Nazorat uchun savollar:
1.
Ma’lumot saqlovchi qanday qurilmalarni bilasiz?
2.
Axborotni kompakt disska yozish va oʻqish tartibi qanday?
3.
Pit va Land ning vazifasi nima?
4.
Kompakt disklar qanday turlarga ajratiladi?
5.
Nima uchun CDga nisbatan DVDga va oʻz oʻrnida DVDga
nisbatan Blu-ray ga koʻp ma’lumot sigʻadi?
33
2.4. ADABIYOTLARNI IDENTIFIKATSIYALASHDA
RFID-TEXNOLOGIYASI
Reja:
1.
RFID tushunchasi
2.
RFID qurilmalari
3.
RFID ning kutubxonalarda qoʻllanishi
Kalit soʻzlar: RFID, RFID-metka, RFID-oʻquvchi, RFID skaner,
Identifikatsiya darvozasi, Xizmat koʻrsatish terminali, RFID javon.
“Identifikatsiya” deganda guruh obyektlar orasidan ma’lum
belgilari, xislatlari asosida konkret obyektni ajratib olish (tanish)
jarayoni tushuniladi. Texnik vositalar orqali identifikatsiyalash uchun
obyekt kodlashtiriladi.
Kodlar ham turlichadir: chiziqli shtrix kodlar (masalan, EAN
(European Article Number) tovarlar kodlari), ikki oʻlchamli shtrix kodlar
(masalan, QR-kod (quick response)).
2.20-rasm. EAN namunasi
2.21-rasm. QR-kod
namunasi
Zamon talabiga javob beruvchi avtomatlashtirilgan kutubxonalarni
yaratishda RFID texnologiyasi asosidagi identifikatsiyalsh keng
qoʻllanilmoqda.
34
RFID (Radio Frequency IDentification) – radio toʻlqinli
identifikatsiya boʻlib, u hujjatlarni avtomatik identifikatsiyalash
usullaridan biri hisoblanadi. Radiosignallar yordamida ma’lumotlar
RFID-metkaga yozib olinadi [9].
RFID komponentlari quyidagilar (2.22-rasm):
RFID-metka – ma’lumotlarni saqlash va ularni radio toʻlqinlar
yordamida kontaktsiz usulda RFID-oʻquvchiga uzatadigan qurilma.
RFID-oʻquvchi – RFID-metkadan ma’lumotlarni oʻqib oladigan va
unga ma’lumotlarni yozadigan qurilma (2.23-rasm).
Ma’lumotlar bazasi – metkadagi axborotga bogʻlangan
ma’lumotlar saqlangan server.
2.22-rasm. RFID komponentlari.
RFID texnologiyasi mohiyati boʻyicha biroz shtrix kod
texnologiyasiga o
ʻ
xshab ketadi, ammo RFID ning bir qator afzalliklari
bor. Rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarida ishlatilayotgan shtrix kod
texnologiyasi oʻz vaqtida kutubxonachilarga beminnat yordam koʻrsatib
kelgan, shtrix kod texnologiyasi yordamida kitob berish va qaytarib olish
jarayonlari tezlashgan, xatolar soni sezilarli darajada kamaygan.
Bularning barchasi, kitobxonlarga berilayotgan va qaytarib olinayotgan
har bir kitob toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qoʻlda yozish zaruratini
cheklash va ayni paytda bu operatsiyalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni
kompyuter xotirasiga avtomatik ravishda kiritish mikoniyatini berar edi.
Bu jarayonlarni avtomatlashtirishda shtrix kod texnologiyalaridan
unumli foydalanilgan. Mazkur texnologiya yordamida kutubxona
texnologiyalarini avtomatlashtirishda muhim bir muammo hal qilindi,
metka 1
metka 2
metka 3
Skaner А
Skaner B
Ma’lumotlar
bazasi
35
ya’ni kitob berish va qaytarib olish jarayonlari, har bir kitobga
biriktirilgan shtrix kod shaklidagi axborotlarni skaner qurilmasi
yordamida oʻqish orqali avtomatlashtirildi. Dastlab, shtrix kod
texnologiyalarini kutubxona jarayonlariga tatbiq qilish, kutubxonadagi
barcha jarayonlarni avtomatlashtirgandek tuyuldi.
2.24-rasm. Ishlash jarayoni.
Ammo, kutubxonalarda avtomatlashtirilmagan yana ikki jiddiy muammo
bor ediki bulardan birinchisi kutubxonalarda oʻtkaziladigan
inventarizatsiya jarayoni, ikkinchisi esa Kutubxona bibliografik
klassifikatsiyasi (KBK), Universal oʻnli klassifikatsiya (UOʻK) yoki
boshqa biror bir klassifikatsiyalash tizimi asosida joylashtirilgan
fonddagi oʻz joyiga qoʻyilmagan kitoblarni qidirish va oʻz joyiga qoʻyish
muammosi edi. Kutubxonachilarga ma’lumki kutubxona fondidagi har
bir kitob oʻz (adresiga) oʻrniga ega, oʻz oʻrniga qoʻyilmagan kitob odatda
kitobxonlar uchun yoʻqotilgan hisoblanadi va u navbatdagi
inventarizatsiya paytida topiladi va oʻz joyiga qoʻyiladi. Bundan
tashqari, keyingi paytda koʻplab kutubxonalar «ochiq fond» tartibida
ishlamoqdalar. Bunday holda fondlardan kitoblarning yoʻqolishi
koʻpayyadi, ya’ni kitoblarni «kitob oʻgʻrilaridan» himoya qilish ehtiyoji
tugʻiladi. Bunday muammolarni shtrix kod texnologiyasi hal qila olmas
edi.
36
Shu bilan birga, barkod (shtrix kod) inson yordamiga muxtoj, RFID
esa toʻgʻridan-toʻgʻri kontaktni talab qilmaydi, soniyasiga yuzlab
elementlarni oʻqishga qodir.
Fondda, bevosita har bir kitobga kontaktsiz, ma’lum bir masofadan
turib
identifikatsiyalash
orqali
inventarizatsiya
oʻtkazish,
inventarizatsiya jarayonini tezlashtirishning yagona usuli hisoblanadi.
Kutubxona fondini inventarizatsiya qilish bu kutubxonada eng uzoq
davom etadigan jarayondir. Bunda tokchadagi har bir kitob qoʻlga olinib
u identifikatsiya qilinadi va oʻz joyiga qoʻyiladi. Demak, kutubxonadagi
har bir kitob qoʻl bilan ushlanib, tegishli ma’lumotlar taqqoslanib soʻngra
kitob oʻz urniga qoʻilishi kerak. Kutubxona fondida 10-15 ming kitob
boʻlganda bu ishni bajarish unchalik qiyinchilik tugʻdirmaydi. Ammo,
fonddagi kitoblar soni yuz minglab yoki millionlab boʻlgandachi?
Bunday holda inventarizatsiya bir necha oyga choʻzilishi mumkin.
Inventarizatsiya uchun qancha vaqt ketadi? Oʻz joyiga qoʻyilmagan
kitoblar odatda, kitobxonlar uchun yoʻqotilgan hisoblanadi, chunki
soʻrovni bajarayotgan kutubxonachi kitobni maxsus shifr boʻyicha
izlaydi, kitobni oʻz oʻrnidan topmagach, kitobxon soʻroviga rad javobini
beradi. Bunday hol katta fondga ega va «ochiq fond» tartibida
ishlayotgan kutubxonalarda koʻp uchraydi. Chunki «ochiq fond»
tartibida ishlayotgan kutubxonalardan foydalanayotgan kitobxonlarning
kitobni oʻz oʻrniga qoʻymaslik ehtimoli katta boʻladi. Masalan, Vatikan
kutubxonasining «nodir kitoblar» boʻlimi fondida 2 000 000 saqlash
birligi hajmida kitob saqlanadi. Bu yerda oʻz oʻrniga qoʻyilmagan
kitoblarni izlash muammosi juda oson hal qilingan, ya’ni oʻz oʻrniga
qoʻyilmagan kitob faqat navbatdagi invertarizatsiya paytida topilib, oʻz
joyiga qoʻyilgan. Kutubxonaning «ochiq fond» tartibida ishlashining
afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Shu tartibda
ishlaydigan kutubxonalar fond xavfsizligini toʻliq ta’minlashlari lozim.
Buning uchun shtrix kod texnologiyasidan tashqari, har bir kitobga
oʻgʻrilanishga qarshi metka oʻrnatilishi va kitob berish kafedrasida bu
metkalar faolsizlantirilishi kerak. Bunday holda kitobxonlarga mustaqil
37
ravishda xizmat koʻrsatish stansiyalaridan foydalanish imkoniyatlari
cheklangan boʻladi.
Shunday qilib, kutubxona texnologiyalarini avtomatlashtirishda
shtrix kod texnologiyalaridan foydalanish ham oʻz imkoniyatlari
chegarasiga yetdi. Mazkur texnologiya bugungi kunda zamonaviy
kutubxonalar oldida turgan muammolarni hal qila olmay qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |