Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari


 YANGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLAR UCHUN



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

7. YANGI AVLOD KONVERGENT TARMOQLAR UCHUN 
XIZMAT KO„RSATISH SIFATINI (QOS) TA‟MINLASH 
 
7.1. Xizmat ko„rsatish sifati soxasida terminlarni tushuntiruvchi 
 
ITU-T  modeli.  Ingliz  tilida  ―Xizmat  ko‗rsatish  sifati‖  terminiga  
Quality  of  Service  (QoS)  erkin  so‗z  birikmasi  mos  keladi.  ―Xizmat 
ko‗rsatish  sifati‖  termini  telefon  tarmoqlarining  ishlab  turishida  turli 
aspektlarning tavsiflarida qo‗llaniladi.  
ITU-T  xujjatlarida  xizmat  ko‗rsatish  sifatiga  tegishli  bo‗lgan 
terminlar  E.800  tavsiyasi  bilan  aniqlanadi.  Bu  tavsiyada  QoS 
ko‗rsatkichlari, xizmat ko‗rsatish xarakteristikalarining birgalikda paydo 
bo‗lishi  kabi  qaraladi.  Quyidagi  7.1  rasmda  xizmat  ko‗rsatish  sifati 
komponentlarini  va  ularning  o‗zaro  aloqasini  aniqlovchi  model 
ko‗rsatilgan. 
Kutiladigan xizmat ko‗rsatish satxi quyidagi xarakteristikalar bilan 
baholanadi: 

 xizmat ko‗rsatishni qo‗llab-quvvatlash (service support); 

 xizmat ko‗rsatishning qulayligi (service operability); 

 xizmat ko‗rsatishni taqdim etish (serveability); 

 xizmat ko‗rsatish xavfsizligi (service security). 
Xizmat  ko‗rsatishni  qo‗llab-quvvatlash  xarakteristikasi,  operator 
xizmatini  taqdim  etish  qobiliyatini  va  uning  qobiliyatliligini  qo‗llashni 
aks  etdiradi.  O‗z  navbatida  xizmat  ko‗rsatishni  taqdim  etish 
xarakteristikasi quyidagi uchta guruxga bo‗linadi: 

 xizmatlarga ulanish (service accessibility); 

 xizmat ko‗rsatish mo‗‗tadilligi (service retainability); 

 xizmat ko‗rsatishning to‗liqligi (service integrity). 
Xizmatlarga  ulanish  xarakteristikasi,  foydalanuvchi  talablari 
bo‗yicha  ularni  olish  imkonini  va  so‗ralgan  vaqt  intervalida 
yomonlashishi  sezmaydigan  ravishda  xizmat  ko‗rsatishni  davom 
ettirishni baholaydi.  
Xizmat ko‗rsatish mo‗‗tadilligining xarakteristikasi, so‗ralgan vaqt 
intervali  davomida  berilgan  atributlar  bilan,  olingan  xizmatlardan 
foydalanish imkonini aniqlaydi.   
Xizmat  ko‗rsatishning  to‗liqlik  xarakteristikasi,  ko‗rsatiladigan 
xizmatlar to‗laligicha, yomonlashmasdan amalga oshadi.  


 
 
 
 
 
Xizmat  ko‗rsatish  xavfsizligi  xarakteristikasi,  telekommunikatsiya 
tarmoqlarining  quyidagi  ishlash  aspektlari  bilan  bog‗liq:  ruxsat 
etilmagan  monitoring,  g‗irromlikni  qo‗llash,  buzuq  niyatlilik  tufayli 
shikastlanish, noto‗g‗ri qo‗llash, inson xatoligi, tasodifiy falokatlar. 
Yuqorida qayd qilingan barcha xizmat ko‗rsatish xarakteristikalari 
tarmoqning  ishlash  sifatiga,  shuningdek  funksional  imkoniyatlariga 
bog‗liq.  Mos  keluvchi  bog‗lanishlar  7.1-rasmning  pastida  punktir 
liniyalar bilan belgilangan.  
  
 
7.1-rasm. Xizmat ko‗rsatish sifati soxasida terminlarni tushuntiruvchi   
ITU-T modeli 
 
Platalarning ustama xarakteristikasi (charging performance), aloqa 
turi,  belgilangan  punkt,  sutkadagi  vaqt  va  ulanishning  davomiyligi 
nuqtai  nazaridan  korreksiyalangan  ustama  platalar  ehtimolligi  orqali  
aniqlanadi.  
Trafikga  xizmat  ko‗rsatish  xarakteristikasi  (trafficability  perfor-
mance), ma‘lum bir parametrga ega bo‗lgan trafikga xizmat ko‗rsatuvchi 


 
 
 
 
texnik vositalarning qobiliyatini aniqlaydi. Bu xarakteristika uchta katta 
guruxga bo‗lingan.  
Birinchi  gurux  uchun  terminlar,  ―Resurslar  va  qurilmalar‖  deb 
ataladi  va  ular  hali  aniqlanmagan.  Umuman  olganda  rejalashtirish 
xarakteristikalari  uchun  ta‘rif  (planning  performance),  xizmatlarni 
taqdim etish (provisioning performance)  va  ma‘muriy  boshqarish yaqin 
vaqtlarda ishlab chiqiladi.  
Ikkinchi gurux, funksional ishonchlilik (dependability) deb ataladi. 
Bu yig‗ma termin, asosiy ta‘sir qiluvchi faktorlarni inobatga olgan holda 
ishga  qobiliyatlilik  xarakteristikasida  ko‗rsatiladi  va  to‗rtta  muhim 
xarakteristika ajratiladi:   

 tayyorlik (availability) – berilgan vaqt lahzasida yoki har qanday 
berilgan  vaqt  intervali  lahzasida  texnik  vositalarni  talab  qilingan 
funksiyani  bajarish  qobiliyati  (agar  zarur  bo‗lsa  mos  keluvchi  tashqi 
resurslarni qo‗llagan holda); 

 ishonchlilik (reliability) – ma‘lum bir sharoitda, belgilangan vaqt 
intervali  davomida  texnik  vositalarni  talab  qilingan  funksiyani  bajarish 
qobiliyati; 

 qayta  tiklanuvchanlik  (maintainability)  –  o‗rnatilgan  sharoitda 
texnik  vositalarni  qo‗llashda  xuddi  shunday  holatda  tiklanishini  qo‗llab 
quvvatlash,  shuningdek,  belgilangan  protsedura  va  resurslarni  qo‗llash 
yordamida  talab  qilingan  funksiyani  bajarishi  mumkin  bo‗lgan  texnik 
xizmat ko‗rsatish qobiliyati tushuniladi; 

 texnik xizmat ko‗rsatishni qo‗llab quvvatlash (maintenance sup-
port)  –  texnik  xizmat  ko‗rsatishni  belgilangan  qoidalarida,  talab 
bo‗yicha  ma‘lum bir texnik vositalarni ishga qobiliyatliligini ta‘minlash 
uchun 
zarur 
bo‗lgan  resurslarni  qo‗llash  imkonini  beruvchi 
ekspluatatsion kompaniyalarning qobiliyati tushuniladi. 
Uchunchi 
guruxga, 
signallarni 
uzatish 
xarakteristikalari 
(transmission  performance)  kiradi.  Ular,  ishga  qobiliyatli  holatda 
bo‗lgan  aloqa  tizimi  orqali  uzatilgan,  qayta  tiklangan  signalning  satxi 
kabi aniqlanadi.  
ITU-T  E.800  tavsiyasida  tarqalish  muhitining  xarakteristikalari 
(propagation  performance)  ajratilgan.  Ular,  shu  jarayonni  sun‘iy  
boshqarishsiz, 
belgilangan 
ulanish 
bilan 
signallarni 
o‗tishini 
ta‘minlovchi shu muhit qobiliyati bilan aniqlanadi.  
Bugungi kunda keng tarqalgan yana  bir fikr  mavjud,  bugungi KK 
va  PK  tarmoqlari  IP-  infrastrukturasiga  asoslangan  tarmoqlarga  asta 
sekinlik  bilan  birlashmoqda.  Bunday  tarmoqlar  TUF  trafiklari  kabi 


 
 
 
 
odatdagi  Internet  trafiklarini  ham  tashiydi.  Konvergensiyaning  bunday 
ssenariysi,  texnologiyalarni  birlashtirish  orqali  tannarxning  kamayishi 
olib  kelgani  kabi  yangi  xizmatlarni  yaratish  orqali  industriyaning 
rivojlanishi  bilan  yoqimli.  Lekin  amalda  konvergensiya  juda  sekin 
ketmoqda. Texnik nuqtai nazardan eng qiyini xizmat ko‗rsatish (QoS)ni 
ta‘minlash sifati muammolari bilan bog‗liq. 
Odatdagi  IP  tarmoqlari,  foydalanuvchilarga  taqdim  etildigan 
tarmoq  resurslarining  mumkin  bo‗lgan  haqqoniy  ulushini  sifatli  ―eng 
yaxshi urinish‖  (best effort)ni qo‗llaydi.  Lekin bularni ishlab chiqarish 
satxida bajarilishi kafolatlanmaydi.  
best  effort  prinsipi  noreal  vaqt  masshtabida  (elektron  pochta, 
fayllarni  uzatish)  ilovalarni  qo‗llab  quvvatlash  uchun  etarli  darajada 
samarali  va  vaqtning  real  masshtabiga  yaqin  bo‗lgan  ilovalar 
(audio/video  eshittirish,  Webni  ko‗rish)  uchun  kengaytirildi.  Biroq 
foydalanuvchilardan  kutiladigan  interaktiv  ovozli  telefoniya  va  real 
vaqtning  boshqa  ilovalarni  sifatini  ta‘minlash  kam  extimollidir, 
o‗tkazish qobiliyatini chegaralash paketlarni yo‗qolishiga yoki ushlanib 
qolish kattaligini jiddiy ravishda oshishiga olib keladi.  
Kelajakda,  IP-tarmoqlariga  asoslangan  konvergensiyaning  to‗liq 
foydali  samaradorligi  qo‗llash  uchun,  IP  (VoIP)dan  yuqori  bo‗lgan 
ovozga  ega  bo‗lgan  ko‗p  va  turli  tuman  foydalanuvchi  ilovalari  uchun 
QoSni  differensiallashni  ishonchli  ta‘minlash  qobiliyatiga  ega  bo‗lgan 
resurslarni yangi taqsimlash prinsipini qo‗llash kerak.  
QoSni  boshidan  oxirigacha  IP  uchun  hal  qilish,  qo‗llanilishi 
mumkin bo‗lgan IP/TUF ni  muvoffaqiyatli konvergensiyalash imkonini 
beradi, masalan quyidagi 3 qadamni: 
1.  IRni  ishlab  chiqish  parametrlarining  umumiy  majmuasiga 
nisbatan  tarmoq provayderlari shartnomalari va QoS talablarini amalga 
oshirish; 
2. Terminal terminal uchastkasida QoSning belgilangan talablarini 
qo‗llab quvvatlovchi tarmoq mexanizmlarini  tarqatish; 
3.  Kafolatlangan  QoS  bilan  IP-potokollari  so‗rovi  bo‗yicha 
signalizatsiya  protokollarida  QoS  talablarini  joriy  qilish    imkonini 
yaratish. 
Oxirgi  vaqtlarda  IP  tarmoqlarida,  xizmat  ko‗rsatish  sifati  (QoS) 
savollari,  juda  dolzarb  bo‗lib  qoldi,  chunki  bunday  masalalarning  hal 
qilinishi  kelajakdagi  XXI  asr  aloqa  tarmoqlari  bilan  to‗g‗ridan  to‗g‗ri 
bog‗liq. 


 
 
 
 
O‗tgan  bir  necha  yil  davomida  IETF  tashkilot  doirasida,  QoS 
ta‘minlash bilan bog‗liq bo‗lgan katta yoki kichik darajadagi  bir qancha 
arxitekturalar  va  mexanizmlar  taklif  qilindi.  Anchagina  taniqli  bo‗lgan 
va  qo‗llanilgani  IntSerf,  DiffSerf,  MPLS  (GMPLS)lar,  shuningdek 
majburiy marshrutlashtirish mexanizmi hisoblanadi.  
 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish