Elektron oʻquv nashr - ilmiy malakaviy bilimlarning
tizimlashtirilgan materiallaridan tashkil topgan boʻlib, bu nashr
oʻquvchi, talabalarning bilimlarini faol ravishda oʻstirib borishga xizmat
qiladi. Maktabning 7-sinfi uchun yaratilgan elektron oʻquv nashri,
universitet uchun elektron oʻquv nashr boʻlaolmaydi, chunki bu nashr
universitet talabasining bilimini bevosita oʻstirishga xizmat qilmaydi.
Elektron oʻquv qoʻllanma fanning oʻquv hajmini qisman yoki
toʻliq qamragan va axborotning adaptatsiya blokini oʻz ichiga olgan
boʻlib, masofaviy oʻqitish va mustaqil oʻrganish uchun moʻljallangan
oʻquv nashr [11].
Do'stlaringiz bilan baham: |