bo‗yicha signallar oqimini uzatishga mo‗ljallangan. xDSL larning
quyidagi modifikatsiyalari mavjud:
- ADSL- Asymmetric Digital Subscriber Line;
- HDSL – High-bit-rate Digital
Subscriber Line;
- SDSL – Single
Pair Digital Subscriber Line;
-VDSL – Very High-bit-rate DSL
Optik kirish texnologiyalarini quyidagicha tavsiflash mumkin.
FTTH (Fiber To The Home). Bu termin 1990 yillar oxirgi
telekommunikatsiya ―bum‖i paytida paydo bo‗lgan va MDX
davlatlarida ―tola uyga‖ deb tarjima qilingan. FTTH ning g‗oyasida
ommaviy abonent va abonent qurilmasining arzonligiga urg‗u berilgan.
FTTH bilan birga FTTC /FTTB/ FTTP terminlar xam keng qo‗llaniladi.
FTTC (Fiber To The Curb) eng keng tarqalgan ma‘nosi, tola ―tugunga
(uzelga)‖ yoki raqamli aloqaning taqsimlash tuguniga, yoki kabelli
televideniening tuguniga deb tushuniladi. FTTB (Fiber To The
Building) – tola binoga. Buning potensial mijozlari – kompaniyalar-
provayderlar, aloqa va kabelli televidenie operatorlari. FTTB ning
xususiyati – oxirlanma qurilmaning arzon bo‗lishi shart emas, lekin
ko‗pchilik foydalanuvchilarni xizmat bilan ta‘minlashi shart. FTTB
qo‗llanishlarining asosiy mijozlari biznes mijozlar – aloqa
operatorlaridir, FTTB ning quvvati esa ko‗p sonli oddiy abonentlarga
etishi kerak. Agar kompaniya er uchastkasi, binolar guruxi, omborxona,
bitta bino, bitta ofis va boshqalarga egalik qilsa, bularning hammasi
Premises deyiladi. SHuning uchun FTTP ning ma‘nosi oddiy,
telekommunikatsiya biznesini optik tolali aloqa liniyasiga ulanishidir.
Simsiz kirish texnologiyalarini quyidagi operatorlar amalga
oshiradi, jumladan―O‗zbektelekom‖ AK, ―IST-Telekom‖, ―Buston‖
QK, ―Super iMAX‖ kompaniyalari. Simsiz kirish texnologiyalaridan
foydalanish ma‘lum afzalliklarga ega. Ularni qisqacha ko‗rib chiqamiz.
Wi-MAX dan foydalanish afzalliklari:
- abonent komplektining kompaktligi, uni ish stoliga joylashtirish
mumkin;
- uskunani o‗rnatish osonligi, o‗rnatish vaqti 10-20 daqiqadan
oshmaydi;
- abonent qurilmasidan foydalanishning osonligi;
- bazaviy stansiyaning bevosita ko‗rinishi bo‗lmaganda xam
ishonchli aloqa bo‗lishligi;
DO Rev A) standarti va (3G) – UMTS standarti joriy etilishi
rejalashtirilgan.
12.1-rasm. Keng polosali kirishning yillar davomida o‗zgarish
dinamikasi
Keng polosali kirishning yillar davomida o‗zgarish dinamikasi
12.1-rasmda keltirilgan. Rasm taxlili ―oxirgi milya‖ telekommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlanish zamonaviy bosqichida mis simlardan
foydalanishga qiziqishlar kamayib borayotganini ko‗rsatadi. Mis
liniyalar o‗rniga optik tolali liniyalar va simsiz (mobil (uyali) va
WiMAX simsiz keng mintaqali kirish) texnologiyalar kirib kelyapti, ular
yaqin kelajakda ommaviy avjiga chiqishi mumkin. Mobil (uyali)
abonentlar 2010-2012 yillar avjiga etib so‗ngra kamayishi mumkin.
Xozirgi paytda O‗zbekiston respublikasida simsiz texnologiyalar,
shuningdek mobil va WiMAX simsiz keng mintaqali kirish
texnologiyalari keng joriy etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: