalanilayotgan ma‘lumotlar uzatish tarmog‗i asosida yagona resursga 
birlashtirish esa xozircha mumkin emas. Bu katta xajmdagi axborotlarni, 
katta ma‘lumotlar bazasini (BD) qo‗shimcha xisoblash resurslarini talab 
qiladigan  xisoblashlarni  bajarish  uchun,  kontinentlar  orasida  tezkor 
almashtirishga imkon bermaydi.  
Bu  muammolarni  echish  uchun  ayrim  mamlakatlarda  Grid 
loyixalari amalga oshirilmoqda. 
Xozirda  Rossiya  muxim  bir  loyixa,  ―Polarnet-grid‖  loyixasini 
taklif  etgan.  Bu  loyixa  axborot  koridorini  tashkil  etish  uchun  Evropa, 
SHimoliy  Amerika  va  Osiyoni  eng  qisqa  arktik  marshrut  bilan 
bog‗lovchi unikal suv osti optik tola tizimini qurishga mo‗ljallangan. Bu 
optik  magistral    umumiy  uzunligi  19500  kilometr  bo‗lib    London 
shaxrini  Aleut  orollaridagi  Datch-Xarbor  punkti  bilan  bog‗lashi  ko‗zda 
tutilgan. 
Taxmin qilinishicha, Polarnet loyixasini amalga oshirish natijasida 
grid-  kompyutingning  birlik  axborotga  sarf  xarajatlari                  5  marta 
kamaytiriladi.   
 
 
 
 


 
 
 
 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish